Pulning metallilik nazariyasi. Pulning nominallik nazariyasi


Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari


Download 74.69 Kb.
bet9/19
Sana29.09.2023
Hajmi74.69 Kb.
#1689954
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
Pulning metallilik nazariyasi. Pulning nominallik nazariyasi-fayllar.org

Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari

Iqtisodiy kontragentlar o‘rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishning asosiy shakllari quyidagilardan iborat:



  1. Memorial orderlar bilan hisob-kitoblar;


  2. To‘lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar;


  3. To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitoblar;


  4. Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar;


  5. Akkreditivlar bo‘yicha hisob-kitoblar.


Yuqorida qayd etilgan naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi pul hisob-kitob hujjatlaridan foydalanadi:


  • to‘lov topshiriqnomasi, ushbu hujjat asosida mijoz sotib olgan tovarlar yoki xizmatlar uchun o‘z hisobvarag‘idan mablag‘ni to‘lash haqidagi topshirig‘ini o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan bankka beradi;


  • to‘lov talabnomasi, ushbu hujjat asosida mijoz jo‘natgan mol yoki ko‘rsatgan xizmatlar uchun to‘lovni mol sotib oluvchidan undirib berish haqida o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan bankka taqdim etadi;


  • inkasso topshiriqnomasi, ushbu hujjat asosida Markaziy bank tomonidan belgilab qo‘yilgan tashkilotlar to‘lovchining hisobvarag‘idagi mablag‘ni uning roziligini olmasdan tegishli manzilga o‘tkazib berish haqida bankka topshiriq beradi. Agar to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ yetarli yoki mavjud bo‘lmasa, inkasso topshiriqnomasi kartoteka 2 da hisobga olib boriladi;


  • akkreditivga ariza, mijoz sotib oladigan tovarlar va xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘larni deponentlash haqida o‘z bankiga taqdim etadigan hujjat hisoblanadi;


  • hisob-kitob cheki, asosan jismoniy shaxslar va savdo tashkilotlari o‘rtasida qo‘llaniladigan hujjat bo‘lib, uchinchi shaxs, asosan savdo tashkilotlari chekdagi mablag‘ni talab qilib, o‘z bankiga taqdim etadi;


    • memorial order, ushbu hujjat bankning ichki operatsiyalarini bajarishda, shuningdek, shartnomada ko‘rsatilgan hollarda mijozlar- ning hisobvaraqlaridan mablag‘larni ko‘chirishda bank tomonidan qo‘llaniladi.



Download 74.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling