Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari Pul muomalasi va uning amal qilish qonunlari 15 Pul massasini tartibga solish muammolari 27


Download 79.05 Kb.
bet9/10
Sana28.02.2023
Hajmi79.05 Kb.
#1235518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
vito 9

Xulosa
Pul – bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo’lib, abstrakt mehnat xarajatlarini o’zida aks ettiradi va tovar xo’jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. Pul o’z taraqqiyotida quyidagi 4 bosqich va 4 shaklga ega bo’lgan ekan:

  1. Tovar shaklida - “qo’yma” asrimizdan oldingi VII – asrgacha

  2. Tanga pullar – “tanga” asrimizdan oldingi VII-XIX - asrlar

  3. qog’oz pullar – “banknot” XIX-XX asrlar

  4. Elektron pullar – “kartochka” XX – asr o’rtalarida

  5. Jamiyat taraqqiyoti shunday amalga oshadiki, unda bir tomondan ma’lum bir iqtisodiy munosabatlar, aloqalar avvalgi tizim bilan vorislikni ta’minlaydi. Ikkinchi tomondan, jamiyatni olg’a eltuvchi yangi munosabatlar, aloqalar vujudga keladi. Uchinchidan, shunday iqtisodiy munosabatlar, aloqalar borki, ular jamiyatdagi o’zgarishlarga moslashgan xolda tizim rivojlanishiga katta ta’sir etib, ularni bir-biri bilan bog’laydi. Ana shunday munosabatlar Tovarpul munosabatlaridir.

Ijtimoiy xo’jalik yuritishning tarixan ikki shakli mavjud. Birinchisi natural xo’jalik yuritish bo’lib, u eng uzoq davr (hozirgi paytda ham uchraydi) davom etgan. Ikkinchisi Tovar xo’jaligi bo’lib, u iqtisodiyotning rivojlangan bosqichiga xos. Ular bir-biridan farq qiladi. Tovar xo’jaligining eng katta farqi, mahsulot bozorda sotish uchun ishlab chiqariladi va tovar deb ataladi.
Iqtisodiyotda yuz beradigan munosabatlar tovar, uni ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq munosabatlar bo’lib, shuning uchun tovar va uning xususiyatlarini, u haqdagi nazariyalarni o’rganish muhim ahamiyatga ega. Bu nazariyalarning eng asosiylari: qiymatning mehnat nazariyasi - klassik nazariya, me’yoriy naflilik nazariyasi – marjinal nazariya, sintez nazariyasi – Marshallning nazariyasidir. Bu nazariyalarning asosiy maqsadi ma’lum bir tovarga narx qanday belgilanishininazariy jihatdan asoslab berishdir.
Tovar ishlab chiqarish bilan bog’liq holda pul kelib chiqar ekan, uning kelib chiqishi haqida ham qator nazariyalar borki, bu masalaga yondashuvga ko’ra umumiy ravishda ikkiga: ratsionalistik va evolyutsion yondashuvgv bo’lish mumkin. Birinchisi sub’ektiv psixologik yondashuv bo’lib, pulning kelib chiqishi kishilar o’rtasidagi kelishuv tufayli yuz bergan degan fikr bildirsalar, ikkinchisi esa pud jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining mahsuli deb ko’rsatishadi.
Pul bozor itisodiyotining eng universal, eng yuqori likvidli vositasi bo’lib, qiymato’lchovi, muomala, jamg’arish funtsiyasini bajaradi. Dastlabki paytda pullar naqd pullardan iborat bo’lgan bo’lsa, tarixiy taraqqiyot davomida kredit munosabatlarini kelib chiqishi tufayli naqd bo’lmagan pullar ham ishlatiladigan bo’ldi. Hozirgi paytda mamlakatdagi barcha naqd va naqd bo’lmagan, «kvazi» pullar birgalikda pul massasini tashkil qiladi.


Download 79.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling