Pul va uning iqtisodiyotdagi ro’li Mundarija: Kirish 3


I Bob Pul va uning iqtisodiyotdagi ro’li


Download 302.5 Kb.
bet2/10
Sana22.06.2023
Hajmi302.5 Kb.
#1646787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Pul va uning iqtisodiyotdagi ro’li

I Bob Pul va uning iqtisodiyotdagi ro’li
1.1 Iqtisodiyotning amal qilishida pulning tutgan o`rni
Inson hayotidagi muammolar ichida eng asosiysi pul topishdir. Aynan shu muammoni echish insonning barcha boshqa muammolarining aksariyatini hal etish kaliti hisoblanadi. Shuning uchun ham, ya`ni bosh muammoni hal qilish maqsadida odamlar tovar ishlab chiqaradilar, turli xizmat ko`rsatish bilan band bo`ladilar, ular bilan bozorga chiqadilar va boshqalar bilan iqtisodiy (pul) munosabatlarga kirishadilar. Bozorda ishlab chiqarish vositalari pulga sotib olinib, ular yordamida yaratilgan tovarlar pulga ayirboshlanib, iste`molga o`tadi. Tovarlar shaxsiy iste`molgami yoki ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun sarf etiladimi, baribir ularni harakatga keltiruvchi kuch puldir.
Bozor munosabatlari sharoitida pul o`ta muhim iqtisodiy vositadir. U tufayli ishlab chiqarishning takrorlanishi amalga oshadi, iqtisodiy o`sishga erishiladi. Pul shaklidagi mablag`lar bozorda rerurslarga aylanadi, tovarlar sotilib, yana pulga aylantiriladi.
Pulning insoniyat hayotidagi ahamiyati u bajarayotgan quyidagi vazifalarda o`z aksini topadi:
Avvalambor, pul qiymat o`lchovi vazifasini bajaradi. Har qanday tovar ishlab chiqarilganda yoki xizmat ko`rsatilganda muayyan mehnat sarflanadi. Ana shu sarflangan mehnat bozor narxi orqali o`lchanib, pulda ifodalanadi.
Tovarning bozordagi narxi orqali uni ishlab chiqarishga ketgan mehnat va barcha sarf-xarajatlarning nafaqat miqdori, balki sifati ham o`z o`lchovini topadi. YAxshiroq xomashyodan tayyorlangan tovarning sifati ham, odatda, yaxshiroq bo`ladi va binobarin, uning qiymati ham yuqoriroq bo`lgani uchun yuqori narxda sotiladi. Bunday tovarlar o`z egasiga ko`proq daromad (ya`ni pul) keltiradi.
Tovarning bozordagi qadri, uning xaridorgirligi va raqobatbardoshliligi ham pul orqali o`z ifodasini topadi. Bozorga chiqqan tovar qancha yuqori narxda va tez o`z iste`molchisini topsa, bu narsa shu tovarning sifati yaxshiligidan va uning xaridorgirligidan dalolat beradi.
Hech qanday tovar pul kabi bozordagi mahsulotlar va xizmatlarning qadr-qiymati va bahosini o`lchab bera olmaydi.
Pulning ikkinchi vazifasi (yoki funktsiyasi) uning muomala vositasi ekanligidir. Chunki pul yordamida tovarni sotish, uni pulga almashtirish va bu pulga yana boshqa tovar sotib olish mumkin. Pul yordamida tovarni tovarga ayirboshlash (barter) bartaraf etiladi, oldi-sotdi ishlari ma`rifatlashgan, madaniylashgan holda va yuqori samara bilan amalga oshadi.
Va nihoyat, pul jamg`arish vositasi vazifasini bajaradi, chunki pul boylik shakliga kirib, o`z egasiga kerak bo`lganda, xarid etish vositasiga aylanadi. Pul qog`oz yoki tanga bo`lgani uchun emas, balki o`zida mehnatni mujassamlashtirgani, unga hamma narsani xarid etish hamda saqlash mumkin bo`lgani uchun boylik hisoblanadi.

Download 302.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling