Pulli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha №2023/24 shartnoma


Universitet quyidagi huquqlarga ega


Download 143 Kb.
bet3/10
Sana22.09.2023
Hajmi143 Kb.
#1684380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
60110300 Maktabgacha ta\'lim psixologiyasi va pedagogikasi

2.2. Universitet quyidagi huquqlarga ega:
2.2.1. Ta’lim jarayonini mustaqil tashkil qilish, talabalar bilimini baholash tizimi va attestatsiya qilishning tartibi va davriyligini mustaqil tanlash.
2.2.2. Ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlarining miqdorini kamaytirmagan holda mashg‘ulotlarning tasdiqlangan dars jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish.
2.2.3. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi, Universitet Nizomi, Ichki tartib-qoidalariga va ushbu shartnomaga muvofiq tarzda Talabaga nisbatan qo‘llab-quvvatlash choralari va intizomiy jazo choralarini qo‘llash.
2.2.4. Talabaning o‘z majburiyatlarini bajarishi bo‘yicha doimiy monitoring olib borish.
2.2.5. Talaba tomonidan o‘qish uchun to‘lov majburiyatlarini buzish va/yoki Universitet Ichki tartib-qoidalariga muvofiq dars mashg‘ulotlarini qoldirish hollarida Talabani Universitet binosiga, ta’lim resurslariga, imtihonlar va nazoratlarga kirishini cheklash.
2.2.6. Universitet Talabani quyidagi asoslar bo‘yicha talabalar safidan chiqarish huquqiga ega:
а) o‘z ixtiyori bo‘yicha;
b) o‘quv intizomi va Universitet Ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
c) akademik o‘zlashtirmaganlik uchun (joriy semestr tugaganidan keyin 30 kun davomida bartaraf qilinmagan, bir yoki bir nechta o‘quv fanlari bo‘yicha qarzdorlik uchun);
d) bir semestr davomida uzrli sababsiz 74 soat (37 juft) dars qoldirgani uchun;
e) Shartnoma pulini vaqtida to‘lamaganligi uchun;
f) boshqa oliy ta’lim muassasasiga o‘qishni ko‘chirgani uchun;
g) sog‘ligining holati bo‘yicha (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
h) sud qarori bo‘yicha ozodlikdan mahrum qilingani uchun;
i) o‘lim holati bo‘yicha.
Tegishli buyruqda ko‘rsatilgan sanadan boshlab Talaba Universitet talabalari safidan chiqarilgan hisoblanadi.
2.2.7. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Universitetning me’yoriy-huquqiy va mahalliy hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa huquqlarni amalga oshirish.

Download 143 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling