Pulning nominallik nazariyasi
Download 416.93 Kb. Pdf ko'rish
|
PULNING NOMINALLIK NAZARIYASI 1
PUL NAZARIYALARI
Reja: 1. Pul nazariyasi. Pulning asosiy xususiyatlari 2. Pulning metal nazariyasi, pulning nominal nazariyasi. 3. Pulning funksiyalari 4. Pul miqdoriy nazariyasi. Pul muomalasi muammosi 5. Zamonaviy pul massasining tashkiliy tuzilishi Pul nazariyasi. Pulning asosiy xususiyatlari Har bir iqtisodiy kategoriya amal qiluvchi mamlakat rivojlanishining Asosiy dastaklaridan biri pul bo‘lib, bozor iqtisodiga o‘tish va unda ishtirok etishda uning roli va ahamiyati yana oshib boradi. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to‘lovlar, daromadu harajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va mikro darajalarda faqat pulda ifoda qilinadi. Bozor iqtisodiga o‘tish sharoitida pulni ahamiyatining oshishi shundaki, jamiyatimizda mavjud huquqiy va jismoniy shaxslar faoliyati va ularning natijasi-daromadi pul bilan bog‘liq. Shuning uchun ham pul barcha iqtisodiy rivojlanish pog‘onalarida odamlarni o‘ziga jalb qilib kelgan. Avstraliyalik iqtisodchi olim K. Mengerning fikricha Aristotel va Platondan boshlab XX asrning boshigacha pul to‘g‘risida jahonda besh-olti mingdan ortiq maxsus ishlar chop qilingan. Agar biz hozirgi kunda pul to‘g‘risida yozilgan va chop qilingan adabiyotlar soni bir necha marta oshib ketgan desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Tadqiqotlar shunchalik ko‘p bo‘lishiga qaramasdan pul va uning xususiyatlari, har bir tizimda ishlatilishi, o‘rni, iqtisodga ta’siri, nega alohida olingan individumlar qo‘lida pulning ko‘payishi ularning boyligining ko‘payishiga olib keladi-yu, jamiyat miqyosida muomaladagi pul massasining ko‘payishi jamiyat boyligi ortib borishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi degan savollarga hali to‘liq javob berilgan emas. Pul va uning vazifalari to‘g‘risida mavjud xorijiy mamlakatlar iqtisodchilarning qullanmalarini olib qaraydigan bo‘lsak, pulning kelib chiqishi to‘g‘risida ikki xil g‘oya mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. Bular ratsionalistik va evolyutsion g‘oyalardir. Ratsionalistik qarashning asoschilaridan biri Aristotel bo‘lib, u pul kelib chiqishining asosini o‘zaro bir-biriga teng qiymatni harakatga keltiruvchi biror bir maxsus “kurol”, kishilar orasida o‘zaro kelishuv natijasida qabul qilingan shartli birlikning topilishi ayirboshlash jarayonining bo‘lishiga olib kelgan deydi. O‘zaro tovarlarni almashtirishga pul qatnashganida tovarni sotish jarayoni tovarni sotib olish jarayoni sifatida yuzaga kelgan. Tovarlar o‘rtasidagi proporsiya tasodifan, masalan, sotilishi kerak bo‘lgan maxsulotga talab kay darajada va uning miqdorining kam yoki ko‘pligiga bog‘liq holda o‘rnatilgan. Keyinchalik shu tovarlar ichidan umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi ba’zi tovarlar ajralib chiqdi. Jamiyatning rivojlanishi muomalaga metallarning kirib kelishiga olib keladi. Rivojlanishning birinchi bosqichlarda bular mis, bronza, temir bo‘lib almashinuv T-P-T shaklida olib borilgan. XVIII asrlarning oxirigacha pul tomonlar o‘rtasidagi shartnoma vositasi deb karab kelingan. Xozirgi vaqtda ham ba’zi chet el olimlari, masalan, Pol Samuelson pulni sun’iy sotsial shartlashish belgisi deb izohlagan. Boshqa amerikalik olim Jon Ge-toreit qimmatbaho metallarning pul vazifasini bajarishi bu kishilar o‘rtasidagi kelishuvning mahsulidir deb uqtirmoqda. O‘zok yillar davomida sobik SSSRda pul va pul muomalasi sohasidagi tadqiqotlar K.Marksning ta’limoti asosida olib borildi. Pulning kelib chiqishini tadqiqot qilishda, albatta K.Marksning xizmati katta. U.A. Smit, D. Rikardolarning tadqiqotlariga asoslangan holda pulning mohiyatini aniqroq ifodalab berdi. Pulning o‘zi ham tovar ekanligini, pulning kelib chiqishi bosqichlarini izohlab bera oldi. U oltin va kumush qazib olish va ishlatish uchun ma’lum mehnat sarflanadi, shu mehnat oltin va kumushda gavdalangan holda, boshqa tovarlarning qiymatini o‘lchashning asosi bo‘lib xizmat qiladi deb ko‘rsatgan. Hozirgi vaqtda yuqoridagiga o‘xshagan real pullar o‘rniga o‘z qiymatiga ega bo‘lmagan qog‘oz va kredit pullar muomalada ishlatilmoqda. Shuning uchun, qog‘oz va kredit pullar, pul kelib chiqishi to‘g‘risidagi ratsionalistik konsepsiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri isboti bo‘la olmaydi. Qog‘oz pullar yuzaga kelguncha jamiyat bir necha rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tgan. Pulning kelib chiqish tarixi pulning evolyutsion nazariyasi bilan ko‘proq bog‘liq. Tovar muomalasining evolyutsion rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent shaklini har xil tovarlar uynagan. Har bir jamoa o‘z tovarini ekvivlent sifatida o‘rtaga qo‘ygan. Lekin jamiyat taraqiyoti shu tovarlar ichidan ikki guruh tovarlarning ajralib chiqishiga olib keldi. Bular ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan tovarlar va zebu-ziynat tovarlaridir. Ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida dehkonchilik va chorvachilikdagi mexnat taqsiymoti, tovar turlarining ko‘payishi almashinuv jarayonining yana rivojlanishini taqozo qiladi. Almashuv jarayonida tovar egalari o‘zaro muloqatda bo‘lib, tovarning egasi o‘z maxsulotini (mulkini) baholagan. Shu baholash jarayoni biror o‘lchov birligi bo‘lishini taqazo qilgan. K.Marks pulni «pul - bu tovarlarning tovari» deb ifodalagan va uning quyidagi xususiyatlarini izohlab bergan. Birinchidan, pulning iste’mol qiymatida boshqa tovarlarning qiymati o‘z ifodasini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq mehnatning asosini abstrakt mehnat tashkil qiladi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo‘ladi. Shunga asoslangan holda pul ham tovar, lekin boshqa tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan, maxsus tovardir degan xulosaga kelish mumkin. Uning maxsus tovar sifatida xususiyati shundaki, u barcha tovarlarning qiymatini o‘zida ifoda qiluvchi, umumiy ekvivalent hisoblanadi, Umumiy ekvivalent rolini o‘zoq yillar davomida oltin bajarib kelgan bo‘lsada, tovar xujaligining va pul muomalasining rivojlanishi qog‘oz pullar, boshqa kredit vositalari, yuzaga kelishiga, kredit va pul mablag‘larining bankda bir schyotdan ikkinchi schyotga o‘tkazilishi kabi jarayonlar bo‘lishiga olib kelgan. Pul qanday shaklda bo‘lishidan kat’iy nazar u pul bo‘lib qoladi. Yuqoridagilarga asoslangan holda pulning mohiyatini quyidagicha ta’riflashimiz mumkin. Pul - bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo‘lib, abstrakt mehnat harajatlarini o‘zida aks ettiradi va tovar xo‘jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. Bu ta’rif pulning barcha xususiyatlarini o‘zida to‘liq ifodalaydi deb aytishimiz mumkin. Bular, birinchidan; pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi; ikkinchidan - pul bu umumiy ekvivalent - yagona tovar bo‘lib, qolgan tovarlarning qiymatini o‘zida ifoda qilishi, (boshqa xoxlagan bir tovar bu xususiyatga ega bo‘la olmaydi); uchinchidan, pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mehnat va boshqa harajatlarini o‘zida ifoda kilishi; turtinchidan, pulning har bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda kishilar o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarini ifoda qilishi va boshqalardir. Pul to‘g‘risidagi evolyutsion nazariya uning o‘lchov birligi va muomala vositasi ekanligini ochib beradi. Chet el iqtisodchilari pulning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyati va ahamiyatiga kam e’tibor berishgan. Shuning uchun chet el iqtisodchilari uni chetlab o‘tishgan. 50-yillardagi darsliklarning avtorlari pulning bu sifatidan ko‘ra uning iqtisodga, ishlab chiqarish va bandalik, moddiy boyliklar va ulardan foydalanishga ta’sirini o‘rganish muhimroqdir deb hisoblashgan va ko‘p chet el olimlari shu yunalishda ish olib borishgan. Xozirgi vaqtda pul to‘g‘risida bizda mavjud chet el adabiyotlarida kurilgan manbalar bu fikrimizning isboti bo‘lishi mumkin. Haqiqatda ham bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida pulning zarurligi, mohiyatini tadqiqot kilishdan ko‘ra pulning iqtisodga, ishlab chiqarishga, bandalikka ta’sirini tadqiqot qilish jamiyatimiz uchun ahamiyatliroq deb uylaymiz. Pulning metal nazariyasi, pulning nominal nazariyasi. Pulning metallik nazariyasi kapitalning dastlabki davrida tarakiy etdi. Moneta tarkibini bo‘zish (monetaning ogirlik miqdorini kamaytirish) ga karshi ko‘rashda progressiv rol uynadi. Bu nazariyalar o‘sha davr ruhi va to‘zilayotgan burjuaziya ehtiyojlarini aks ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullari tarfdori bo‘lib chiqdilar. Bu nazariya o‘sha davr kapitalizmining eng rivojlangan davlati Angliyada maydonga keldi. Metallik nazariyaning asoschilaridan biri U.Stefford (1554-1612Y.) edi. U o‘z qarashlarini o‘zining Londonda 1581 yilda chop etilgan “Vatandoshlarimizning ba’zi odatiy arizalarining qisqartmasi” asarida bayon etdi. Bu oqim tarafdorlari Angliyada T.Men (1571-1641Y.), D.Nors (1641-1691Y.), Fransiyada bu ta’limotni A.Monkretyen (1575-1621Y.), Italiyada F.Tamani (1728- 1787Y.) va boshqalar rivojlantirdi. Ularning fikricha barkaror metall valyuta jamiyat iqtisodiy tarakkiyotining muhim shartlaridan biridir. Jamiyat a’zolarining jamg‘arishga bo‘lgan .intilishi iqtisodchilarning boylikning manbaini urganishlariga sabab buladi. Ular bu manbani savdodan izladilar. Ularning e’tirof etishlaricha aktiv savdo balansi mamlakatga oltin va kumushning kelishini ta’milaydi. XULOSA Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to‘lovlar, daromadu harajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va mikro darajalarda faqat pulda ifoda qilinadi. Bozor iqtisodiga o‘tish sharoitida pulni ahamiyatining oshishi shundaki, jamiyatimizda mavjud huquqiy va jismoniy shaxslar faoliyati va ularning natijasi-daromadi pul bilan bog‘liq. Shuning uchun ham pul barcha iqtisodiy rivojlanish pog‘onalarida odamlarni o‘ziga jalb qilib kelgan. Avstraliyalik iqtisodchi olim K. Mengerning fikricha Aristotel va Platondan boshlab XX asrning boshigacha pul to‘g‘risida jahonda besh-olti mingdan ortiq maxsus ishlar chop qilingan. Agar biz hozirgi kunda pul to‘g‘risida yozilgan va chop qilingan adabiyotlar soni bir necha marta oshib ketgan desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Tadqiqotlar shunchalik ko‘p bo‘lishiga qaramasdan pul va uning xususiyatlari, har bir tizimda ishlatilishi, o‘rni, iqtisodga ta’siri, nega alohida olingan individumlar qo‘lida pulning ko‘payishi ularning boyligining ko‘payishiga olib keladi-yu, jamiyat miqyosida muomaladagi pul massasining ko‘payishi jamiyat boyligi ortib borishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi degan savollarga hali to‘liq javob berilgan emas. Download 416.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling