Pulning metallilik nazariyasi


Pul to`g`risidagi nazariyalar


Download 233.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana17.03.2023
Hajmi233.82 Kb.
#1279461
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
PULNING METALLILIK NAZARIYASI

Pul to`g`risidagi nazariyalar 
Pulning nazariyasi – pul tabiati va pulning ishlab chiqarishni shakllantirishga ta`siri 
haqidagi nazariyalardir. 
Iqtisodchilarning pulning mohiyati, uning funksiyalari va pul muomilasiga bo`lgan 
qarashlari pul nazariyalarini keltirib chiqardi.
Eng asosiy pul nazariyalari sifatida metallik, nominallik va miqdoriylik pul 
nazariyalari ilk tarixiy pul nazariyalari sifatida e`tirof etiladi. Hozirgi kunda monetarizm va 
iqtisodni pul-kredit munosabatlari orqali turtiblashtirish nazariyalari mavjud. 
Metallik nazariyasi – dastlab XVI – asrning oxiri XVII – asrning boshlarida 
kapitalizmning rivojlangan mamlakati Angliyada yuzaga keldi. Bu nazariyaning 
asoschilaridan biri U.Steffard (1554-1612 y.) edi. U o`z qarashlarini 1581 yilda Londonda
chop etilgan “Vatandoshlarimizning ba`zi odatiy arizalarining qisqartmasi” nomli pulning 
metallik nazariyasiga oid asarida bayon etdi. Uning davomchilari bo`lib Angliyada T.Men 
(1571-1641 y.), D.Nors (1641-1691 y.), Fransiyada A.Monkretyen (1575-1621 y.), Italiyada 
F.Tamani (1528-1787 y.) va boshkalar hisoblanadi.
Ushbu nazariya namoyondalari:
a) Fakat kimmatbaho metallar (oltin va kumush) pul vazifasini o`tayoladi. 
b) Jamiyatning boyligi qimmatli metallarning mavjud zaxirasi bilan o`lchanadi. 
c) Bu boylikningg manbai savdodadir deydilar. 
Yevropa davlatlari tomonidan qimmatli metallarga boy bo`lgan yerlarni bosib olinishi 
kabi shart-sharoitlar ushbu nazariyani kelib chiqishiga asos bo`lgan. Ushbu nazariya 
asoschilari vaqti kelib muomiladagi metal pullar o`rnini qog`oz pullar egallashi va bu 
jarayonning qonuniyligini tushunib yetmaganlar.Ular savdo burjuaziyasi manfaatlarini 
himoya kilgan.
Nominallik nazariyasi XVII-XVIII-asrlarda Angliyada paydo bo`lgan. Bu 
nazariyaning namoyondalari bo`lib ingliz ruhoniysi Dj.Berkli (1683-1775 y.) va iqtisodchi 
Dj.Styuart (1712-1780 y.) lar hisoblanadi. Keyinchalik bu nazariyani Germaniyalik G.Knapi 
(1842-1926 y.), ingliz iqtisodchilari J.Styuart va N.Barbonnilar davom ettirishgan.
Nominalistlar: 


a) Pulni davlat bunyodga keltiradi, pulni qiymati davlat tomonidan aniqlanadi. (shuning 
uchun uni davlat pul nazariyasi ham deb yuritiladi – G.Knapi). 
Pulni qiymati unda ko`rsatilgan nominali bilan aniqlanadi. Ular to`la vaznga ega bo`lgan 
muomiladagi metal pullar borgan sari ma`lum qismi eskirib yo`qolib borishini unutadilar. 
Ular pulning barcha tovarlar qiymatini o`zida aks ettiruvchi umumiy ekvivalent sifatidagi 
tabiatini tushunmadilar. Pulni tarkibi undagi oltin gramm bilan belgilanishini unutdilar. Ular 
pulning o`ziga xos qonuniyatlar asosida harakat qilishi va bu qonuniyatlar inson tomonidan 
bevosita boshkarilmasligini anglab yetmadilar.
Miqdoriylik nazariyasining boshlovchisi bo`lib fransuz J.Boden (1530-1596 y.) 
hisoblanadi va u XVI-XVIII –asrlarni o`z ichiga oladi. XVIII – asrga kelib bu nazariyani 
inglizlar D.Yum (1711-1786 y.), Dj.Mill (1773-1836) hamda fransuz Sharl Monaskyo 
(1689-1755 y.) rivojlantiradi. 
Bu nazariyaning asosini yangi qit`alarni kashf etilishi va ulardan Yevropaga qimmatli 
metallarni oqib kelishi va shu bilan bog`liq ravishda narx-navoning keskin oshib ketishi 
tashkil etadi. 
Ushbu nazariya namoyondalarining fikricha: 
- Pulning xarid qobiliyati bozorda o`rnatiladi. 
- Muomilada emissiya qilingan barcha pullar yuradi. 
- Pulning xarid quvvati muomiladagi pul miqdoriga teskari proporsionaldir. 
- Baholar darajasi pul miqdoriga to`g`ri proporsionaldir. 
Bu nazariyani miqdoriylik deyilishiga sabab J.Boden baholarni o`zgarishi 
muomiladagi pul miqdori bilan aniqlanadi deb tushuntirdi. 
Bu nazariya pulni faqat muomila vositasi ekanligini ko`ra oladi. Ularning 
ta`kidlashicha pul va tovar massalarining to`qnashishi natijasida baholar belgilanadi va 
pulning qiymati aniqlanadi. 
Ularni yana bir xatosi shundaki, ular hamma pul massasi faqat muomilada bo`ladi deb 
qarashgan. Aslida muomilaga zarur bo`lgan pul miqdori pul muomilasi qonuniga binoan 
aniqlanadi. 
Monitarizm nazariyasi hozirgi zamon nazariyalaridan biri bo`lib 1950 yillar o`rtasida 
paydo bo`lgan. Bu nazariyaning yirik namoyondasi bo`lib Chikago Universitetining 


professori, iqtisod sohasida Nobel mukofoti lauriati M.Fredman hisoblanadi. Bu oqim 
tarafdorlariga K.Brunner, A.Molser, D.Leydler, F.Keygen va boshkalar kiradi. 
Bu nazariya ham aslida miqdoriylik nazariyasini targ`ib etgani holda, miqdoriylik 
nazariyasi bo`yicha yuqorida qayd etilgan g`oyalarga quyidagilarni qo`shimcha ravishda 
tavsiya etadi: 
 
Bank foizi darajasi 
 
Inflyatsiya sur`atlari muomiladagi pul miqdoriga ta`sir etadi deb ta`kidlashadi. 
Ularga binoan: 
1. foiz darajasi pasaysa qarzga oluvchi ko`payadi, ishlab chiqarish kengayib 
daromadlar oshadi va u pul miqdorini oshishiga olib keladi va aksincha. 
2. inflyatsiya pul miqdorini to`g`ridan-to`g`ri oshiradi. 
Ularning fikricha iqtisodiyotni tartiblash uchun pul miqdorini o`zgartirib uni normal 
holga keltirish zarur, bu ishni Markaziy bank amalga oshirishi kerak deydi. Ular 
iqtisodiyotga amaliy jihatdan yondashib pul massasini yiliga o`rtacha 3 % oshirishni tavsiya 
etishadi. O`zbekistonda 2004-yilda inflyatsiya darajasi 3,7 foizni, 2005 yilda 7,8 foizni, 2006 
va 2007 yillarda 6,8 foizni tashkil etgan. Bu ko`rsatkich 2005 yilda Rossiyada 10,8 foiz, 
Ukrainada 10,3 foiz bo`lgan. 
XIX – asrning ikkinchi yarmiga kelib nemis iqtisodchisi K.Keyns (1821-1898 y.) 
metallik nazariyasini himoya kilib chiqib (Germaniya) uni yangi sharoitga mosladi. U pul 
sifatida fakatgina metalni emas, balki markaziy bank banknotalarni ham e`tirof etdi. Keynsni 
fikricha pul muomilasi metal bilan ta`minlangan banknot (Markaziy bank tomonidan 
veksellarni hisobga olish yo`li bilan chiqarilgan – vekselni bir turi) va metal monetarlarga 
asoslanishi shart. 
Bu nazariyalardan tashqari pulni mehnat nazariyasining moxiyati pulni qiymati 
boshka tovarlar kabi sarflangan mehnat xarajati bilan o`lchanadi – umumiy ekvivalent 
sifatida.
Bulardan tashkari pulni oltin tanga, quyma oltin va oltin deviz standartlari kabi 
oqimlari mavjud. 


Xulosa 
Oltin tanga standarti (oltin monometalizmi) XVII – asrda Angliyada, XIX – asrda 
boshka mamlakatlarda joriy etilgan. Bu metallik nazariyasining bir yo`nalishi bo`lib 
inflyatsiyani inkor etadi. Bu tizim birinchi jahon urushigacha hukm surdi. 
Qo`yma oltin standarti – 1920 yillarga to`g`ri kelib u oltin tangadan farq qilib, 
muomiladagi banknotalar 12-12,5 gramm oltin qo`ymalariga almashtirilgan. Unga 
aylantirish uchun Angliyada 1700 F.Sterling, Fransiyada 215 ming frank talab kilingan. Bu 
bilan oltin muomiladan xalqaro aylanuvga chiqarildi. Ichki aylanishda esa bunday 
imkoniyatga faqatgina yirik firmalar va puldorlar ega bo`ldilar. 
Oltin deviz standarti. Qo`yma oltin standartiga kirmagan mamlakatlar o`z kredit 
pullarini oltin standartga kiruvchi mamlakatlarning valyutalariga almashtirilgan. Bu bir 
mamlakat valyutasini ikkinchi mamlakat valyutasiga bog`liqlikni keltirib chikarib oltin
deviz nomini oldi.
Buning shartlaridan biri AQSH dollarigagina oltin bilan almashtirilishi bu 
standartdan foydalanish huquqini faqatgina chet el emission banklari uchungina saqlab 
qolingan edi. 1971 yil dekabridan AQSH dollarini oltin pariteti bekor qilinishi bilan u o`z 
kuchini yo`qotdi.


Foydalanilgan adabiyotlar: 

Download 233.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling