Pul va banklar” fanidan


-rasm. Akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblardagi hujjatlar aylanishi


Download 7.83 Mb.
bet58/263
Sana20.11.2023
Hajmi7.83 Mb.
#1790258
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   263
Bog'liq
Ma\'ruza matn Пул ва Банклар 2022-23y (1)

4.4.6-rasm. Akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblardagi hujjatlar aylanishi

1-tovarlarni oldi-sotdi shartnomasini imzolash.


2- sotib oluvchi o’z bankiga akkreditiv ochish to’g`risida ariza beradi.
3-akkreditiv ochiladi va bu haqda mol yetkazib beruvchining bankiga xabar beriladi. Xabar akkreditiv telegrammasi shaklida beriladi. Mana shu vaqtdan boshlab sotib oluvchining banki to’lov yuzasidan kafil hisoblanadi.
4-mol yetkazib beruvchining banki mol yetkazib beruvchini akkreditiv ochilganligidan xabardor qiladi.
5-mol yetkazib beruvchi tovarlarni jo’natadi.
6-mol yetkazib beruvchi tovarlar bilan bog`liq hujjatlarni o’zining bankiga uzatadi.
7-mol yetkazib beruvchining banki hujjatlarni tekshiradi va qabul qilib oladi.
8- mol yetkazib beruvchining banki tovarlar bilan bog`liq hujjatlarni sotib oluvchining bankiga jo’natadi.
9-sotib oluvchining banki akkreditiv bo’yicha to’lovni amalga oshiradi.
10-sotib oluvchining banki tovar hujjatlarini sotib oluvchiga beradi.
11- sotib oluvchining banki mol yetkazib beruvchining bankini (9) operatsiya bajarilganligi to’g`risida yozma ravishda xabardor qiladi.
12-mol yetkazib beruvchining banki to’lov summasini mol yetkazib beruvchining joriy hisob raqamiga kirim qiladi.
13- mol yetkazib beruvchining joriy hisob raqamidan ko’chirma berish.
Hujjatlashtirilgan akkreditivda ishtirok etuvchilarning o’z nomlariga ega:
Mol yetkazib beruvchi benifetsiar deyiladi
Sotib oluvchining banki xabar beruvchi deyiladi
Sotib oluvchi arizador diyiladi
Sotib oluvchining banki akkreditiv bank deyiladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning akkreditiv shaklining o‘z afzalligi, shu bilan birgalikda, bir qator kamchiliklari mavjud. Akkreditiv shakli bo‘yicha hisob-kitob qilishning afzallik tomoni shundaki, maxsulot etkazib beruvchi uchun to‘lov to‘liq kafolatlangan bo‘ladi. Hujjatlashtirilgan akkreditiv ning asosiy kamchiligi bu uning qimmatligidir. Germaniya banklari aholiga ochganligi uchun 1,2-1,4% yevro oladi. O’zbekistonda esa akkreditiv summasi mijozning joriy hoisob raqamidan olinib alohida hisob raqamiga depozit qilinadi.
Akkreditiv shaklining kamchiliklari esa quyidagilardan iborat:

  • akkreditiv shakli bo‘yicha hujjatlar aylanishi texnik jiqatdan birmuncha qiyinroq;

  • transportga qulay emas, akkreditiv ochilgan paytda yukni jo‘natish uchun tayyor transport bo‘lmasligi mumkin, bu esa yuk jo‘natishni kechikishiga olib keladi;

  • bu shaklda to‘lovchining mablag‘lari oborotdan qisman chetlashadi, boshqa hisob-kitoblar uchun bu mablag‘lardan foydalanishga ruxsat etilmaydi;

  • akkreditiv bo‘yicha odatda faqat bir mol etkazib beruvchi bilan hisob-kitob qilinadi.


Download 7.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling