Pulning mohiyati, o’ziga xos xususiyatlari va zaruriyligi Iqtisodiyotning rivojlanishida pulning roli


Pulning barqarorligini ta’minlash usullari


Download 55.35 Kb.
bet7/10
Sana13.01.2023
Hajmi55.35 Kb.
#1090540
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Pulning mohiyati, o’ziga xos xususiyatlari va zaruriyligi

4. Pulning barqarorligini ta’minlash usullari.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul unga yuklatilgan vazifalarni bajargandagina u iqtisodiyotni barqaror ushlab turishga va taraqqiy ettirishga xizmat qiladi.


Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov 1995 yil 21-dekabrda Oliy Majlisning IV – sessiyasida ta’kidlaganidek – Bugungi eng muhim vazifa valyutamiz baquvvat, dunyoda obro’li valyutaga aylantirishdir, u yuksak qiymatga va katta kuchga ega bo’lishi lozim. So’mni barqaororligini ta’minlash va qadrini oshirish umummilliy vazifa. Respublikamizdagi barcha fuqarolarning farovonligi ana shu vazifani hal etilishiga bog’liq. Aslini olganda bu iqtisodiy vazifagina emas, hozirgi paytda ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik vazifaga aylanmoqda, chunki iqtisodiyotning yuksalishi ham, aholi turmush darajasi ham, davlatning obro’-e’tibori ham shu vazifaning bajarilishiga bog’liq. Hisob-kitoblarimiz hamda bu vazifani hal etish uchun barpo qilingan va to’plagan salohiyatimiz hozir o’z oldimizga ana shunday vazifani qo’yishimiz va uni bajarishimiz mumkinligini ko’rsatmoqda. Buni uchun nima qilmoq kerak?:
Birinchi navbatda so’mning xarid quvvatini oshirish uchun iste’mol bozorini kerakli mollar bilan to’ldirish, axolini ehtiyojlarini qondiradigan va xorijdan keltiriladigan mollar bilan raqobat qila oladigan o’z mahsulotimizni ishlab chiqarishga zo’r berish zarur bo’ladi.
Ikkinchidan, yangi yilda valyuta zaxiralarini ko’paytirish choralarini ko’rishimiz lozim. Buning uchun respublikamizning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, korxonalarning eksport qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish, jahon bozoridan mustahkam joy olish jarayonlarini chuqurlashtirish lozim. Eksport qilinadigan mollarni butun choralar bilan ko’paytirish va shu hisobdan valyuta tushumini oshirish uchun o’zimizga bog’liq bo’lgan hamma ishimizni qilishimiz kerak.
Uchinchidan, yoqilg’i-energiya manbalarini, ko’pgina uskuna va oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan sotib olishni kamaytirish, ularni o’zimizda ishlab chiqarilgan mahsulot bilan almashtirish, tashqi savdo balansini mustahkamlashning muhim jihatidir. Bu jarayon energiya manbalari va asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan sotib olishni eng kam zarur miqdorga qadar kamaytirishga olib borishi lozim.
To’rtinchidan, kapital bozorining barcha vositalaridan foydalangan holda O’zbekistonning qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirgan holda, aholi mablag’larining, shuningdek korxonalarning vaqtincha erkin mablag’larini jalb etish bo’yicha amalga oshirayotgan ishlarimizni tubdan qayta ko’rib chiqishimiz zarur...
Belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, almashuv kursini barqarorlashtirish, milliy valyutani mustahkamlashda o’z samarasini ko’rsatishi lozim.
Milliy valyutamizni mustahkamlash va uning erkin muomiladagi quvvatini oshirish ikkinchi ustivor vazifa – pul qadrsizlanishining keskin ravishda kamaytirish bilan bevosita bog’liqdir.
Pulning barqarorligi deganda pulning sotib olish qiymatining o’zgarmasligi va valyuta doimiyligi tushuniladi.
Shunga asosan uni sotib olish qobiliyati unga to’g’ri keladigan tovar va xizmatlarning miqdori bilan, pulga bo’lgan talab va taklifni muvozanati bilan, davlat byudjeti taqchilligining holati bilan, inflyasiyaga karshi ko’riladigan choralarga ko’p jihatdan bog’liq.
Respublikamiz hukumati tomonidan pul barqarorligini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan pul-kredit va monetar siyosati keyingi yillarda iqtisodiyotni yanada barqarorlashuvini ta’minlashdagi o’rni quyidagi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlardan ham ko’rinadi:



Ko’rsatkichlar

2003 y.

2005 y.

2006 yil (reja)

Yalpi ichki mahsulot, mlrd so’m

9664,1

15210

18263

O’tgan yilga nisbatan, %

104,4

107,0

107,2

Davlat byudjeti taqchilligi, %

-0,4

+0,1

-1,5

Tashqi savdo ijobiy balansi, mln $.

760,0

1317,5

1445,0




  1. Download 55.35 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling