Pul va uning iqtisodiyotdagi ro’li Mundarija: Kirish 3


Download 302.5 Kb.
bet1/10
Sana22.06.2023
Hajmi302.5 Kb.
#1646787
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Pul va uning iqtisodiyotdagi ro’li


Pul va uning iqtisodiyotdagi ro’li


Mundarija:
Kirish 3
I Bob Pul va uning iqtisodiyotdagi ro’li 4
1.1 Iqtisodiyotning amal qilishida pulning tutgan o`rni 4
1.2 Kredit va uning turlari 5
II Bob Banklar va ularning iqtisodiyotni moliyalashtirishdagi roli 9
2.1 Bank kreditlari va foizlari 9
2.2 Pul iqtisodiyotning samarali amal qilishini ta`minlovchi vosita sifatida 11
III Bob Pul inflyatsiyasining sabablari asosi. 13
3.1 Kredit tashkilotlari pul va kapital bozorining faol ishtirokchilari sifatida 13
3.2 Kredit tashkilotlari pul va kapital bozorining faol ishtirokchisi sifatida 14
Xulosa 31
Foydalanilgan adabiyotlar 32


Kirish
Insoniyat taraqqiyotining deyarli barcha bosqichlarida pul odamlarga iqtisodiy hayotni tashkil qilish vositasi bo`lib xizmat qilib kelgan va kelajakda ham shunday bo`lib qoladi. Har qanday jamiyatda ham ular pul topish uchun mehnat qiladilar va unga o`zlari uchun zarur bo`lgan moddiy va nomoddiy ne`matlar (tovarlar va xizmatlar) sotib oladilar. Xo`jalik aloqalari va bozor munosabatlarining rivojlana borgani sari pulning jamiyat hayotidagi roli ortib boradi. Tovar-pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining poydevorini tashkil qiladi. Shuning uchun ham pul muomalasini oqilona tashkil qilish va uning qadrsizlanishiga qarshi samarali chora-tadbirlarni amalga oshira berish davlat iqtisodiy siyosatida muhim o`rin tutadi.
Pul ham aslida tovar bo`lib, u barcha tovarlarga xos bo`lgan xususiyatlarga ega. Shu bilan birga, uni boshqa tovarlardan ajratib turuvchi jihatlari ham mavjud.
Birinchidan, har qanday tovar, odatda, kishilarning biron-bir ehtiyojini qondiradi, pul esa maxsus tovar hisoblanadi, shu bois u boshqa tovarlarga to`g`ridan-to`g`ri ayirboshlanish xususiyatiga ega. Har qanday tovarga ayirboshlanish, ya`ni insonlarning tovarlarga bo`lgan barcha ehtiyojlarini qondira olish qobiliyati pulni jozibador tovarga aylantiradi.
Ikkinchidan, oddiy tovar aniq mehnat (etikdo`z, novvoy, dehqon, olim mehnati) mahsuli hisoblanadi. Pul ham aniq mehnat mahsuli, lekin ana shu mehnat natijasi (mahsulot yoki xizmat)ning sotishdan olingan ekvivalentdir. Uning iste`mol qiymati kishilarning muayyan jismoniy yoki ma`naviy ehtiyojlarini qondira olishda emas, balki tovarlar ayirboshlashda ishonchli vosita bo`la olish qobiliyatidadir.

Download 302.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling