Pulni olmaganimni, vijdonim pokligini kim bilib o‘tiribdi?(T. Malik)
Download 3.66 Kb.
|
4-topshiriq. So‘roq gaplarni topib, turlarga ajrating: sof so‘roq gaplar, ritorik so‘roq gaplar, so‘roq-buyruq gaplar. Avval so‘roq olmoshlari, so‘ngra so‘roq yuklamalari, undan so‘ng so‘roq ohanggi orqali ifoda qilingan so‘roq gaplarni ko‘chiring, so‘roq ifodalovchi vositalar tagiga chizing. Pulni olmaganimni, vijdonim pokligini kim bilib o‘tiribdi?(T.Malik) Seni ham qo‘rboshi yigitlari qidirdilar?(A.Qod) Bu ahvolda suvga tushgan nonga o‘xshab cho‘kib o‘tirganingdan ruhi ranjimaydimi? (S.Ahmad) O‘sha lim-lim daryoni ayyuhannos solgan bilan orqaga qayirib bo‘larkanmi? Mayli, tanasi boshqa dard bilmas, deganlaridek, uning dard-u hasratlarini bilmaganlar nimalar demaydi?(O.Yo) Urush qurbonlariga yodgorlik o‘rnatishdan savob ish bormi?(O.Yo) Men seni ket deyapmanmi? (P.Q) U chiqadigan vagondan keyingisining qarshisidagi gazeta-jurnal sotish do‘konchasi yonida G‘ulom aka turardi.Mohidilni kutyaptimikan? Xuddi shu bugun, shu soatda kelishini qayoqdan bildiykan u?(J.Abd) O‘z nomi bilan qora bo‘lgan bu qora qishloqda odamlar xor-u zorligi buloqday qaynab yotmayaptimi? Ota-buvalari bu yerni shuning uchun ham Qorabuloq deb atab ketishmaganmikan?(M.Ism) Axir ko‘krak ostida gup-gup urib turgan yurakning o‘zi hamma sirini bildirib turgandan keyin uni til bilan ifoda etishga hojat qoldimi? (J.Abd) Dam o‘tmay suv ichgani tushaversa, ish unumli bo‘larmidi?(J.Abd) Download 3.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling