Pulning paydo bo’lishi va mazmuni Pulning vujudga kelishi va zarurligi


Download 1.09 Mb.
bet5/13
Sana22.12.2022
Hajmi1.09 Mb.
#1042251
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
PUL TIZIMI VA PUL MUOMALASI

5. Qiymatning qog‘oz - pul shakli. Dastlabki qog‘oz pullammuomalaga chiqarilishi taxminan X asming oxiri XI asming boshlariga to‘g‘ri keladi. Shu davrdan boshlab, muomaladagi oltin va kumush pullar o‘mini qog‘oz pullar egallay boshladi. Muomalada oltin va kumush amal qilgan sharoitda ular bilan parallel ravishda to‘lov vositasi sifatida qog'oz pullami kirib kelishining sabablari sifatida quyidagilami ta’kidlash lozim:
• qimmatbaho metallami olib yurish, saqlash va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan muammoli holatlaming vujudga kelishi;
• oltin va kumush muomalada qo‘ldan-qo‘lga o‘tishi natijasida yedirilib, o‘zining dastlabki hajmi vaxossasini yo‘qotishi;
• qimmatbaho metallar zebu ziynat va boylik timsolida muomaladan chiqib ketishi;
• iqtisodiy taraqqiyotning yuqori darajada rivojlanishi natijasida tovar va xizmatlar massasining qimmatbaho metallar (oltin, kumush) massasiga nisbatan shiddat bilan ortib borishi. Dastlab muomalaga chiqarilgan qog‘oz pullarning asosi oltin bilan ta’minlangan bo‘lib, ushbu pullar bilan birgalikda oltin tangalar ham muomalada ishtirok etgan.
Qog‘oz pullar mustaqil qiymatga ega bo‘lmasdan, ular davlatning qonuniy hujjatlari asosida mamlakatda toiov va muomala vositasi rolini bajaradi. Shuning uchun qog‘oz pullarning qiymati o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, u mamlakat ichki bozorida chet el valutasiga bo‘lgan talab va taklif, milliy iqtisodiyotning barqarorligi hamda ijtimoiy - iqtisodiy holatlar ta’sirida o‘zgarib turadi. Bu uning sotib olish qobiliyatining mustahkamligi, inflatsiya darajasi va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarda namoyon bo‘ladi.


1.2 Pulning mohiyati
Pulning iqtisodiy mohiyati xususida iqtisodiy adabiyotlarda turli ta’riflar va talqinlar mavjud bo‘lib, uning mohiyatiga nisbatan yagona yondashuv mavjud emas. Chunki, jamiyatda xo'jalik yuritish tuzumining va ijtimoiy - iqtisodiy sharoitning o‘zgarishi pulning mohiyatini turlicha talqin etilishini talab etmoqda. Jumladan, iqtisodchi olimlar va soha mutaxassislari pulni - iqtisodiy kategoriya sifatida, qiymat olchovi vositasi, umumekvivalent tovar, maxsus tovar, ayirboshlash vositasi ekanligini e’tirof etadi.
Pul jamiyatda sodir bolayotgan ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlarda, jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, bozordagi talab va taklif asosida tovarlar bahosini aniqlashda bevosita qatnashishi uning mohiyatini namoyon qiladi.
Pulning iqtisodiy mohiyati va uning zaruriyatiga xorij iqtisodchilari alohida e’tibor qaratgan bolmasalarada (1), iqtisodiy nazariyachilaming asarlarida unga nisbatan berilgan fikrlarini uchratish mumkin. Masalan, A.Smitpulni iqtisodiy kategoriya darajasiga ko‘tarib, unga «pul - bu muomalaning buyuk glldiragi», «savdo-sotiqning yuksak quroli» sifatida ta’rif beradi (2).
D. Yum A. Smitning pul xususidagi qarashlariga e’tiroz bildirib, «Pul bu - savdo - sotiqning glldiragi emas, balki u yog‘, shu savdo - sotiq g'lldiragim erkin va yumshoq yurishiga imkoniyat yaratadigan vositadir» degan fikmi bildiradi (3).
Rossiyalik iqtisodchi olimlar ham pulning iqtisodiy mohiyatiga alohida e’tibor qaratishgan. Jumladan, iqtisod fanlari doktori, professor B.I.Sokolov pulning mohiyatiga «pul mehnat taqsimoti chuqurlashib borayotgan ushbu jamiyatda tovarlami ayirboshlash va tolovlami amalga oshirish ishlarini yengillashtiradi» deya ta’kidlaydi (4).
O‘zbekistonlik iqtisodchi olima Sh.Z. Abdullayeva pul, kredit va banklar masalasiga bag‘ishlangan iqtisodiy adabiyotlarda pulning mohiyatini ochishda uchta jihatiga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlaydi. «Birinchidan, pulning iste’mol qiymatida boshqa tovarlaming qiymati o‘z aksini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq mehnat asosini abstrakt mehnat tashkil etadi.
1 Абдуллаева ПХЗ. Пул, кредит ва банклар. -Т.: «Иктясод - Молия», 20 0 7 ,8 - 6.
2 Смит А. Исследовние природе и причинах богатства народов. Том 1. -С .4 1 8 ,421.
3 Юм Д. Опыта. -М.: И зд а н» К.Т.Солдатенкова, 1986. -0 .2 0.
4 Соколов Б.И. Деньги, кредит и банки. Учебник. -М.: ТК Вебли, Изд-во. Проспект, 2008. -С.8.
Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bocladi. Shunga asoslangan holda, pul ham tovar, lekin boshqa tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega boigan maxsus tovar degan xulosaga kelish mumkin» (5).
Iqtisod fanlari doktori, professor O.Yu. Rashidov va boshqalar ishtirokida nashrdan chiqarilgan darslikda «Pul - bu umumiy ekvivalent sifatida qoilaniladigan universal tovaming alohida turi boiib, boshqa barcha tovarlaming qiymati u orqali ifodalanadi. Pul - bu boshqa ne’matlaming qimmatini olchash vositasi (umumiy ekvivalent) yoki ayirboshlashda hisob-kitoblami amalga oshirish vositasi (ayirboshlash vositasi) funksiyalarini bajaruvchi ne’matdir. Pul - bu mutlaq likvidlilikka ega boigan ne’matdir. Pul - bu iqtisodiy kategoriya boiib, odamlar o‘rtasidagi munosabatlar unda namoyon boiadi va uning yordamida quriladi. Pulning maqsadi bozorga oid o‘zaro harakatlaming transaksion xarajatlarini tejashdan iborat» (6).
Pulning iqtisodiy mohiyati xususida fikrlami eramizdan oldingi davrda yashagan Aristotel (er. oldingi 384 - 322 yy.), keyinchalik sarkarda Aleksandr Makedonskiy kabi buyuk shaxslar tomonidan qoldirgan manbalarda ham ko‘rish mumkin (7).
Yuqorida bayon etilganlardan ko‘rinib turibdiki, pulning mohiyatiga xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar, mutaxassislar va nazariyachilar o'zlarining yondashuvlarini bildirgan. Biz ulaming ushbu fikr va yondashuvlarini tadqiq qilish maqsadidan yiroqmiz.
Pul - iqtisodiy kategoriya boiib, barcha tovarlar uchun umumekvivalent vazifasini bajaradigan maxsus tovardir. Pul faqat ayirboshlash jarayonida zarur boladigan, hukumat tomonidan o‘matilgan toiov vositasidir. Pul - qat’iy o‘matilgan kafolatlangan bahoni aniqlaydigan vosita emas. U oddiy tovar, faqat boshqa tovarlardan unga ehtiyojning yuqoriligi va qolgan barcha tovarlar uchun ayirboshlash vositasi sifatida foydalanganligi bilan ajralib turadi. Boshqa tovarlar singari pul ham kishilar tomonidan jamg‘ariladi. Kishilar tovarlami sotish va xizmatlami ko‘rsatish orqali uni «sotib» oladi yoki jamg‘aradi. Tovarlami sotib olish va turli xizmatlarga boigan ehtiyojini qondirish natijasida uni «sotadi».


5. Абдуллаева Ш.З. Пул, крещгг ва банклар. -Т.: «Икуисод - Молияя, 2 0 0 7 ,7 –
6. “ Рашидов О.Ю. вабош . Пул, кредит ва банклар. Дарслик. -Т.: ТДИУ, 2008. И - б . (432 б).
7. Аристотель. Сочинения; 4 т. -М : 1983. Т. С.325. 12

Pulning mohiyati uning turlarida va funksiyalarida yanada aniqroq namoyon bo‘ladi, keyingi paragraf va boblarda ushbu masalalarga atroflicha o‘rin beriladi.




Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling