Pul va banklar” fanidan


Valyuta inqirozi davom etadi


Download 7.83 Mb.
bet215/263
Sana20.11.2023
Hajmi7.83 Mb.
#1790258
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   263
Bog'liq
Ma\'ruza matn Пул ва Банклар 2022-23y (1)

Valyuta inqirozi davom etadi.
Moliyaviy sektorda banklarning balansini yomonlashuvi va katta miqdorda qisqa muddatli tashqi qarzlarning hosil bo‘lganligi hamda Koreya milliy valyutasiga spekulyativ hujumning mavjudligi boisiqtisodiyotda kapital oqimining kutilmaganda to‘xtab qolishi xavfidan qochib qutulishning iloji yo‘q edi. 1997 -yil iyul oyida Tailand batining qulashi bilan1997 -yil erta avgust oyida mamlakatda qirq ikkita moliyaviy kompaniyalarning yopilganligi to‘g‘risida e’lon qilindi. Natijada bozor ishtirokchilariningo‘xshash muammolar boshqa SHarqiy Osiyo davlatlarida mavjudligi borasida shubhaga borishlari natijasidamuammo boshqa hududlarga ham keng yoyildi. Tezda spekulyantlar Janubiy Koreya iqtisodiyoti ham og‘ir ahvolda ekanligini aniqlashdi. Janubiy Koreya markaziy banki foiz stavkalarni ko‘tarish orqali o‘z valyutasini ortiq himoya qila olmasligi ma’lum bo‘ldi. CHunki foiz stavkalarning ko‘tarilishi orqali milliy valyutaning himoya qilinishi allaqachon kuchsizlangan banklarni cho‘ktirib yuborishi aniq edi. Spekulyantlar Koreya milliy valyutasi vonni chiqarib yuborishi spekulyativ hujumni keltirib chiqardi.
So‘nggi bosqich: valyuta inqirozi to‘liq masshtabli moliyaviy inqirozni keltirib chiqardi.
Chunki nomoliyaviy va moliyaviy firmalarda katta miqdorda xorijiy valyutada qarzlar mavjud bo‘lib,Koreya vonining salkam 50%gacha qadrsizlanishi xorijiy valyutada ifodalangan qarzlarning milliy valyutadagi qiymatini ikki barobaroshirishi natijasida sof qiymatning qattiq emirilishi yuzaga keldi. Sof qiymatning yo‘qolishi Koreya moliyaviy bozorlarida mahalliy va xorijiy qarz beruvchilar uchuntanlovning yomonlashuvi va psixologik risk muammosini yanada murakkablashtirdi.
Firmalarning pul oqimi va balansni yomonlashuvi bank inqirozini yanada og‘irlashtirdi. Banklar tomonidan mahalliy firmalarga ajratilgan dollardaifodalangan qarzlar so‘ndirilmaganligi hamda xorijiy valyutadagi qarzlarningko‘proq vonda to‘lanishi oqibatida banklarning balansi yanada yomonlashdi.SHuningdek, moliyaviy institutlar tomonidan tashqi qarzlarining qisqa muddatga jalb qilinishiqo‘llabquvvatlanganligilikvidlik muammosini chuqurlashtirdi. Chunki, banklar ushbu qarzlarni tezda qaytarishlari shart edi. Xukumat bank tizimida yuzaga kelgan vahimani to‘xtatish maqsadida banklardagi barcha omonatlarni kafolatlash borasida qadam tashladi. Ammo kapital hajmining kamayishi bevosita banklar tomonidan kreditlash faoliyatini qisqartirilishi shartligini anglatar edi. (8-rasm)
18.8-rasm

18.9-rasm

Kreditlash hajmining qisqarishi qo‘shimcha ravishda iqtisodiy pasayishni keltirib chiqardi. Natijada bu holat kredit bozorlarida tanlovning yomonlashuvi va psixologik risk muammosinikuchaytirdi. Kredit bozorlarida assimetrik ma’lumotlar muammosining oshishibilan bir qatorda yuqori foiz stavkalarining investitsion qarorlarga bevosita ta’sir ko‘rsatishi keyinchalikinvestitsion xarajatlarni pasaytirdi, pirovardida, yalpi talab tushishiga qo‘shimcha faktor sifatida xizmat qildi. (9-rasm)
Janubiy Koreya moliyaviy inqirozi yuqori darajada inson resurslari xarajatini ham keltirib chiqardi. Kambag‘allarning darajasi 6 milliondan 10 milliongacha, o‘z joniga qasd qilish va ajrashishlar surati salkam 50%gacha, narkotik moddalarga ro‘ju qo‘yish 35%gacha va jinoyatchilik surati 15%gacha o‘sdi.

Download 7.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling