Pul va banklar reja


Download 115.8 Kb.
bet4/9
Sana14.11.2023
Hajmi115.8 Kb.
#1772272
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
PUL VA BANKLAR 5 ta mavzu (2)

Qiymatning pul shakli

Mahsulot ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonining tobora rivojlanib borishi hududlar, mamlakatlar o’rtasida savdo-sotiqni, tovar ayirboshlashning zaruriyatini yuzaga keltiradi. Turli mamlakatlarda turli tovarlar umumiy ekvivalent hisoblangangaligi bu jaryonning taraqqiy etishiga to’sqinlik qiladi.


Natijada butun tovarlar dunyosidan shunday tovarlar ajralib chiqadiki, u barcha hudud va mamlakatlarda umumiy ekvavalent sifatida qo’llanila boshladi. Bu vazifani dastlab qimmatbaho metallar mis va kumush, keyinchalik oltin bajaradigan bo’ldi.
Oxir oqibatda oddiy tovar ko’rinishidagi umumiy ekvavalent o’rniga pul shaklidagi umumiy ekvavalent, ya’ni pul maydonga chiqdi.
Masalan:
1 qop bug’doy
10ta qo’y
10 kg choy 2 unksiya (35.6 gramm) oltin
40 kg qaxva
0.5 tonna ko’mir

Bunda oltin oddiy tovar emas, balki pul ko’rinishini oladi.
Umuman pul o’z taraqqiyyotida 4 bosqich va 4 shaklga ega bo’lgan:

  1. Tovar shaklida - “qo’yma” asrimizdan oldingi VII – asrgacha

  2. Tanga pullar – “tanga” asrimizdan oldingi VII-XIX - asrlar

  3. qog’oz pullar – “banknot” XIX-XX asrlar

  4. Elektron pullar – “kartochka” XX – asr o’rtalaridan

Shuni ta’kidlash lozimki uzoq yillar davomida qimmatli metallar pul vazifasini bajargan va uning asosiy sabablari bo’lib:

  1. Ularni qiymati yuqori, hajmi kichik.

  2. Ular bo’linuvchan, ular bo’linganda sifatini yo’qotmaydi.

  3. Ularning yaxshi saqlanishi (masalan, ko’mganda ham).

  4. Ularni olib yurish qulay

  5. Bir og’irlikdagi oltin bir-biridan deyarli farq qilmaydi (bir turdagi mo’yna bir-biridan nimasi bilandir farq qilinadi) va boshqalar.

Ayrim manbalarga ko’ra (“ekonomicheskaya teoriya” pod.red.V.I.Vilyapina, Dobryanina A.I. Moskva. 2001 y str.141-166) dastlabki qog’oz pullar XII-asrda Xitoyda, 1571 yilda Fransiyada, 1690 yilda AQSh da, XVIII- asrda Yekaterini II-davrida Rossiyada paydo bo’lgan.
Qog’oz pullar muomilasini tashkil etishda Djon Lo (Fransiya 1710-1720 yillar), DubasovI.I (1897-1987 yillar Rossiya) kabi ayrim shaxslar faoliyatini qayd etish lozim.
Djon Lo duelda qatnashgani uchun London turmasidan qochib Gollandiyada, keyin Italiyada yashab ancha boylik ortirgan va 1710 yilda Fransiya davlat byudjeti daromadini oshirish bo’yicha hukumatga qog’oz pullar chiqarish bo’yicha taklif bilan chiqqan. O’sha paytda Fransiya Moliya Vaziri bo’lgan Djon Lo 1720 yilda pulni qadrsizlangani tufayli Fransiyani tark etadi. 1716-1720 yillardagi qog’oz pullar bo’yicha Djon Loni “Mashinnik i proroka” deyilsada, u Yevropa xalqiga qog’oz pullarni ajoyib imkoniyatlaridan voqif etdi.
Mamlakat rivojlanishining asosiy vositalaridan biri pul bo’lib, bozor iqtisodiyotiga o’tish va unda faoliyat yuritishda uning o’rni va ahamiyati yanada oshib boradi. Darhaqiqat, pul – “bozor tili” deb bejiz aytilmagan. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to’lovlar, daromadu xarajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar mikro va makro darajalarda faqat pulda ifoda qilinadi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida pul ahamiyatining ortib borishi jamiyatimizda mavjud huquqiy va jismoniy shaxslar faoliyati va uning natijasi – daromadi pul bilan bog’liq.
Bozor iqtisodiyotini muhim omilini pul tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti pul bilan tirik, chunki takror ishlab chiqarish jarayonining barchasida pul vositachilik qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarlar va xizmatlarning ishlab chiqarishdan boshlab iste’molchigacha bo’lgan jarayon pul vositasida amalga oshadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomilasini uyushtirish, tovarlarni ayirboshlash, pullarni saqlash va taqsimlash, bo’sh pulni qarzga berish, korxonalar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar yanada kuchayib, murakkablashib boradi. Pul shaklidagi mablag’lar bozor orqali resursga aylanadi va ular ishtirokida tovarlar yaratiladi, tovarlar sotilib yana pulga aylanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida nafaqat pul, balki uning ekvivalentlaridan – aksiya, obligasiya kabi qimmatli qog’ozlar va boshqalardan keng foydalaniladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ilgari pulga aylantirilmagan ayrim vositalar ham endi pulda o’z aksini topadi (yer va boshkalar).
Umuman bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar moliyasini tashkil etish, pulni aylanishi, umuman xo’jaliklar faoliyatini tashkil etilishi yangi pul munosabatlari asosida tashkil etiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib bozor iqtisodiyoti sharoitida pul iqtisodiy quvvat, iqtisodiyotning o’ziga xos tashrif qog’ozi bo’lib xizmat qiladi.



Download 115.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling