Pulning metallilik nazariyasi. Pulning nominallik nazariyasi
Akkreditivlar bilan hisob-kitoblar
Download 74.69 Kb.
|
Pulning metallilik nazariyasi. Pulning nominallik nazariyasi-fayllar.org
Akkreditivlar bilan hisob-kitoblarHisob-kitoblarning akkreditiv shaklida mijozning (to‘lovchining) topshirig‘iga ko‘ra, mablag‘larni oluvchi foydasiga to‘lovni amalga oshirish uchun mablag‘ ma’lum muddatga deponentlanadi. Akkreditiv qoplangan va qoplanmagan turlarga bo‘linadi. Qoplangan akkreditivda sotib oluvchi shartnomada ko‘rsatilgan mablag‘ni mijozning bankida ochilgan 22602 – “Mijozlarning akkre- ditivlar bo‘yicha depozitlari” hisobvarag‘ida deponentlanadi. Qoplanmagan akkreditivda esa sotib oluvchi shartnomada ko‘rsatilgan summani o‘zining hisobvarag‘idan alohida hisobvaraqga deponentlamaydi, balki mijozning banki uning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmagan taqdirda to‘lov kafolatini oladi. Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar chaqirib olinadigan yoki chaqirib olinmaydigan bo‘lishi mumkin. Uning matnida ushbu belgi mavjud bo‘lmagan holda, akkreditiv chaqirib olinadigan hisoblanadi. Chaqirib olinadigan akkreditiv bank – emitent tomonidan mablag‘larni oluvchi bilan oldindan xabardor qilmagan holda, o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Akkreditivni chaqirib olish bank – emitent zimmasiga mablag‘larni oluvchi oldida biron – bir majburiyat yuklamaydi. To‘lovchi chaqirib olinadigan akkreditivning shartlarini o‘zgartirish yoki bekor qilinishi to‘g‘risidagi barcha ko‘rsatmalarni mablag‘lar oluvchiga, faqat bank – emitent orqali berishi mumkin, ushbu bank mablag‘larni oluvchining banki (ijrochi bank)ni, u esa – mablag‘ oluvchini, xabardor qiladi. Agar ijrochi bank operatsiyalarni bajarish paytigacha akkreditivning shartlari o‘zgartirilganligi yoki u bekor qilinganligi haqida bildirishnoma olmagan bo‘lsa, u chaqirib olinadigan akkreditiv bo‘yicha to‘lovni yoki boshqa operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin. Mablag‘ oluvchining roziligisiz, uning foydasiga ochilgan chaqi- rib olinmaydigan akkreditiv, o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. Ijrochi bank, bank – emitent bilan shartnoma asosida chaqirib olinmaydigan akkreditivni tasdiqlashi mumkin. Bunday holda, chaqirib olinmaydigan akkreditiv tasdiqlangan akkreditiv bo‘ladi. Tasdiqlangan akkreditiv bo‘lganda, ijrochi bank, bank – emitentning akkreditiv shartlariga muvofiq, to‘lovni amalga oshirish majburiyatlari bo‘yicha o‘z zimmasiga qo‘shimcha ravishda majburiyatlar oladi. Tasdiqlangan akkreditiv ijrochi bankning roziligisiz o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. Download 74.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling