Pulning paydo bo’lishi va mazmuni Pulning vujudga kelishi va zarurligi
Qog‘oz pullarning muomalaga kiritilishi
Download 1.09 Mb.
|
PUL TIZIMI VA PUL MUOMALASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekistonda qog‘oz pullar
Qog‘oz pullarning muomalaga kiritilishi. Manbalarga ko‘ra, dastlabki qog‘oz pullar X asming oxiri XI asming boshlarida Xitoyda chiqarilgan. Xitoyda qog‘oz pullar muomalaga chiqishida mamlakatda qog‘ozning kashf etilganligi va bosma mashinalarining yaratilganligi muhim ahamiyat kasb etgan. Dastlab muomalaga chiqarilgan qog‘oz pullar «erkin tanga», keyinchalik «qimmatbaho qog‘oz tangalar» deb yuritildi, ular mamlakatda erkin aylanadigan toiov vositalari bolsada oltin yoki tovarlar bilan ta’minlanmagan edi.
Qog‘oz pullar kvadrat shaklda boiib, bir tomonida imperatoming nomi va dinastitsiyasi haqidagi maiumotlar, ikkinchi tomonida esa «G‘aznachilik boshqaruvi iltimosiga ko‘ra qaror qilindi, hukumronlik qiluvchi imperator tomonidan tasdiqlangan va ushbu yozuv boigan bu qog‘oz tanga qiymatga ega va haqiqiy kumush tanga qatorida tolovga qabul qilinishi shart. Ushbu tartibni buzgan har qanday shaxsning boshi kesiladi» degan mazmundagi so‘zlar bitilgan edi. Xitoyda muomalaga chiqarilgan qog‘oz pullarning hajmi ortib ketganligi va ulami tartibga solish mexanizmlari mavjud bolmaganligi bois juda tez vaqt ichida qadrsizlanib ketadi. Natijada 1500-yillarga kelib qog‘oz pullami muomalaga chiqarish bekor qilinadi. Yevropada dastlabki qog‘oz pullar Stokgolm banki tomonidan 1661-yilda emissiya qilingan. Yevropada qog‘oz pullar emissiyasining namoyandalaridan biri shotlandiyalik Djon Lo (1671-1729) hisoblanadi. Uning ta’limotiga ko‘ra, muomalaga chiqarilgan qog‘oz pullar ishlab chiqaruvchilar faolligini oshiradi va davlatning xazinasini toldirishda juda qulay vosita hisoblandi. U o‘zining ta’limotini 1716-1720-yillarda Fransiyada o‘zi tashkil etgan bank orqali amalga oshirishga erishdi. Biroq, muomalada qog‘oz pullar haddan ortiq ko‘payib ketishi natijasida pullarning qadri tushib ketdi va uning talimoti inqirozgayuz tutdi. O‘zbekistonda qog‘oz pullar 1918-yildan boshlab dastlab Buxoro amirligida muomalaga chiqarilgan. Muomalaga chiqarilgan nominali 20, 60, 100, 200, 300, 500, 1000, 2000, 3000, 5000, va 10000 qog‘oz pullar tanga deb atalgan. 1920-yilda Buxoro sho‘ro qo‘shinlari tomonidan bosib olinib, Buxoro amirligi o‘rniga Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) tashkil etiladi. Yangi BXSR da 1920-yilda Buxoro amirligi tomonidan chiqarilgan metall va qog‘oz tangalar muomalada bo‘lib keladi hamda ulami bir oz o‘zgartirilgan holda chiqarish, ya’ni sovet simvolikasi qo‘yilgan holda tanga nomi bilan qog‘oz pullar muomalaga chiqarish davom etgan. 1921-yilda BXSR muomalaga yangi, nominali rublda ko‘rsatilgan qog‘oz pullami chiqara boshlaydi. Bu pullar 3000, 10000 va 20000 rubl nominalda muomalaga chiqarilgan. 1922-yilda BXSR tomonidan denominatsiya amalga oshirilib, pullaming nominali yuzlab marta kamaytirilgan va 1, 5, 10, 25, 100 rubllik yangi pullar muomalaga chiqarilgan. Ammo ko‘p o‘tmasdan, kuchli inflatsiya natijasida past nominaldagi pul birliklari bozor ehtiyojlarini qondira olmay qoladi va 1000, 2500 va 5000 rubllik pullar bosib chiqarila boshlagan. Xulosa qilib aytganda, pulning vujudga kelishi jamiyat ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlarini rivojlanishi va takomillashib borishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, bulaming ichida kishilar o‘rtasida mehnat taqsimotining paydo bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, biz yashab istiqomat qilayotgan zaminda pullaming vujudga kelishi uning tarixi va sivilizatsiyasi juda boy va qadimiy ekanligidan dalolat beradi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling