Pulning miqdoriylik nazariyasi


J.M.Keynsning "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi"(1936) nomli asosiy asari nashr etilgach, “G‘arb iqtisodchilari" yangi "iqtisodiy fan,"keynschilik inqilobi“ haqida gapira boshladilar


Download 15.6 Kb.
bet5/6
Sana22.11.2023
Hajmi15.6 Kb.
#1794050
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishiga slayd

J.M.Keynsning "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi"(1936) nomli asosiy asari nashr etilgach, “G‘arb iqtisodchilari" yangi "iqtisodiy fan,"keynschilik inqilobi“ haqida gapira boshladilar.

Nazariya inqiroz hodisalarini bartaraf etish, to‘liq bandlikka erishish va iqtisodiy o‘sish sur'atlarini oshirish maqsadida iqtisodiyotga davlatning aralashuvi g‘oyasiga asoslandi.

  • U pulning davlat nazariyasi tarafdori edi.
  • Oltin standartini esa o‘tmish, ya'ni eskirgan tizim deb qaradi.
  • Oltin standarti yalpi talabni va to‘liq ish bilan bandlikka to‘sqinlik qiluvchi vosita sifatida qaradi.
  • J.M.Keyns iqtisodiyotni rivojlantirish va inqirozdan chiqarishda monetar siyosatdan ko‘ra fiskal siyosatni afzal ko‘rgan.

Keynschilar maktabi vakillari fikricha

➢ Keynschilar maktabi vakillari iqtisodiyotni rivojlantirishda

➢ davlatning o‘rni katta ekanligini ta'kidlashadi.

➢ Davlat iqtisodiy siyosati iqtisodiyotning nobarqarorligini

➢ yoqotishda katta xissa qo‘shadi degan fikrda.

➢ Iqtisodiyotdagi nobarqarorlik turli ta'sirlarga mos ravishda mehnat bozorining moslashmasligi (egiluvchan emasligi), ish xaqilarning aniq belgilanganligi va narx darajasining elastik emasligida deb biladi.

➢ Fiskal siyosatning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyatini yuqori baholaydi. Ularning fikricha davlat xarajatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yalpi talabga ta'sir ko‘rsatadi hamda mul'tiplikativ effekt orqali aholi iste'moliga ta'sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga soliqlar aholi iste'moliga va korxonalarning investision xaradatlariga juda samarali ta'sir ko‘rsatadi.

Kembrij maktabi vakillarining qarashlari

I. Fisher ta’limotidan farqli o‘laroq, odamlaming qo‘llarida pul ushlab turishlariga asos bo‘luvchi pulning ikki xususiyatini ajratib ko‘rsatishadi Birinchidan, pulning almashuv vositasi ekanligi. Subyektlar bitimlami amalga oshirayotgan vaqtlarida pul almashuv vositasi sifatida amal qiladi. Kembrij maktabining vakillari Fisheming pulga bo‘lgan talab bitimlar hajmiga bog‘liq va pulning bitimlami amalga oshirishi uchun talabi nominal YalMga proporsional ekanligi to‘g‘risidagi fikriga qo‘shiladilar. Ikkinchidan, pul boylikni saqlash vositasi: Modomiki, pul boylikni saqlash vositasi ekan, pulga bo‘lgan talab ushbu boyliklar miqdoriga ham bog‘liq degan fikmi ilgari suradi. Boyliklaming oshishi bilan subyektlarda ulami har xil aktivlarga joylashtirish zamriyati tug‘iladi. Natijada, Kembrij maktabining olimlari pulga bo‘Igan talab nominal YalMga proporsional degan xulosaga kelishdi.


Download 15.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling