Oltin tanga standarti (oltin monometalizmi) XVII – asrda Angliyada, XIX – asrda boshka mamlakatlarda joriy etilgan. Bu metallik nazariyasining bir yo’nalishi bo’lib inflyasiyani inkor etadi. Bu tizim birinchi jahon urushigacha hukm surdi.
Qo’yma oltin standarti – 1920 yillarga to’g’ri kelib u oltin tangadan farq qilib, muomiladagi banknotalar 12-12,5 gramm oltin qo’ymalariga almashtirilgan. Unga aylantirish uchun Angliyada 1700 F.Sterling, Fransiyada 215 ming frank talab kilingan. Bu bilan oltin muomiladan xalqaro aylanuvga chiqarildi. Ichki aylanishda esa bunday imkoniyatga faqatgina yirik firmalar va puldorlar ega bo’ldilar.
Oltin deviz standarti. Qo’yma oltin standartiga kirmagan mamlakatlar o’z kredit pullarini oltin standartga kiruvchi mamlakatlarning valyutalariga almashtirilgan. Bu bir mamlakat valyutasini ikkinchi mamlakat valyutasiga bog’liqlikni keltirib chikarib oltin deviz nomini oldi.
Buning shartlaridan biri AQSh dollarigagina oltin bilan almashtirilishi bu standartdan foydalanish huquqini faqatgina chet el emission banklari uchungina saqlab qolingan edi. 1971 yil dekabridan AQSh dollarini oltin pariteti bekor qilinishi bilan u o’z kuchini yo’qotdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |