Pul va banklar” fanidan


-rasm. Plastik katochkalar bilan offlayn avtorizatsiya qilish mexanizmi54


Download 7.83 Mb.
bet61/263
Sana20.11.2023
Hajmi7.83 Mb.
#1790258
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   263
Bog'liq
Ma\'ruza matn Пул ва Банклар 2022-23y (1)

4.6.7-rasm. Plastik katochkalar bilan offlayn avtorizatsiya qilish mexanizmi54
Shu tariqa kun davomida tranzaksiyalar haqidagi ma’lumotlar POS terminalda yoki unga ulangan kompyuterda yoxud terminalga o‘rnatilgan maxsus smart kartada yig‘iladi. Kun oxirida ushbu ma’lumotlar protsessing markazga jo‘natiladi va hisob kitoblar amalga oshiriladi.
Lokal to‘lov tizimida amal qiladigan mexanizmlar bilan bir qatorda nisbatan rivojlangan (lokal chegaradan chetga chiquvchi) hisob-kitob mexanizmlarni ham ko‘rib o‘tish joiz. Bunday to‘lov tizimlarida hisob-kitoblar mexanizmi emitent va ekvayer funksiyalarining chegaralanishi hamda ishtirokchilar tarkibiga hisob-kitob banki va protsessing kompaniyasining qo‘shilishi bilan murakkablashadi (3-rasmga qarang).


4.6.8-rasm. Rivojlangan to‘lov tizimida plastik kartochkalar orqali amalga oshiriladigan hisob kitoblar mexanizmi55
Bir qator g‘arb olimlari to‘lov tizimlarini uchta katta guruhga bo‘lishadi – kreditli, debetli va hisob-kitob to‘lov tizimlari.
Kreditli tizim kartochka hisobraqamida boshlang‘ich nol qoldiq bo‘lishini ko‘zda tutadi. Kartochka bilan bo‘ladigan barcha operatsiyalar hisobraqam debetiga yozilib boradi va karta egasi ularni ma’lum shartlarda so‘ndiradi.
Debetli tizim mohiyati shundan iboratki, har bir amalga oshirilgan to‘lov o‘sha kunning o‘zidayoq mijozning bankdagi karta hisobraqamidan echiladi. Agar to‘lov summasi karta qoldig‘idan oshib ketsa, operatsiya amalga oshirilmaydi. Tabiiyki, debetli kartalardan foydalanganda har bir operatsiya uchun avtorizatsiya qilish to‘g‘ri keladi. Qulay tarafi esa ruxsat etilmagan kreditning yuzaga kelish xavfi yo‘qoladi.
Bank plastik kartalari o‘z vazifasiga ko‘ra hisob-kitoblarda (debetli va kreditli) oraliq instrument hisoblanadi.
Kreditli mexanizm ayniqsa lokal tizimda, ya’ni emitent ham, ekvayer ham bitta bank bo‘lganda qulaydir. Bunda asosan magnit chiziqli kartalardan foydalaniladi. Ushbu mexanizmda yagona so‘rov yuborish texnologiyasidan foydalaniladi. YA’ni bitta so‘rov ham avtorizatsiya uchun, ham mablag‘ni karta hisobraqamidan echish uchun yuboriladi.




Download 7.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling