Pulning nominallik nazariyasi


 Qiymatni oddiy yoki tasodifiy shakli


Download 416.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana14.04.2023
Hajmi416.93 Kb.
#1358120
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
PULNING NOMINALLIK NAZARIYASI 1

1. Qiymatni oddiy yoki tasodifiy shakli. 
Bu tovar ishlab chiqarishning dastlabki davriga to’g’ri kelib tovarlar pulsiz bir-
biriga bevosita ayirboshlangan. Bunda mahsulot ayriboshlash uchun ishlab 
chiqarilmagan, lekin uni ortikchasi tasodifiy shaklda ayirboshlangan. Tasodifiy 
ayirboshlash 
mehnat 
mahsulotining 
tovarga 
aylanganligini 
ifodalaydi. 
Ayriboshlash natijasida tovar mahsuloti o’ziga teng qiymatli ekvivalent 
mahsulotga ayriboshlanadi. Ayriboshlash jarayonida iste’molni qondirish birinchi 
darajali masala, tovarlar qiymatini taqqoslash esa ikkinchi darajali masala sifatida 
qaralgan. Masalan, 1 bolta = 20 kg don. 


8. Qiymatning to’la yoki kengaygan shakli 
 
Tovar ayriboshlash rivojlanishi bilan tasodifiy qiymat shaklidan to’la yoki 
kengaytirilgan shakliga o’tilgan. Bunday ayriboshlashda bir tovarga qarama-qarshi 
faqat bitta tovar emas, balki bir nechta tovarlar ishtirok etadi. Masalan, 
Sudanliklarda
10-15 bosh qo’y 
10 Qop tuz
20-30 bosh echki 
2 bosh buqaga ayirboshlangan.
Bunda o’z qiymatini boshqa tovarga ayirboshlanayotgan tuz nisbiy qiymat 
shaklida, qolganlari, ya’ni qo’y, echki va buqa esa qiymatni o’zida ifoda etuvchi 
material bo’lib xizmat qiladi va ularning qiymati ekvivalent qiymat shaklida turadi. 
9. Qiymatning umumiy shakli 
Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan ayirboshlanadigan mahsulotlar soni ham 
ortib boradi va ayirboshlashda murakkab holat vujudga keladi. biror bir tovar 
sohibi ushbu tovarni o’zining iste’moliga zarur bo’lgan boshqa bir tovarga 
ayirboshlanishi uchun avvalom bor o’zining tovariga ehtiyoji bo’lgan boshqa bir 
iste’molchini topmog’i kerak bo’ladi, ayirboshlash murakkablashib uning 
rivojlanishiga to’sqinlik qiladi.
Asta-sekin tovarlar orasida hamma tovarlarga ayirboshlanaoladigan va 
hamma tovarlar qiymatini o’zida ifoda eta oladigan maxsus tovar ajralib chiqadi. 
Tovarlar dunyosidan chiqqan maxsus tovar qolgan barcha mahsulotlar uchun 
umumiy ekvivalentga aylanadi. 


XULOSA 
Pulni kelib chikishining asoslari. Pulning mohiyati va xususiyatlari. Pulning 
qiymati va iste’mol qiymati. Pulni paydo bo’lish tarixi. Pulni paydo bo’lishi va 
qiymatning shakllari. Pul taraqqiyotining bosqich va shakllari. Qimmatli metallarni 
pul vazifasini bajarishining sabablari. Qog’oz pullar muomilasini tashkil etishda 
ayrim shaxslarning o’rni. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pulning ahamiyatini 
oshishining sabablari. Pulning funksiyalari va ularning o’zaro bog’liqligi. 
Iqtisodiyotni rivojlantirishda pul barqarorligini ta’minlashni o’rni. Pul to’g’risidagi 
metallik, nominallik, miqdoriylik va monitarizm nazariyalari hamda oltin tanga 
standarti, qo’yma oltin standarti va oltin deviz standarti va boshqa oqimlar.




XULOSA 
Shuning uchun metall pul muomalasining evolyutsiyasi ingotlar og'irligi va 
nozikligi bilan markalana boshlaganiga olib keldi va keyinchalik har bir 
muomalada ularni tarozida tortish kerak emas, chunki ularning vazni nufuzli 
savdogar markasi bilan tasdiqlangan. Ushbu jarayondan asta-sekin ma'lum 
miqdordagi metall bo'lgan tanga paydo bo'ldi, unga ma'lum bir shakl berilgan va 
vazni va nozikligini tasdiqlovchi shtamp o'rnatilgan. Bu pullar davlatlarning pul 
birliklari sifatida suveren pul tizimlarining birinchi, asosiy elementiga aylandi, 
garchi O'rta asrlarda nafaqat suveren podshohlar, balki yirik feodallar, nufuzli 
savdogarlar va bankirlar o'z tangalarini zarb qilish huquqiga ega edilar. 
Metall pul tizimlari juda uzoq vaqt davomida mavjud bo'lgan, shuning uchun juda 
ko'p turli xil shakllar paydo bo'lgan. 



Download 416.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling