Pulning metallilik nazariyasi. Pulning nominallik nazariyasi
Sotib oluvchi Mol yetkazib beruvchi 2 1
Download 74.69 Kb.
|
Pulning metallilik nazariyasi. Pulning nominallik nazariyasi-fayllar.org
8
4Sotib oluvchi Mol yetkazib beruvchi
13 To‘lov topshiriqnomalari orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi1-to‘lovlarning oldi-sotdi shartnomasini tuzish. 2-tovarlarni jo‘natish. 3- tovarlar bilan bog‘liq hujjatlarni sotib oluvchiga jo‘natish. 4-sotib oluvchi o‘z bankiga to‘lov topshiriqnomasini yozadi. 5-sotib oluvchining banki to‘lov topshirig‘iga asosan to‘lovni amalga oshiradi. To‘lov summasini sotib oluvchi joriy hisob raqamidan olinib, mol yetkazib beruvchining vostro hisob raqamiga o‘tkaziladi. 6-sotib oluvchining banki mol yetkazib beruvchining bankini 5-operatsiya bajarilganligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi. 7-mol yetkazib beruvchining banki to‘lov summasini mol yetkazib beruvchining joriy hisob raqamiga o‘tkazadi. 8-mol yetkazib beruvchining joriy hisob raqamidan ko‘chirma. To‘lov topshiriqnomalariga xos bo‘lgan asosiy avzallik bu tovarlarning sifatini nazorat qilishning mumkinligidir. Bu shakl quyidagi kamchiliklarga ega: To‘lov kafolatlanmagan; To‘lov topshiriqnomalarida tovarlar summasining ma’lum qismini oldindan to‘lab qo‘yish qo‘llaniladi. Bunda sifatsiz tovarlar yetkazib berish va tovarlarni vaqtida yetkazib bermaslik xatari yuzaga keladi. Yevropa davlatlarida va AQShda naqd pulsiz hisob-kitoblarda tijorat banklarining kafolatlaridan foydalaniladi. Tijorat banki beradigan kafolatning 2 turi mavjud: Mijozning to‘lov majburiyatlari bo‘yicha beriladigan kafolat; Yetkazib beriladigan tovarlarning sifati bo‘yicha beriladigan bank kafolati. Taraqqiy etgan mamlakatlarda yuridik shaxslar o‘rtasidagi hisob- kitoblarda hisob-kitob cheklari keng qo‘llaniladi. Hujjatlashtirilgan akkreditivning 5 ta asosiy shakli mavjud: Chaqirib olinadigan akkreditivlar – bu akkreditiv uni ochgan bank tomonidan istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin; Chaqirib olinmaydigan akkreditivlar – bu akkreditivlar bekor qilinib bo‘lmaydi; Tasdiqlanadigan akkreditivlar - bu akkreditivlar 3-bank tomonidan tasdiqlanadi. Odatda kichik banklar tomonidan katta summaga ochilgan akkreditivlarni yirik banklar tan olmaydi. Shunda ular bu akkreditivni 3-bank tasdiqlashini talab qiladi; Tasdiqlanmaydigan akkreditiv. Ta’minlangan akkreditivlar - bu shakldagisi O‘zbekistonda keng qo‘llaniladi. Bunda akkreditiv summasi mijozning joriy hisob raqamidan olinib, alohida hisobda deponent qilinadi. (22602) Hozirgi vaqtda dunyo amaliyotida chaqirib olinmaydigan akkreditivlar keng qo‘llaniladi. 8Sotib oluvchining banki (9) Mol yetkazib(12) beruvchining banki (7)
Download 74.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling