Pulli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha №2023/24 shartnoma


Download 143 Kb.
bet6/10
Sana22.09.2023
Hajmi143 Kb.
#1684380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
60110300 Maktabgacha ta\'lim psixologiyasi va pedagogikasi

2.6. Talaba quyidagi huquqlarga ega:
2.6.1. O‘zining bilimlari, ko‘nikmalari va malakasini baholash haqida, ushbu baholashning mezonlari va Universitetdagi ta’lim jarayoni haqida to’liq va ishonchli ma’lumotni olish.
2.6.2. O‘quv dars jadvalida ko‘zda tutilgan mashg‘ulotlar vaqtida o‘quv dasturini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan Universitet mulkidan foydalanish.
2.6.3. Alohida imzolangan Shartnoma asosida o‘quv dasturiga kirmaydigan, qo‘shimcha ta’lim xizmatlaridan foydalanish.
2.6.4. Universitetdagi ta’lim jarayoniga aloqador masalalar bo‘yicha Universitet xodimlariga murojaat qilish.
2.6.5. Universitet talabalari uchun tashkil qilingan ijtimoiy-madaniy va boshqa tadbirlarda qatnashish.
2.6.6. Talabalar safidan chiqariladigan sanasigacha Talabaning o‘qishi uchun Universitet tomonidan qilingan haqiqiy sarf-xarajatlarni qaytarish sharti bilan muddatidan oldin o‘qish munosabatlarini to‘xtatish.
2.6.7. O‘quv jarayonidagi o‘zlashtirmaganlik holatida Universitetda tasdiqlangan tariflarga muvofiq tarzda imtihonlar va nazoratlarni qayta topshirish bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlar uchun, boshqa ta’lim xizmatlarini takroriy ko‘rsatish uchun haq to‘lash.
2.6.8. Ushbu Shartnomaning 2.2.6 a,c,d,e,f,g,h bandlari bo‘yicha talabalar safidan chiqarilgan hollarda yangidan imzolangan shartnoma asosida o‘zlashtirilmagan semestrdan boshlab Universitetdagi o‘qishini davom ettirish.
2.6.9. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Universitetning me’yoriy-huquqiy va mahalliy hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa huquqlarni amalga oshirish.



  1. Ta’lim xizmatlarining bahosi, uni to‘lashning muddatlari va tartibi

3.1. Ushbu Shartnoma bo‘yicha yillik o‘qish puli quyidagi summani tashkil qiladi


12 040 000 (O‘n ikki million qirq ming ) so‘m
3.2. To‘lov Talaba yoki Buyurtmachi tomonidan har yili mos o‘quv yili uchun Universitetning hisob raqamiga quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
Birinchi o‘quv yili uchun shartnoma umumiy summasining 50% shartnoma imzolangan kundan boshlab 15 bank kuni davomida tolanadi, qolgan 50% esa – ushbu oquv yilining 01-martigacha tolanadi. Navbatdagi oquv yillari uchun umumiy summaning 50% mos oquv yilning 10-sentyabrigacha, qolgan 50% esa – mos oquv yilining 1-martigacha tolanadi.
Ta’lim xizmatlari uchun to‘lash bilan bog‘liq barcha bank sarflari Talaba/Buyurtmachi tomonidan qoplanadi.
3.3. O‘qishning bahosi unga bevosita ta’sir qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq tarzda, shuningdek, Universitetning Vasiylar kengashi qarori asosida o‘zgartirilishi mumkin.
3.4. Minimal ish haqi summasi yoki tariflarning o‘zgarishi bilan mos ravishda qolgan o‘qish vaqti uchun to‘lov summasi ham o‘zgaradi. Bunda Universitet Tomonlarni to‘lov summasining o‘zgarishi haqida taxmin qilinayotgan o‘zgarishdan bir oy oldin xabardor qiladi. Talaba/Buyurtmachi bir oy muddat ichida qo‘shimcha kelishuvni ko‘rib chiqishi va qabul qilishi (imzolashi) kerak.
3.5. Xizmatlar haqini to‘lash (pul mablag‘larini o‘tkazish) O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ushbu shartnomada keltirilgan rekvizitlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
3.6. Та`lim shakli
Sirtqi 5 yil.
O‘quv kursi 2 – kurs.

Download 143 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling