Pulning nominallik nazariyasi


Download 416.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/13
Sana14.04.2023
Hajmi416.93 Kb.
#1358120
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
PULNING NOMINALLIK NAZARIYASI 1

PUL NAZARIYALARI 
Reja: 
1. Pul nazariyasi. Pulning asosiy xususiyatlari
2. Pulning metal nazariyasi, pulning nominal nazariyasi.
3. Pulning funksiyalari
4. Pul miqdoriy nazariyasi. Pul muomalasi muammosi 
5. Zamonaviy pul massasining tashkiliy tuzilishi 


Pul nazariyasi. Pulning asosiy xususiyatlari 
Har bir iqtisodiy kategoriya amal qiluvchi mamlakat rivojlanishining Asosiy 
dastaklaridan biri pul bo‘lib, bozor iqtisodiga o‘tish va unda ishtirok etishda uning 
roli va ahamiyati yana oshib boradi. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar 
bahosi, to‘lovlar, daromadu harajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, 
iqtisodiy aloqalar makro va mikro darajalarda faqat pulda ifoda qilinadi. Bozor 
iqtisodiga o‘tish sharoitida pulni ahamiyatining oshishi shundaki, jamiyatimizda 
mavjud huquqiy va jismoniy shaxslar faoliyati va ularning natijasi-daromadi pul 
bilan bog‘liq. Shuning uchun ham pul barcha iqtisodiy rivojlanish pog‘onalarida 
odamlarni o‘ziga jalb qilib kelgan. Avstraliyalik iqtisodchi olim K. Mengerning 
fikricha Aristotel va Platondan boshlab XX asrning boshigacha pul to‘g‘risida 
jahonda besh-olti mingdan ortiq maxsus ishlar chop qilingan. Agar biz hozirgi 
kunda pul to‘g‘risida yozilgan va chop qilingan adabiyotlar soni bir necha marta 
oshib ketgan desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Tadqiqotlar shunchalik ko‘p 
bo‘lishiga qaramasdan pul va uning xususiyatlari, har bir tizimda ishlatilishi, o‘rni, 
iqtisodga ta’siri, nega alohida olingan individumlar qo‘lida pulning ko‘payishi 
ularning boyligining ko‘payishiga olib keladi-yu, jamiyat miqyosida muomaladagi 
pul massasining ko‘payishi jamiyat boyligi ortib borishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi 
degan savollarga hali to‘liq javob berilgan emas. 
Pul va uning vazifalari to‘g‘risida mavjud xorijiy mamlakatlar iqtisodchilarning 
qullanmalarini olib qaraydigan bo‘lsak, pulning kelib chiqishi to‘g‘risida ikki xil 
g‘oya mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. Bular ratsionalistik va evolyutsion 
g‘oyalardir. 
Ratsionalistik qarashning asoschilaridan biri Aristotel bo‘lib, u pul kelib 
chiqishining asosini o‘zaro bir-biriga teng qiymatni harakatga keltiruvchi biror bir 
maxsus “kurol”, kishilar orasida o‘zaro kelishuv natijasida qabul qilingan shartli 
birlikning topilishi ayirboshlash jarayonining bo‘lishiga olib kelgan deydi. O‘zaro 
tovarlarni almashtirishga pul qatnashganida tovarni sotish jarayoni tovarni sotib 
olish jarayoni sifatida yuzaga kelgan. Tovarlar o‘rtasidagi proporsiya tasodifan, 


masalan, sotilishi kerak bo‘lgan maxsulotga talab kay darajada va uning 
miqdorining kam yoki ko‘pligiga bog‘liq holda o‘rnatilgan. Keyinchalik shu 
tovarlar ichidan umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi ba’zi tovarlar ajralib chiqdi. 
Jamiyatning rivojlanishi muomalaga metallarning kirib kelishiga olib keladi. 
Rivojlanishning birinchi bosqichlarda bular mis, bronza, temir bo‘lib almashinuv 
T-P-T shaklida olib borilgan. XVIII asrlarning oxirigacha pul tomonlar o‘rtasidagi 
shartnoma vositasi deb karab kelingan. Xozirgi vaqtda ham ba’zi chet el olimlari, 
masalan, Pol Samuelson pulni sun’iy sotsial shartlashish belgisi deb izohlagan. 
Boshqa amerikalik olim Jon Ge-toreit qimmatbaho metallarning pul vazifasini 
bajarishi bu kishilar o‘rtasidagi kelishuvning mahsulidir deb uqtirmoqda. 
O‘zok yillar davomida sobik SSSRda pul va pul muomalasi sohasidagi tadqiqotlar 
K.Marksning ta’limoti asosida olib borildi. Pulning kelib chiqishini tadqiqot 
qilishda, albatta K.Marksning xizmati katta. U.A. Smit,
D. Rikardolarning tadqiqotlariga asoslangan holda pulning mohiyatini aniqroq 
ifodalab berdi. Pulning o‘zi ham tovar ekanligini, pulning kelib chiqishi 
bosqichlarini izohlab bera oldi. U oltin va kumush qazib olish va ishlatish uchun 
ma’lum mehnat sarflanadi, shu mehnat oltin va kumushda gavdalangan holda, 
boshqa tovarlarning qiymatini o‘lchashning asosi bo‘lib xizmat qiladi deb 
ko‘rsatgan. Hozirgi vaqtda yuqoridagiga o‘xshagan real pullar o‘rniga o‘z 
qiymatiga ega bo‘lmagan qog‘oz va kredit pullar muomalada ishlatilmoqda. 
Shuning uchun, qog‘oz va kredit pullar, pul kelib chiqishi to‘g‘risidagi 
ratsionalistik konsepsiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri isboti bo‘la olmaydi. Qog‘oz pullar 
yuzaga kelguncha jamiyat bir necha rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tgan. 
Pulning kelib chiqish tarixi pulning evolyutsion nazariyasi bilan ko‘proq bog‘liq. 
Tovar muomalasining evolyutsion rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent 
shaklini har xil tovarlar uynagan. Har bir jamoa o‘z tovarini ekvivlent sifatida 
o‘rtaga qo‘ygan. Lekin jamiyat taraqiyoti shu tovarlar ichidan ikki guruh 
tovarlarning ajralib chiqishiga olib keldi. Bular ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan 
tovarlar va zebu-ziynat tovarlaridir. 


Ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida dehkonchilik va chorvachilikdagi 
mexnat taqsiymoti, tovar turlarining ko‘payishi almashinuv jarayonining yana 
rivojlanishini taqozo qiladi. Almashuv jarayonida tovar egalari o‘zaro muloqatda 
bo‘lib, tovarning egasi o‘z maxsulotini (mulkini) baholagan. Shu baholash jarayoni 
biror o‘lchov birligi bo‘lishini taqazo qilgan. 
K.Marks pulni «pul - bu tovarlarning tovari» deb ifodalagan va uning quyidagi 
xususiyatlarini izohlab bergan. Birinchidan, pulning iste’mol qiymatida boshqa 
tovarlarning qiymati o‘z ifodasini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq 
mehnatning asosini abstrakt mehnat tashkil qiladi. Uchinchidan, pulda 
ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo‘ladi. 
Shunga asoslangan holda pul ham tovar, lekin boshqa tovarlardan farq qiluvchi 
xususiyatlarga ega bo‘lgan, maxsus tovardir degan xulosaga kelish mumkin. Uning 
maxsus tovar sifatida xususiyati shundaki, u barcha tovarlarning qiymatini o‘zida 
ifoda qiluvchi, umumiy ekvivalent hisoblanadi, 
Umumiy ekvivalent rolini o‘zoq yillar davomida oltin bajarib kelgan bo‘lsada, 
tovar xujaligining va pul muomalasining rivojlanishi qog‘oz pullar, boshqa kredit 
vositalari, yuzaga kelishiga, kredit va pul mablag‘larining bankda bir schyotdan 
ikkinchi schyotga o‘tkazilishi kabi jarayonlar bo‘lishiga olib kelgan. Pul qanday 
shaklda bo‘lishidan kat’iy nazar u pul bo‘lib qoladi. Yuqoridagilarga asoslangan 
holda pulning mohiyatini quyidagicha ta’riflashimiz mumkin. Pul - bu maxsus 
tovar, umumiy ekvivalent bo‘lib, abstrakt mehnat harajatlarini o‘zida aks ettiradi 
va tovar xo‘jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. 
Bu ta’rif pulning barcha xususiyatlarini o‘zida to‘liq ifodalaydi deb aytishimiz 
mumkin. Bular, birinchidan; pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus 
tovarligi; ikkinchidan - pul bu umumiy ekvivalent - yagona tovar bo‘lib, qolgan 
tovarlarning qiymatini o‘zida ifoda qilishi, (boshqa xoxlagan bir tovar bu 
xususiyatga ega bo‘la olmaydi); uchinchidan, pulning ekvivalent sifatida tovarni 
yaratishga ketgan mehnat va boshqa harajatlarini o‘zida ifoda kilishi; turtinchidan, 


pulning har bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda kishilar o‘rtasida
yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarini ifoda qilishi va boshqalardir. 
Pul to‘g‘risidagi evolyutsion nazariya uning o‘lchov birligi va muomala vositasi 
ekanligini ochib beradi. 
Chet el iqtisodchilari pulning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyati va 
ahamiyatiga kam e’tibor berishgan. Shuning uchun chet el iqtisodchilari uni 
chetlab o‘tishgan. 50-yillardagi darsliklarning avtorlari pulning bu sifatidan ko‘ra 
uning iqtisodga, ishlab chiqarish va bandalik, moddiy boyliklar va ulardan 
foydalanishga ta’sirini o‘rganish muhimroqdir deb hisoblashgan va ko‘p chet el 
olimlari shu yunalishda ish olib borishgan. Xozirgi vaqtda pul to‘g‘risida bizda 
mavjud chet el adabiyotlarida kurilgan manbalar bu fikrimizning isboti bo‘lishi 
mumkin. Haqiqatda ham bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida pulning zarurligi, 
mohiyatini tadqiqot kilishdan ko‘ra pulning iqtisodga, ishlab chiqarishga, 
bandalikka ta’sirini tadqiqot qilish jamiyatimiz uchun ahamiyatliroq deb uylaymiz. 
Pulning metal nazariyasi, pulning nominal nazariyasi.
Pulning metallik nazariyasi kapitalning dastlabki davrida tarakiy etdi. Moneta 
tarkibini bo‘zish (monetaning ogirlik miqdorini kamaytirish) ga karshi ko‘rashda 
progressiv rol uynadi. Bu nazariyalar o‘sha davr ruhi va to‘zilayotgan burjuaziya 
ehtiyojlarini aks ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullari tarfdori bo‘lib 
chiqdilar. Bu nazariya o‘sha davr kapitalizmining eng rivojlangan davlati 
Angliyada maydonga keldi. Metallik nazariyaning asoschilaridan biri U.Stefford 
(1554-1612Y.) edi. U o‘z qarashlarini o‘zining Londonda 1581 yilda chop etilgan 
“Vatandoshlarimizning ba’zi odatiy arizalarining qisqartmasi” asarida bayon etdi. 
Bu oqim tarafdorlari Angliyada T.Men (1571-1641Y.), D.Nors (1641-1691Y.), 
Fransiyada bu ta’limotni A.Monkretyen (1575-1621Y.), Italiyada F.Tamani (1728-
1787Y.) va boshqalar rivojlantirdi. 


Ularning fikricha barkaror metall valyuta jamiyat iqtisodiy tarakkiyotining
muhim shartlaridan biridir. Jamiyat a’zolarining jamg‘arishga bo‘lgan .intilishi 
iqtisodchilarning boylikning manbaini urganishlariga sabab buladi. Ular bu 
manbani savdodan izladilar. Ularning e’tirof etishlaricha aktiv savdo balansi 
mamlakatga oltin va kumushning kelishini ta’milaydi. 


XULOSA 
Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to‘lovlar, daromadu 
harajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va mikro 
darajalarda faqat pulda ifoda qilinadi. Bozor iqtisodiga o‘tish sharoitida pulni 
ahamiyatining oshishi shundaki, jamiyatimizda mavjud huquqiy va jismoniy 
shaxslar faoliyati va ularning natijasi-daromadi pul bilan bog‘liq. Shuning uchun 
ham pul barcha iqtisodiy rivojlanish pog‘onalarida odamlarni o‘ziga jalb qilib 
kelgan. Avstraliyalik iqtisodchi olim K. Mengerning fikricha Aristotel va 
Platondan boshlab XX asrning boshigacha pul to‘g‘risida jahonda besh-olti 
mingdan ortiq maxsus ishlar chop qilingan. Agar biz hozirgi kunda pul to‘g‘risida 
yozilgan va chop qilingan adabiyotlar soni bir necha marta oshib ketgan desak 
mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Tadqiqotlar shunchalik ko‘p bo‘lishiga qaramasdan pul 
va uning xususiyatlari, har bir tizimda ishlatilishi, o‘rni, iqtisodga ta’siri, nega 
alohida olingan individumlar qo‘lida pulning ko‘payishi ularning boyligining 
ko‘payishiga olib keladi-yu, jamiyat miqyosida muomaladagi pul massasining 
ko‘payishi jamiyat boyligi ortib borishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi degan savollarga 
hali to‘liq javob berilgan emas. 



Download 416.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling