Pul va banklar” fanidan


Litsenziya olish uchun takdim etiladigan xujjatlar


Download 7.83 Mb.
bet199/263
Sana20.11.2023
Hajmi7.83 Mb.
#1790258
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   263
Bog'liq
Ma\'ruza matn Пул ва Банклар 2022-23y (1)

Litsenziya olish uchun takdim etiladigan xujjatlar:

  1. Lombardning faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish to‘g‘risida ariza;

  2. Yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi t o‘g‘risida guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;

  3. Lombardning bir yillik faoliyati uchun biznes reja;

  4. Muassislar ro‘yxati va ular haqida to‘lik ma’lumot;

  5. Lombardning boshqaruv organlari tuzilmasi va shaxsiy tarkibi to‘grisida ma’lumotlar;

  6. Naqd pul mablag‘lari va garovga olingan mulklarning shaklanishini ta’minlaydigan, maxsus jihozlangan xonalar mavjudligini tasdiklovchi ma’lumotlar;

  7. Lombard shtatida baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli litsenziyaga ega va maxsus kasbiy tayyorgarligi bo‘lgan malakali mutaxassislar mavjudligi to‘grisida ma’lumot;

  8. Litsenziya da’vogarining arizasini litsenziyalovchi organ tamonidan ko‘rib chiqilishi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov topshiriqnomasining nusxasi;

Lombardlar tomonidan hisobot taqdim etish tartibi
1. Lombardlar, ular tomonidan olib borilayotgan amaliyotlar hisobini xo‘jalik subyektlari uchun o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq amalga oshiradilar. Lombardning buxgalteriya hisobi siyosati uning yuqori boshqaruv organi tomonidan belgilanadi. Buxgalteriya hisobi va boshqa hisobotlar ro‘yxati va shakli amaldagi qonunchilikka muvofiq o‘rnatiladi.
2. Lombardlar buxgalteriya hisobida va hisobotlar tuzishda foydalaniladigan hujjatlarning qat’iy hisobini yuritish va saqlanishini ta’minlashlari, shuningdek, buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq shubhali qarzlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirishlari shart.
Lombardlarning hisobotlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrug‘i bilan tasdiqlangan 1-shakldagi buxgalteriya balansi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrug‘i bilan tasdiqlangan 2-shakldagi moliyaviy natijalar to‘grisida hisobot;
Belgilangan shaklga muvofiq berilgan kreditlar to‘grisida hisobot;
Belgilangan shaklga muvofiq ustav fondining miqdori va tarkibi to‘g‘risida hisobot;



Download 7.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling