Pul va banklar” fanidan


-bosqich: Bank inqirozi (15.1-chizma)


Download 7.83 Mb.
bet207/263
Sana20.11.2023
Hajmi7.83 Mb.
#1790258
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   263
Bog'liq
Ma\'ruza matn Пул ва Банклар 2022-23y (1)

2-bosqich: Bank inqirozi (15.1-chizma)
Balansning yomonlashish va qattiq ish sharoitlari ba’zi bir moliyaviy institutlarni balanslari salbiy bo’ladigan nochor holatga olib borishi mumkin. Depositor va kreditorlarga to’lash qobiliyati bo’lmaganligidan ba’zi bir banklar biznesdan chiqib ketadi. Agar omillar jiddiy bo’lsa, ular bir nechta banklar birdaniga tizimdan chiqib ketadigan bank vahimasiga olib kelishi mumkin. Salbiy manbayi assimmetrik ma’lumot hisoblanadi. Vahima holatida omonatchilar o’z omonatining xavfsizligidan qo’rqishadi va bank kredit portfelining sifatini bilgan holda o’z omonatlarini bank muvaffaqiyatsizlikka uchraguniga qadar qaytarib olishga harakat qiladilar.
Oxir oqibatda davlat va xususiy korxonalar to’lovga qobilyati bo’lmagan firmalarni sotib yuborishdi yoki yopib yuborishdi. Moliya bozorida noqaniqlik kamaydi, fond bozori qayta tiklandi va natijada balans yaxshilandi. Moliyaviy yemirilish kamayib, natijada moliyaviy inqiroz ham pasaydi. Yaxshi amal qilayotgan moliya bozorlari yana sahnaga chiqdi.
3-bosqich: Qarzlar deflyatsiyasi (15.1-chizma)
Agar iqtisodiyotdagi pasayish narxlarning keskin tushib ketishiga ta’sir ko’rsatsa, tiklanish jarayonida qisqa muddatli uzilish bo’ladi. Inflyatisya darajasi o’rtacha bo’lgan ko’pchilik rivojlangan mamlakatlarda qat’iy belgilangan foizli ko’p uzoq muddatli shartnomalar 10 yil yoki undan yuqori bo’lgan muddatlarga berilgan. Uzoq muddatli shartnomalarda qat’iy belgilangan foiz stavkalari nominal qiymatda bo’lishiga qaramasdan, narxlarning to’satdan tushib ketishi qarz oluvchi firmalarning majburiyatini oshiradi. Lekin qarzning real qiymatiga ta’sir ko’rsatmaydi. Demak, shunday qilib qarz oluvchi firmaning aktiv va majburiyatlari real qiymatda tushib ketadi.
Sof qiymatdagi pasayishlar qanday yuzaga kelganini aniqroq tushunish uchun quyidagi holatga e’tibor qarataylik. Firma 2013-yilda $100 million aktivga va $90 million uzoq muddatli majburiyatga ega. Demak, firma $10 million sof qiymatga ega bo’ladi ya’ni firma aktivlari va majburiyatlari o’rtasidagi farq. Agar 2014yilda narxlarda 10% tushish kuzatilsa, 2013-yilda majburiyatlaning real qiymati $99 million ga oshib ketadi. Lekin aktivlar miqdoriga ta’sir ko’rsatmaydi. Oxir oqibatda, 2013-yilda real sof qiymat $10 milliondan $1 million ga tushib ketadi($100 million $99 million).
Narxlar darajasidagi kutilmagan pasayish, qarz oluvchi firmalar aktivlarining real sof qiymati tushib ketishi va kreditning riski yuqori bo’lishi kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Amerika tarixidagi iqtisodiyot o’sish darajasining pasayishi va kreditlash sohasidagi yuqori darajadagi inqiroz Buyuk turg’unlik davri hisoblanadi.

Download 7.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling