Pul va banklar” fanidan
-rasm. Lokal tizimda magnit chiziqli plastik kartalar orqali amalga oshiriladigan hisob-kitoblar mexanizmi56
Download 7.83 Mb.
|
Ma\'ruza matn Пул ва Банклар 2022-23y (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank-ekvayer
4.6.9-rasm. Lokal tizimda magnit chiziqli plastik kartalar orqali amalga oshiriladigan hisob-kitoblar mexanizmi56
Bunda: Karta terminalga solinadi; Mijozning to‘lovga layoqatliligini aniqlash uchun so‘rov jo‘natiladi; To‘lovga layoqatlilik tasdiqlanadi; 4-5. Karta hisobraqamidan xizmat ko‘rsatish shaxobchasi hisobraqamiga mablag‘ o‘tkazib beriladi. YUqorida ko‘rib o‘tilganidek, plastik kartochkalar orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish mexanizmlari turlichadir. Biz faqat ularning asosiylariga to‘xtalib o‘tdik. Har bir bank, to‘lov tizimini tashkil etmoqchi bo‘lgan har bir tashkilot va davlat o‘zining imkoniyatlari, texnik jihozlanishi va mijozlar xususiyatlaridan kelik chiqib, ushbu mexanizlarni o‘ziga moslashtiradi. Respublikamizda plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013 yil 26 apreldagi 9/1 sonli Qarori bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013 yil 3 iyunda 2465-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi Nizom asosida amalga oshiriladi. Plastik kartochkalar, ulardan foydalanish va hisob-kitoblarni tashkil etish mexanizmida bir qator elementlar qo‘llaniladi. Ularning ba’zilariga izoh berib o‘tamiz. Terminal – plastik kartochka egasiga xarid qilingan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish hamda bajarilgan operatsiyalar bo‘yicha sliplarni (cheklarni) shakllantirishga imkon beruvchi qurilma. Bankomat - bu plastik kartochka egasiga o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish rejimida kassa avanslarini olishga imkon beruvchi va bajarilgan operatsiyalar bo‘yicha sliplarni shakllantiruvchi qurilma. Infokiosk - o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish asosidagi to‘lov-ma’lumot berish terminali bo‘lib, platik kartochkalardan foydalangan holda naqd pulsiz to‘lov operatsiyalarini bajarishga va reklama-ma’lumot berish xizmatlarini tezkor tarzda ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Infokioskdan bank, kredit-moliya muassasalari, uyali aloqa provayderlari, bo‘limlarning tarmoqlangan tarmog‘iga ega bo‘lgan kompaniyalar xizmatlarini ko‘rsatish uchun foydalanish mumkin. PIN-kod – plastik kartochka egasining kartochka hisobvarag‘ida hisobga olinadigan pul mablag‘larini tasarruf qilish huquqini beruvchi va tasaarruf qilish plastik kartochka egasiga berilganligini tasdiqlovchi shaxsiy identifikatsion raqami. Emitent – bank plastik kartochkalari emissiyasini amalga oshiruvchi, o‘zi tomonidan emissiya qilingan bank kartalariga nisbatan egalik huquqiga ega bo‘lgan va ular tomonidan bank plastik kartochkalaridan foydalanib to‘lash huquqlarini amalga oshirish bo‘yicha plastik kartochka egalari va ekvayerlar oldida o‘z nomidan majburiyatlarga ega bo‘lgan bank. Bank-ekvayer - xizmat ko‘rsatuvchi bank bo‘lib, tovar-servis korxonalari bilan shartnomaviy munosabatlarga ega bo‘lgan, ulardan plastik kartochkalardan foydalanib amalga oshirilgan tranzaksiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qabul qiluvchi, ularga ma’lumotlarni o‘zaro almashishning tegishli tizimini yo‘naltiruvchi hamda ushbu tranzaksiyalar bo‘yicha hisob-kitoblarni tovar-servis korxonalari bilan tuzilgan shartnomalarga ko‘ra amalga oshiruvchi kredit-moliya korxonasi. Download 7.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling