Pul va banklar” fanidan


Moliya borzori va banklararo pul resurslari bozorining rivojlanganlik darajasi


Download 7.83 Mb.
bet142/263
Sana20.11.2023
Hajmi7.83 Mb.
#1790258
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   263
Bog'liq
Ma\'ruza matn Пул ва Банклар 2022-23y (1)

Moliya borzori va banklararo pul resurslari bozorining rivojlanganlik darajasi.
Moliya bozorining rivojlanishi qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘loiq operatsiyalarni rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi. Banklararo kredit resurslari bozori kreditlar va investitsiyalarni real iqtisodiyotga tez va samarali qayta taqsimlash hamda joylashtirishni ta’minlaydi. Banklararo bozor zamonaviy bank tizimining asosini tashkil etib, banklarning zarur mablag‘lardan foydalanish imkoniyatlarini oshiradi, bank operatsiyalari hajmining oshishini ta’minlaydi hamda zaxira mablag‘larni band qilish zaruriyatini pasaytiradi. Banklararo kreditlar bozorida o‘rtacha foiz stavkalari bo‘yicha ma’lumotlar bilan ta’minlash va shu orqali banklararo kredit bozorida pul mablag‘larining milliy ko‘rsatkichlarini aniqlash muhim hisoblanadi.
Banklararo kredit bozori mexanizmining amal qilishi, foiz stavkalarning e’lon qilib borilishi tijorat banklarida kredit foiz stavkalarining keskin tebranishlarini kamaytiradi hamda kelajakdagi holatini prognoz qilish imkonini yaratadi.
Banklararo raqobat kredit foiz stavkalarini va u bilan bog‘liq kreditlash xarajatlarini pasaytirishning samarali bozor vositasi hisoblanadi. Raqobat sharoitida banklar kredit foiz stavkalarini optimal shakllantirish orqali mijoz bazasini oshirish, mavjud mijozlarni saqlab qolishi va yangi mijozlarni keng jalb qilishi mumkin. Bank tizimida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish mijozlar manfaatlarini himoya qilish bilan birga kreditlash ko‘lamini kengayishiga sezilarli yordam beradi.
Dunyodagi va mamlakatdagi iqtisodiy holat. Ushbu omil dunyo mamlakatlari iqtisodiyotida yuzaga keladigan iqtisodiy tanglik yoki turli inqirozlar natijasida boshqa davlatlar bank-moliya tizimiga ta’sirni keltirib chiqaradi. CHunki, bugungi globallashuv sharoitida dunyo mamlakatlari o‘zaro turli aloqalarga kirishadi.
Jahon mamlakatlari iqtisodiyotida yuz berishi mumkin bo‘lgan inqirozlar natijasida bank tizimida foiz stavkalarining tez-tez o‘zgarishi milliy va mintaqaviy iqtisodiyotda beqarorlik, inflyasiyaning kuchayishi, valyuta kursining tebranishi kabilar bilan izohlanadi.
Iqtisodiyotning rivojlanish darajasi ham kredit foiz stavkasiga ta’sir qiluvchi makrodarajadagi omillar qatoriga kiradi. Bunday sharoitda kredit resurslariga bo‘lgan talab oshadi va aksincha taklif qisqaradi. Natijada bank kredit foiz stavkalari oshishiga olib keladi.
Kredit foiz stavkalarini shakllanishiga boshqa turdagi omillarning ta’siri bo‘lishi mumkin. Masalan, qarzga olinadigan pulni foydalanish yo‘nalishi yoki tadbirkorlik sohasi. Kredit tadbirkor uchun ko‘p foyda keltirsa yoki iste’molchi extiyojini to‘larok qondirsa, foiz yuqori bo‘ladi, aks holda u pasayib ketadi.





Download 7.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling