Pulning agregatlari va tarkibi


-rasm: Muomaladagi naqd pullarning pul massasidagi ulushi dinamikasi. [3]


Download 233.22 Kb.
bet3/3
Sana23.12.2022
Hajmi233.22 Kb.
#1046790
1   2   3
Bog'liq
XM MOLIYA MAQOLA

1-rasm: Muomaladagi naqd pullarning pul massasidagi ulushi dinamikasi. [3]
Pul massasi tarkibini uning harakatiga qarab ikkiga bo’lish mumkin, ya’ni pul massasining aktiv qismi - bu pul mablag’larining xo’jalik faoliyatidagi turli xil shakldagi hisob-kitoblarni olib borish bilan bog’liq qismi va ikkinchisi passiv qism - jamg’ar-madagi pullar va hisob raqamlardagi qoldiqlar hisoblanadi.
Pul massasi naqd pullardan tashqari muddatli hisob raqamdagi mablag’ va jamg’armalarni, depozit sertifikatlari, investitsion fondlarning aktsiyalarini o’z ichiga oladi. Pul massasining yuqoridagi elementlari «kvazi» - “qariyb pullar” deb ham yuritiladi. Kvazi - pullar likvid aktivlar bo’lib, ular tez orada pulga aylanishi mumkin.[1]
Pul agregatlari M1 va M2 ning bir-biridan farqi M2 ning o‘z tarkibiga yaqin orada pulga aylanishi mumkin bo‘lgan «kvazi» - qariyb pullarni olishdadir.
Pul massasining turli xil ko‘rsatkichlarini ishlatish pul muomalasi holatini tahlil qilishga turli tomonlardan yondashishga imkon beradi.
1-jadval.
O‘zbekistonda pul agregatlarini va ularning tarkibi. [3]

Ushbu jadvalda mamlakatimizda pul massasi 2019 yilga nisbatan 2022 yilda pul massasi (m2) 35 mlrd so‘mga o‘zgargani ko‘rishimiz mumkin. Muomiladagi naqd pullar (m0) esa 12 mrld so‘mga ko‘paygan.
Mamlakat miqyosida pul massasi hajmining o‘zgarishi muomala-dagi pul massasining o‘zgarishi natijasi va pulning aylanish tez-lashganligining natijasi bo‘lishi mumkin.
Xulosa
Hozirda jahonda yuz berayotgan globallashuv jarayonlarida mamlakatda tub o‘zgarishlar va islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan mamlakatimizda ham shu kabi o‘zgarishlar amalaga oshirilmoqda. Jumladan iqtisodiyotni asosiy bo`g’ini bo`lgan banklarda ham kundan kunga o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlarni tub mohiyati pul massasini tartibga solish va ularni muomila jarayonini tezlashtirish hisoblandi, chunki pul massasi qancha tez aylansa iqtisodiyot ham shuncha tez rivojlanishga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati.
1.Tillayev X.S., “Pul va banklar” fanidan o ‘quv-uslubiy majmua. – T.: TMI, 2018, 391 bet.
2. Rashidov Y.O‘., “Pul, kredit va banklar” darslik. - T: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2019. - 328 b.
3. https://cbu.uz/uz/press_center/reviews/584534/.
4. www.finance.uz;
5. https://nbu.uz/uz/exchange-rates/
6.uz.wikipedia.org.
Download 233.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling