Pulning metallilik nazariyasi


Download 233.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana17.03.2023
Hajmi233.82 Kb.
#1279461
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
PULNING METALLILIK NAZARIYASI

Pulning funksiyalari. 
Pul iqtisodiy munosabatlarni o`zida aks ettirib quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
Qiymat o`lchovi – pul umumiy ekvivalent sifatida o`zida ijtimoiy mehnatni 
mujassamlashtiradi va shu sababli tovarlar qiymatini o`lchay oladi. Tovarni qancha turishi 
pulda belgilanadi. Buyumlarni og`irligi, eni va bo`yiga qarab, kilogramm yoki metr bilan 
o`lchaganday tovarlarning narxi pul bilan o`lchanadi. Har bir mamlakatning o`z pul birligi 
mavjud bo`lib, bu O`zbekistonda so`m, AQShda dollar, Angliyada funt sterling, Turkiyada 
lira, Germaniyada marka va boshqalar. 
Bu vazifani uzoq yillar o`z qiymatiga ega bo`lgan tovar – oltin yoki oltinni o`zida 
ifodalaydigan pul birliklari bajarib kelgan.
Ayrim adabiyotlarda (72) ushbu funksiyani xisob-kitob va iktisodiy ulchov funksiyasi xam 
deb aytilgan. Bunda iktisodiy faoliyatning moddiy va pul-kiymat ulchamida 
umumlashtirilishi ta`kidlangan. 
2. Muomila vositasi. Bu funksiya yordamida tovar o`zining pul qiymatiga ayirbosh 
qilinadi. Pul yordamida tovarni xarid etish, pulga tovar ayirboshlash (P-T) yoki tovarni 
sotish, ya`ni tovarni pulga ayirboshlash (T-P) yuz beradi. Bu jarayonda pul vositachilik 
qiladi, pul muomila vositasi funksiyasini bajaradi. 
Pul ishtirokida tovar ayriboshlash tovar muomilasi shaklini oladi. Bundan farqliroq 
barter – tovarni tovarga bevosita almashtirish bo`lib ma`lum kelishilgan narxni taqozo etsada 
pul ishtirokisiz yuz beradi. 
Barter pulsiz ayriboshlash bo`lganidan bozor iqtisodiyotiga to`g`ri kelmaydi, shu 
sababli u pul qadrsizlangan, tovar topish mushkul bo`lgan paytlarda qo`llaniladi. 
O`ta taqchillik yuz berib, bozor aloqalari buzilgan sharoitda talon va kuponlar tovar 
ayriboshlashda qo`llanilgan hollari ham mavjud. Barter taraqqiy etgan mamlakatlar uchun 
xos emas. Bu shuning uchunki aynan ayriboshlash uchun ming yillar oldin pul uylab 
topilgan. Shuning bilan birga yosh mamlakatlar o`zini tutib olguncha, ular bozorlarini xom-
ashyo va uskunalar bilan to`ldirishda barterni ma`lum ahamiyati bor. 
O`zbekistonda 1994 yilda umumiy eksportni 17 foizini barter tashkil etgan. 1995 
yilda u ikki barobardan ko`proqga kamaydi. 


3. To`lov vositasi. Ayrim adabiyotlarda pulning to`lov vositasi uning muomila 
vositasi bilan qo`shib yuboriladi. Aslida ular o`rtasida tub farqlar mavjud va ularni asosiylari 
quyidagilar: 
a) muomila funksiyasi tovarni faqat naqd pulda sotilishini bildirsa, to`lov 
funksiyasida tovar ham naqd pulda ham naqd pulsiz holda sotiladi. 
b) muomila vositasida tovar va pul harakati bir vaqtda amalga oshiriladi deb 
tushiniladi, to`lovda esa u kechiktirilishi ham mumkin, kreditga amalga oshirilishi va to`lov 
muddatini kutilishi mumkin. 
c) muomila vositasida tovarni sotuvchi va oluvchi o`rtasidagi munosabat bir yo`la 
tugaydi, to`lovda esa uzoq davom etadi va u debetorlik va kreditorlik qarzlariga sabab 
bo`ladi. 
Pulni to`lov vositasi orqali davlat budjetiga va kredit tizimiga to`lovlar amalga 
oshiriladi, aholiga ish haqi, nafaqa, kommunal va boshqa xizmatlarga to`lovlar amalga 
oshiriladi. Pulni to`lov funksiyasini tan olmaslik debitor va kreditor qarzlarni oshishiga
kredit bo`yicha va boshqa moliyaviy majburiyatlarni bajarilmasligiga, xo`jalik 
jarayonlarining me`yorida borishiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. 
2. 
Jamg`arma vositasi. Bu pulning jamlangan boylik shakliga kirib o`z egasi 
uchun kerak bo`lganda xarid etish vositasi bo`lib xizmat qila olishidir. Pul qog`oz yoki tanga 
bo`lgani uchun boylik emas, balki o`zida mehnatni mujassamlashtirgani, unga hamma 
narsani xarid etish yoki uni jamlab saqlash mumkin bo`lgani uchun boylik hisoblanadi.
Pul boylik jamgarishning eng qulay usulidir, chunki pulda likvidlik bor, ya`ni pul 
hamma yerda unga belgilangan nominalga (masalan 500 so`m) qarab to`lov uchun qabul 
qilinadi. Pul boshqa likvidlik vositalariga nisbatan (yer, bino, aksiya, obligatsiya, sertifikat) 
barqaror vosita hisoblanadi, uning qadri inflyatsiya bo`lmasa barqaror saqlanadi, boshqa 
likvidlarni esa narxi-qadri o`zgarib turadi. Boshkacha aytganda pulning likvidligi uning 
muomila vositasi sifatida xamma narsaga tez va xech bir tusiksiz ayriboshlanishidir. 
Pulni sifati va soni mavjud. Pulni sifati cheksiz bo`lishi, ya`ni pulga zarur bo`lgan 
vaqtda xohlagan tovarga aylantirish imkoniyati mavjud, soni cheklangan bo`lishi mumkin, 
chunki unga cheklangan miqdorda tovar sotib olish mumkin. 


Pulni qimmatbaho, noyob buyumlarga, san`at asarlariga, uy-joy, yer, mashina, asbob-
uskuna, aksiya, obligatsiya va boshqalar shaklida ham jamg`arish mumkin. 
Adabiyotlarda pul xazina to`plash vazifasini xam bajarishi mumkinligi qayd etiladi. 
Uni faqat o`zining real qiymatiga ega bo`lgan pullar (qimmatbaho metallar) bajara oladi.
Qog`oz pullar asosan muomila va to`lov vazifasini bajaradi. 
O`tmishda pul jahon puli vazifasini xam bajargan. Bunda mamlakatlar o`rtasidagi 
hisob-kitoblar, tovar va xizmatlar uchun to`lovlardagi baho masshtabini har bir 
mamlakatning pul birligini ma`lum oltin tarkibi bo`lishligi bilan xarakterlanadi. Jumladan, 
1961 yildagi pul reformasidan keyin SSSR rubli – 0.987412 grammga, 1 AQSH$ q 0,88 
gramm oltinga tenglashtirilgan. Hozir bunday tartib yo`q, chunki XVJ ning 1976 yil 
maydagi Yamaykaning Kengston shahridagi yig`ilishida oltin bundan buyon jahon puli 
vazifasini bajarmasligi e`tirof etilgan. Shu sabab hozir o`zaro hisob-kitoblarda jahon puli 
emas, jahon pullaridan foydalaniladi va bu vazifani obro`li pul birliklari bajaradi.
Pulning funksiyalari o`zaro uzviy bog`liq va ular bir-birini to`ldirgan holda pulning 
mohiyatini to`liq ifoda qiladi. Pulning funksiyalari ketma-ketligiga e`tibor berish zarur. Pul 
qiymat o`lchovi vazifalarini bajarmasdan turib muomila, jamg`arma va to`lov vositasi 
bo`laolmaydi. Pulning qiymat o`lchovi sifatida mustahkamligi uning muomila, to`lov, 
jamg`arma funksiyalaridagi o`rni va ahamiyatini oshiradi, xalqaro miqyosda ham yuqori 
obro`ga ega bo`ladi. 

Download 233.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling