Pulning metallilik nazariyasi
Iqtisodiyotni rivojlantirishda pul barqarorligini ta`minlashni o`rni va omillari
Download 233.82 Kb. Pdf ko'rish
|
PULNING METALLILIK NAZARIYASI
Iqtisodiyotni rivojlantirishda pul barqarorligini ta`minlashni o`rni va omillari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul unga yuklatilgan vazifalarni bajargandagina u iqtisodiyotni barqaror ushlab turishga va taraqqiy ettirishga xizmat qiladi. Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov 1995 yil 21-dekabrda Oliy Majlisning IV – sessiyasida ta`kidlaganidek – “Bugungi eng muhim vazifa valyutamiz baquvvat, dunyoda obro`li valyutaga aylantirishdir, u yuksak qiymatga va katta kuchga ega bo`lishi lozim. So`mni barqarorligini ta`minlash va qadrini oshirish umummilliy vazifa. Respublikamizdagi barcha fuqarolarning farovonligi ana shu vazifani hal etilishiga bog`liq. Aslini olganda bu iqtisodiy vazifagina emas, hozirgi paytda ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik vazifaga aylanmoqda, chunki iqtisodiyotning yuksalishi ham, aholi turmush darajasi ham, davlatning obro`-e`tibori ham shu vazifaning bajarilishiga bog`liq. Hisob-kitoblarimiz hamda bu vazifani hal etish uchun barpo qilingan va to`plagan salohiyatimiz hozir o`z oldimizga ana shunday vazifani qo`yishimiz va uni bajarishimiz mumkinligini ko`rsatmoqda. Buni uchun nima qilmoq kerak?: Birinchi navbatda so`mning xarid quvvatini oshirish uchun iste`mol bozorini kerakli mollar bilan to`ldirish, axolini ehtiyojlarini qondiradigan va xorijdan keltiriladigan mollar bilan raqobat qila oladigan o`z mahsulotimizni ishlab chiqarishga zo`r berish zarur bo`ladi. Ikkinchidan, yangi yilda valyuta zaxiralarini ko`paytirish choralarini ko`rishimiz lozim. Buning uchun respublikamizning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, korxonalarning eksport qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish, jahon bozoridan mustahkam joy olish jarayonlarini chuqurlashtirish lozim. Eksport qilinadigan mollarni butun choralar bilan ko`paytirish va shu hisobdan valyuta tushumini oshirish uchun o`zimizga bog`liq bo`lgan hamma ishimizni qilishimiz kerak. Uchinchidan, yoqilg`i-energiya manbalarini, ko`pgina uskuna va oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan sotib olishni kamaytirish, ularni o`zimizda ishlab chiqarilgan mahsulot bilan almashtirish, tashqi savdo balansini mustahkamlashning muhim jihatidir. Bu jarayon energiya manbalari va asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan sotib olishni eng kam zarur miqdorga qadar kamaytirishga olib borishi lozim. To`rtinchidan, kapital bozorining barcha vositalaridan foydalangan holda O`zbekistonning qimmatli qog`ozlar bozorini rivojlantirgan holda, aholi mablag`larining, shuningdek korxonalarning vaqtincha erkin mablag`larini jalb etish bo`yicha amalga oshirayotgan ishlarimizni tubdan qayta ko`rib chiqishimiz zarur... Belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, almashuv kursini barqarorlashtirish, milliy valyutani mustahkamlashda o`z samarasini ko`rsatishi lozim. Milliy valyutamizni mustahkamlash va uning erkin muomiladagi quvvatini oshirish ikkinchi ustivor vazifa – pul qadrsizlanishining keskin ravishda kamaytirish bilan bevosita bog`liqdir”. Pulning barqarorligi deganda pulning sotib olish qiymatining o`zgarmasligi va valyuta doimiyligi tushuniladi. Shunga asosan uni sotib olish qobiliyati unga to`g`ri keladigan tovar va xizmatlarning miqdori bilan, pulga bo`lgan talab va taklifni muvozanati bilan, davlat budjeti taqchilligining holati bilan, inflyatsiyaga karshi ko`riladigan choralarga ko`p jihatdan bog`liq. Respublikamiz hukumati tomonidan pul barqarorligini ta`minlash yuzasidan olib borilayotgan pul-kredit va monetar siyosati keyingi yillarda iqtisodiyotni yanada barqarorlashuvini ta`minlashdagi o`rni quyidagi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlardan ham ko`rinadi: Ko`rsatkichlar 2003 y. 2005 y. 2006 y. 2007 y. Yalpi ichki mahsulot, mlrd so`m 9664,1 15210 16320 17870 O`tgan yilga nisbatan, % 104,2 107,0 107,3 109,5 Davlat budjeti taqchilligi, % -0,4 Q0,1 Q0,5 Q1,1 Tashqi savdo balansini qoldig`i (ijobiy) mln. $. 760,0 1317,5 1445,0 2000,0 Inflyatsiya darajasi, % 3,8 7,8 6,8 6,8 Pul qadrsizlanmasligi uchun- degan edi yurtboshimiz I.A.Karimov – yana bir qoida doimo esimizda bo`lishi kerak, ya`ni har qanday maosh, nafaqa ko`payishidan oldin, bozorimizdagi mol ham shu darajada, balkim undan ham tezroq ko`payishi shart. Bu qoidaga hammamiz rioya qilishimiz zarur. Bu umumiqtisodiyot qonuni. Mutaxassislar hisob-kitobiga qaraganda, agar qo`shimcha mahsulot bozorga yetkazilmasdan naqd pul miqdori 1 foizga ko`paysa-narxlar miqdori 1,2-1,4 foizga oshib ketadi. Agar bu yo`lni tanlasak, O`zbekistonda nafaqat inflyatsiyaga, ya`ni narx oshishiga, balki giperinflyatsiyaga, boshqacha til bilan aytganda, oqibatda hech qanday jilovlanmaydigan ofatga, narx oshib ketishiga olib keladi. Bu esa girdobga o`xshagan dahshatli narsa- tushgandan keyin chiqib ketishning iloji yo`q, desak bo`ladi. Uning oqibati, yana takrorlayman tabiiy ofatga tengdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling