Pulning metallilik nazariyasi. Pulning nominallik nazariyasi
-rasm. Akseptli to‘lov talabnomalar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
Download 74.69 Kb.
|
Pulning metallilik nazariyasi. Pulning nominallik nazariyasi-fayllar.org
4.3-rasm. Akseptli to‘lov talabnomalar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibiMol sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida tovarlar sotish va xizmatlar ko‘rsatish haqida shartnoma tuziladi. Ushbu shartnomada to‘lov shakli ham kelishiladi (1), sotuvchi tovarlarni jo‘natgandan yoki xizmatlarni ko‘rsatgandan keyin (2) akseptli to‘lov talabnomani bankka taqdim etadi (3), bankning mas’ul buxgalteri to‘lov talabnomalar belgilangan tartibga javob berishini nazoratdan o‘tkazgandan keyin pochta orqali sotib oluvchining bankiga jo‘natadi (4), sotuvchining banki to‘lov talabnomani akseptlash uchun sotib oluvchiga jo‘natadi (5), sotib oluvchi yozma ravishda to‘lovni rad etmasa, uning hisobidan mablag‘ni sotuvchi hisobiga o‘tkazish haqidagi elektron to‘lov talabnomani respublika bankiga jo‘natadi (6). Agrobankning Koson bo‘limi sotuvchining hisobvarag‘idan mablag‘ni ko‘chirgandan so‘ng bu haqda unga xabar qiladi (7), o‘z navbatida respublika Agrobanki elektron to‘lov talabnoma bilan Koson bo‘limining vakillik hisobvarag‘idan mablag‘ni Oqtosh bo‘limiga o‘tkazadi (8), Agrobankning Oqtosh bo‘limi mablag‘ni sotuvchining hisobvarag‘iga o‘tkazadi va bu haqda sotuvchiga tegishli hujjatlarni taqdim etadi (9).
Issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblarda. Bu holda talabnoma va ajratilgan elektr va issiqliq energiyasi uchun hisobvaraq – faktura mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan bevosita iste’molchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi. To‘lov talabnomasining maqsadida issiqlik energiyasining o‘lchov asboblari yoki ta’rif asosida foydalanilgan miqdori yozuvda ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim; Qarzdor tomonidan tan olingan summa haqidagi javob xatining asl nusxasi ilova qilingan holda. Talabnomaga boshqa hujjatlar ilova qilinganda akseptsiz hisobdan chiqarishga qabul qilinmaydi; Qarzdor boshqa banklarda ochilgan ikkilamchi hisobvaraqlari bo‘yicha kreditlarni vaqtida uzmaganda banklar tomonidan ham qo‘yiladi. Amaliyot (operatsion) kun tugagandan keyin kelib tushgan akseptsiz talabnomalarda "kechki" degan shtamp qo‘yiladi va ular keyingi ish kunida to‘lanadi yoki to‘lovchining hisob raqamida mablag‘ bo‘lmaganda 2 – kartotekaga kirim qilinadi. To‘lov talabnomasi bilan hisob-kitoblarning amaliyotda nisbatan kam qo‘llanilishining asosiy sababi, uning kamchiliklari afzalliklariga nisbatan ko‘pligidadir. Jumladan, uning asosiy kamchiliklari sifatida quyidagilarni ta’kidlash maqsadga muvofiq: mablag‘ oluvchi tovar jo‘natgandan va xizmatlarni ko‘rsatgandan so‘ng to‘lov talabnomasini bankka taqdim etishi natijasida, mablag‘ni to‘lovchiga tovar va xizmatlarning sifati to‘liq qoniqtirmagan hollarda to‘lovdan voz kechishi turli ziddiyatli holatlarni keltirib chiqaradi; to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ning bo‘lmasligi yoki yetarli miqdorda emasligi banklarda debitor va kreditorlik qarzlarining ortib ketishiga olib keladi; to‘lov hujjatlarining aylanishi va rasmiylashtirish jarayoni to‘lov topshiriqnomalariga nisbatan qo‘shimcha vaqt va ortiqcha mehnatni talab etadi. Afzallik jihatlari shundan iboratki, to‘lovchining hisob raqamida mablag‘ bo‘lmagan hollarda ham jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Umuman olganda, to‘lov talabnomasi bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish mablag‘ni oluvchi va beruvchi uchun hamda bank uchun ham qo‘shimcha vaqt va ish jarayonini talab etadi. Shu bois bo‘lsa kerak, hisob-kitoblarning mazkur shakli amaliyotda boshqa hisob-kitob shakllariga nisbatan kamroq qo‘llaniladi. Download 74.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling