Pulning paydo bo’lishi va mazmuni Pulning vujudga kelishi va zarurligi
Download 1.09 Mb.
|
PUL TIZIMI VA PUL MUOMALASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Qiymatning umumiy shakli
2. Qiymatning kengaytirilgan shakli. Qiymatning kengaytirilgan shakli jamiyatda mehnat taqsimotinmg vujudga kelish davri bilan bevosita bogiiq boiib, ushbu davrda, kishilar o‘rtasida ayirboshlash munosabatlari rivojlandi. Endi kishilar mahsulotning asosiy qismini ayirboshlash uchun ishlab chiqara boshladi. Natijada, ishlab chiqarish salmog'i ortib bordi, mahsulotlar tez - tez tovar sifatida ayirboshlash jarayonida ishtirok eta boshladi. Bitta tovar bir necha tovarga ayirboshlanadigan boldi. Ayirboshlash jarayonining vujudga kelishida, tomonlaming mafaatlari o‘zaro mos kelishi asosiy omil sifatida maydonga chiqdi.
Qiymatning kengaytirilgan shakli amal qilgan davrda ayrim tovar turlari, mehnat qurollari va mollar pulning vazifasini bajargan. Masalan, bir qop don = bitta qo‘y, bitta boltaga ayirboshlana boshladi. Albatta, mamlakatning geografik xususiyati va ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi, ular o‘rtasida pul vazifasini bajaradigan tovarlar va mahsulotlami ajralib chiqishiga sabab boldi. Masalan, AQSHda tamaki, Sharqiy Hindistonda qand, fil suyagi, Qadimgi Gretsiyada buqa, Shotlandiyada mix, Misrda mis, shuningdek don, tuz va jun kabi mahsulotlar umumekvivalent vazifasini bajara boshladi. 3. Qiymatning umumiy shakli. Bu sharoitda umumekvivalent sifatida e’tirof etilgan tovarlar eramizdan oldingi V - IV asrlarga qadar pul vazifasini bajardi. Qiymatning umumiy shakli davrida, ishlab chiqarish kengaydi va uning asosiy maqsadi barcha uchun zarur boigan tovami o‘zlashtirishga qaratildi. 8 Umumiy ekvivalent sifatida qo‘y, don, jun, qimmatbaho buyum va boshqalar e’tirof etildi, lekin ular o‘zining xossasidan kelib chiqqan holda uzoq vaqt umumekvivalent vazifasini bajarmadi. Chunki, ishlab chiqarishning rivojlanishi, kishilar o'rtasida iqtisodiy munosabatlami tezlashtirdi, bu sharoitda umumekvivalent vazifasini bajaradigan tovarlami olib yurish, saqlash va boshqa jarayonlar turli noqulaylik va qiyinchiliklami keltirib chiqardi. Buning qiyinchiligi shunda ediki, masalan, dehqon ustiga kiyadigan kiyim olish uchun to‘quvchiga donni taklif etsa, to‘quvchiga don emas, balki qo‘y zarurligini aytadi. Bunday paytda dehqon donni qo‘yga almashtirish va shundan so‘ng to‘quvchiga qo‘yni berib o‘ziga zarur bo‘lgan kiyimni olishi mumkin, ya’ni ayirboshlash jarayoniarida ishtirok etayotgan tomonlaming manfaatlari doimo ham bir - biriga mos kelmasligi oqibatida, turli qiyinchlik va ziddiyatli holatlar vujudga keldi. Buning natijasida, qiymatning pul shakli vujudga keldi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling