Pulning xalqaro munosabatlardagi xarakat


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1553412
  1   2   3   4
Bog'liq
PULNING XALQARO MUNOSABATLARDAGI XARAKAT



 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM 
 
 
MUSTAQIL ISH 
 
 
 
Mavzu:

PULNING XALQARO 
MUNOSABATLARDAGI XARAKAT
 
 
Guruh: 21.158 
 
Bajardi:

TURDALIYEV FARRUX 
 
 
 
 
 
 


 
MAVZU. 
PULNING XALQARO 
MUNOSABATLARDAGI XARAKAT
 
Reja : 
 
 
1.Pulning xalqaro munosabatlardagi harakatini yuzaga keltiruvchi omillar.
2.Valyuta tushunchasi 
 3.Valyutalarning turlari
 4.Valyuta tizimi Valyuta kategoriyasi 
 5.Jahon valyuta tizimi evolyutsiyasi


Xalqaro valyuta-kredit valyuta tizimlari 
 
Pulning jahon xo‘jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga (tashqi 
savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar, qarzlar va subsidiyalar oqimi, 
ilmiy-texnikaviy mahsulotlarni ayirboshlash, turizm va h.k.) xizmat qilishi bilan 
bog‘liq iqtisodiy munosabatlar xalqaro valyuta-kredit munosabatlari deb 
ataladi. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari pulning xalqaro to‘lov munosabatida 
amal qilish jarayonida vujudga keladi. Valyuta – bu mamlakatlar pul birligi (masalan, 
so‘m, dollar, funt sterling va h.k.). Har bir milliy bozor o‘zining milliy valyuta 
tizimiga ega bo‘ladi. Bunda milliy va xalqaro valyuta tizimini farqlash 
zarur. Milliy valyuta tizimi – valyuta munosabatlarining milliy qonunchilik bilan 
belgilanadigan, mazkur mamlakatda tashkil qilinish shaklini ifodalaydi. Uning 
tarkibiga quyidagi unsurlar kiradi: 

milliy pul birligi; 

valyuta kursi tartibi; 

valyutaning muomalada bo‘lish shart-sharoitlari; 

valyuta bozori va oltin bozori tizimi; 

mamlakatning xalqaro hisoblashuv tartibi; 

mamlakat oltin-valyuta zahirasining tarkibi va uni boshqaruv tizimi



mamlakat valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi milliy muassasalar mavqei. 
Xalqaro valyuta tizimi – xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda 
huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli. 
Xalqaro valyuta tizimining tarkibiy unsurlari qo‘yidagilar hisoblanadi: 

asosiy xalqaro to‘lov vositalari (milliy valyutalar, oltin, xalqaro valyuta 
birliklari – SDR, Yevro); 

valyuta kurslarini belgilash va ushlab turish mexanizmi; 

xalqaro to‘lovlarini balanslashtirish tartibi; 

valyutaning muomala qilish shart-sharoiti; 

xalqaro valyuta bozori va oltin bozori tartibi; 

valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo muassasalar tizimi. 
Bundan ko‘rinadiki, milliy va xalqaro valyuta tizimi unsurlari deyarli bir xil bo‘lib, 
ular faqat tashkil etilishi, amal qilishi va tartibga solinishi miqyoslari jihatidan 
farqlanadi. 
Jahon valyuta tizimi o‘zining rivojlanishida uchta bosqichdan o‘tdi va ularning har 
biriga xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilishning o‘z tiplari mos 
keladi. Birinchi 
bosqich 1879-1934 
yillarni o‘z ichiga olib, bunda oltin 
standart sifatidagi pul tizimi ustunlikka ega bo‘lgan. Ikkinchi bosqich 1944-1971 
yillarni o‘z ichiga olib, bunda oltin-devizli (Breton-Vudsk tizimi deb nomlanuvchi) 
tizim ustunlikka ega bo‘lgan. Bu ikki tizim qayd qilinadigan valyuta kurslariga 


asoslangan. Hozirgi davrda (uchinchi bosqich) amal qiluvchi jahon valyuta tizimi 
1971 yilda tashkil topgan bo‘lib, bu tizim boshqariladigan, suzib yuruvchi valyuta 
tizimi nomini oldi. Chunki davlat ko‘pincha o‘z valyutalarining xalqaro qiymatini 
o‘zgartirish uchun valyuta bozorining faoliyat qilishiga aralashadi. 
Oltin standart tizim qayd qilingan valyuta kursining mavjud bo‘lishini ko‘zda tutadi. 
Banklar o‘zlari chiqargan banknotlarni oltinga almashtirgan. Xalqaro to‘lovlarni 
muvofiqlashtirish vositasi bo‘lib, oltinni erkin chiqarish va kiritish xizmat qilgan. 
Mamlakat uchta shartni bajarsa oltin standart qabul qilingan, deb hisoblangan, ya’ni: 
a) o‘z pul birligining ma’lum oltin mazmuni o‘rnatadi; b) o‘zining oltin zahirasi va 
pulning ichki taklif o‘rtasidagi qattiq nisbatni ushlab turadi; v) oltinning erkin eksport 
va importiga to‘sqinlik qilmaydi. 
Har qanday valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri valyuta kursi 
hisoblanadi. Valyuta kursi bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasidagi 
ifodalanishini ko‘rsatadi. 
Valyuta kurslariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ichidan quyidagilarni ajratib 
kursatish mumkin: 
- milliy daromad va ishlab chiqarish xarajatlari darajasi; 
- milliy iste’molchilarning real xarid qilish layoqati va mamlakatdagi inflyatsiya 
darajasi; 
- valyutalarga talab va taklifga ta’sir ko‘rsatuvchi to‘lov balansi holati; 
- mamlakatdagi foiz stavkasi darajasi; 
- valyutaga jahon bozoridagi ishonch va h. k. 
Xalqaro valyuta munosabatlari o‘ta beqaror, noaniq va tez o‘zgaruvchi jarayon bo‘lib, 
uni har bir mamlakat hukumatlari bilan bir qatorda valyuta-moliya sohasidagi 
davlatlararo tashkilotlar ham tartibga solishga harakat qiladilar. Bunday tashkilotlar 
qatoriga Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki 
(XTTB), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro rivojlanish 
assotsiatsiyasi 
(XRA) 
kabilarni 
kiritish 
mumkin. 


Xalqaro valyuta fondi (XVF) o‘ziga a’zo mamlakatlarning valyuta kursi va to‘lov 
balanslarini tartibga soladi, ularning valyuta-moliyaviy muammolarini hal etish 
maqsadida kreditlar ajratadi, rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘p tomonlama 
to‘lovlari tizimini va tashqi qarzlarini nazorat qiladi. 
Yevropa valyuta tizimi 1979 yilda Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga kiruvchi 
davlatlar tomonidan valyuta kurslarini barqarorlashtirish maqsadida tashkil etilib, bu 
davlatlar o‘rtasidagi to‘lov jarayonlarida amal qiluvchi Yevropa valyuta birligi 
EKYu muomalaga kiritildi. 
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi (IVI) Yevropa valyuta tizimi amal qilishi natijasida 
tashkil 
etilib, 

kuyidagilarni 
taqozo 
etadi: 

moliya bozorlarining to‘liq integratsiyalashuvi; 

kapitallar harakatining to‘liq erkinlashuvi; 

barcha valyutalarning to‘liq konvertatsiyasini ta’minlash va pirovardida milliy 
valyutalarni yagona valyuta bilan almashtirish. 
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) ham faoliyati xalqaro valyuta-
moliyaviy munosabatlarni tartibga solishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u o‘zining ikkita 
filiali – Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) hamda Xalqaro rivojlanish 
assotsiatsiyasi 
(XRA) 
bilan 
birgalikda 
Jahon 
banki 
tarkibiga 
kiradi. 
Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK)ning faoliyati ustun ravishda rivojlanayotgan 
mamlakatlarning 
xususiy 
sektorini 
moliyalashtirishga 
yo‘naltiriladi. 


Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA)ning asosiy faoliyati esa ko‘proq qoloq 
mamlakatlarga 
imtiyozli 
yoki 
foizsiz 
kreditlar 
ajratishga 
qaratilgan. 
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) tarkibiga barcha sanoat jihatidan 
rivojlangan mamlakatlar kiradi. IHRT unga a’zo mamlakatlarning iqtisodiy 
rivojlanishidagi tendensiyalarni, iqtisodiyot sohasidagi ichki hatti-harakatlarning 
boshqa mamlakatlar to‘lov balansiga ta’sirini aniqlashga qaratilgan. IHRT tomonidan 
ishlab chiqilgan bashorat ko‘rsatkichlari asosida, jahon xo‘jaligi rivojlanish 
tendensiyalarini hisobga olgan holda, milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro moslashuviga 
imkon yaratuvchi makroiqtisodiy siyosatni olib borish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. 
Xalqaro hisoblashuvlar banki (XHB) Shveysariyaning Bazel shahrida joylashgan 
bo‘lib, u xalqaro moliyaviy tashkilot hisoblanmasada, bank faoliyatini xalqaro 
tartibga solishda yetakchi rol o‘ynaydi. XHB Yevropaning deyarli barcha 
mamlakatlarini, Kanada, Avstraliya, Yaponiya hamda AQSh tijorat banklari guruhini 
o‘z tarkibida birlashtiradi. 70 dan ortiq Markaziy banklar o‘zlarining oltin-valyuta 
zahiralarini XHB hisobvaraqlarida saqlaydilar. 
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) Sharqiy Yevropa hamda sobiq Ittifoq 
mamlakatlariga 
valyuta-moliya 
sohasida ko‘maklashishni muvofiqlashtirish 
maqsadida 1990 yilda tashkil etildi. Uning asosiy faoliyati Markaziy va Sharqiy 
Yevropa, MDH mamlakatlarini isloh qilish jarayonlari bilan bog‘liq turli 
ko‘rinishdagi dastur va loyihalarni moliyalashtirishga, bu mamlakatlarning jahon 
xo‘jaligiga moslashuvini jadallashtirishga ko‘maklashishga yo‘naltirilgandir. 
Bugungi kunda sanab o‘tilgan bu kabi davlatlararo tashkilotlarning xalqaro valyuta-
moliya sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va yanada takomillashtirishga 
qaratilgan faoliyatining ahamiyati tobora oshib bormoqda. Shu bilan bir qatorda 
mazkur tuzilmalarning rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish 
tartibini takomillashtirish, bunda ko‘mak berilayotgan mamlakatlarning milliy 


manfaatlariga putur yetkazmaslik, faoliyat yo‘nalishi sifatida ko‘proq iqtisodiy 
maqsadlarning ilgari surilishi kabi jihatlarga e’tibor kuchaytirish zarur bo‘ladi. 
Asosiy tayanch tushunchalar: 
Jahon xo‘jaligi – xalqaro mehnat taqsimoti, savdo-ishlab chiqarish, moliyaviy va 
ilmiy-texnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli mamlakatlar xo‘jaliklari tizimi. 
Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi – mamlakatlarning 
jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlarning 
tobora kengroq jabhalarini qamrab olishi jarayoni. 
Xalqaro mehnat taqsimoti – alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ayrim 
turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi. 
Globallashuv – jahon xo‘jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy 
munosabatlar yagona tarmog‘ining tashkil topishi va rivojlanishi. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar – jahonning turli mamlakatlari o‘rtasidagi xo‘jalik 
aloqalari majmui. 
Xalqaro iqtisodiy integratsiya - jahon mamlakatlari o‘zaro iqtisodiy aloqalarining 
chuqurlashtirish va barqaror rivojlanishi hamda milliy xo‘jaliklar o‘rtasidagi mehnat 
taqsimoti asosida ular xo‘jalik aloqalarining birlashish jarayoni. 
Erkin savdo hududlari - iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo‘lib, uning 
dorasida savdo cheklashlari bekor qilinadi. 
Bojxona ittifoqi - yagona tashqi savdo ta’riflari o‘rnatishni va uchunchi mamlakatga 
nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishini taqazo qiladi. 
To‘lov ittifoqi - milliy valyutalarning o‘zaro almashinuvi va hisob-kitobda yagona pul 
birligining amal qilishi. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling