Пулат ишлаб чикариш
Elektr usulida pulat ishlab chikarish
Download 32.53 Kb.
|
Пулат ишлаб чикариш uz-assistant.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektrik pechlar xam, xuddi marten pechlari, kabi, kislotaviy va asosiy buladi.
Elektr usulida pulat ishlab chikarish
Elektrik usulda issiklik manbai sifatida elektr energiyasidan foydalaniladi, elektr energiyasi esa issiklikka elektrik pechlarda aylantiriladi. Binobarin, bu usulda pulat elektrik pechlarda ishlab chikiladi. Elektrik pechlar ixcham va arzon, tuzilishi nisbatan oddiy va boshkarilishi oson buladi. elektr usuli konvertor va marten usulidan kator afzalliklari bilan fark kiladi. Masalan: elektr pechlarda judu yukori t0 xosil kilish mumkin, yukori t0 esa shixtaga kup mikdor fmos kushish, kuchli asosiy shlaklardan foydalanish va metalldan oltingugurt va fosforning mumkiye kadar kup mikdorini chikarib yuborish, shuningdek kiyin suyuklashuvchi pulatlar olish imkonini beradi. Bundan tashkari, elektrik pechlarda pulat olish uchun xavo xaydashga extiyoj kolmaydi, shuning uchun suyuk metallda Fe (II)–oksid mikdori oz buladi, natijada, yetarli darajada kaytarilgan va zich pulat olinadi. Elektrik pechlarda pulat olish uchun xom ashyo sifatida temir-tersak (pulat siniklari), temir rudasidan foydalaniladi, kayta ishlanuvchi chuyan kamdan -kam xollarda –kup uglerodli pulat olishdagina ishlatiladi, kup uglerodli pulat olishda kayta ishlanuvchi chuyan urniga, kupincha kumir elektrod anikliklarida yoki kam oltingugurtli koksdan foydalanadi. Elektrik pechlar xam, xuddi marten pechlari, kabi, kislotaviy va asosiy buladi. Kislotaviy pechlarda pulat ishlab chikarishda flyus sifatida kvars kumi, asosiy pechlarda esa oxak ishlatiladi. Xosil buladigan kislotaviy shlaklarni suyultirish uchun oxak va shomat siniklaridan, asosiy shlaklarini suyultirish uchun esa plavik shpat, baxsiy va shomat siniklaridan foydalaniladi. Pulatni oksidsizlantirish, yaʼni FeO dan temirni kaytarish uchun odatdagi ferrokotishmalar va kompleks kaytaruvchilar, Masalan 5% Al, 10% Mn, 10% Si va kolgani Fe dan iborat AMS kotishmasi, silikomarganets va silikokalsiy ishlatiladi. Elektrik pechlarga solinadigan shixta materiallari nam bulmasligi lozim, aks xolda yukori to da N2O parchalanib, vodorod pulatiga utadi, natijada pulatning mexanikaviy xossalari pasayadi-pulat murtlashadi. Pulat olish uchun ishlatiladigan elektrik pechlar ikki turga bulinadi: yoy pechlari va induksion chechlar. Download 32.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling