Pul va banklar” fanidan
Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari
Download 7.83 Mb.
|
Ma\'ruza matn Пул ва Банклар 2022-23y (1)
4.4. Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari.
Iqtisodiyotda bo‘ladigan pul aylanishining 80-90 foizini naqdsiz pul aylanishi tashkil etadi. Naqdsiz pul aylanishi naqd pulsiz hisob-kitob shakllari asosida olib boriladi. Naqd pulsiz hisob kitoblarning keng ishlatilishiga ko‘p tarmog‘li bank tizimining rivojlanishi, davlat tomonidan makroiqtisodiy jarayonlarni o‘rganish va uni tartibga solish nu.tai-nazaridan davlatning qiziqishi, mulkchilik shakllarining ko‘payishi va turli mulkchilik munosabatlarining kengayib borishi asos bo‘ladi. Iqtisodiyotda naqd pulsiz xisob-kitoblar ma’lum tizim asosida olib boriladi. Naqd pulsiz xisob-kitoblar tizimi o‘z ichiga hisob-kitoblarni tashkil qilish tamoyillari, shakllari, usullari hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish oldida qo‘yilgan talablarni oladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar bir necha shakllarda olib boriladi va bu shakllar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib borishi mumkin. hozirgi kunda respublikada naqd pulsiz hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan va halqaro amaliyotda qabul qilingan shakllarda tashkil etiladi. Hisob-kitob shakllari deyilganda huquqiy me’yorlarda ko‘zda tutilgan, pul mablag‘larining maqsulot etkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarning hisobvarag‘iga yozish usuli, hisob-kitob hujjatining turi va hujjatlar aylanishi tartibi bilan farq qiluvchi hisob-kitob turlari tushuniladi. Xalqaro bank amaliyotida naqd pulsiz hisob kitoblarning 4ta shaklidan foydalanadi. To’lov topshiriqnomalari Cheklar Hujjatlashtirilgan akkreditivlar Inkasso Iqtisodiy kontragentlar o’rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishning asosiy shakllari quyidagilardan iborat: 1) inkasso operatsiyalari vositasidagi hisob-kitoblar; 2) akkreditivlar yordamidagi hisob-kitoblar; 3) bo’nak to’lovlari shaklidagi hisob-kitoblar; 4) ochilgan hisobvaraq bo’yicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblar; 5) veksellar va cheklar shaklida amalga oshiriladigan hisob-kitoblar. Download 7.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling