Pulning xalqaro munosabatlardagi xarakat


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1553412
1   2   3   4
Bog'liq
PULNING XALQARO MUNOSABATLARDAGI XARAKAT

Tayanch iboralar 
Umumiy bozor - bunda uning qatnashchilari o‘zaro erkin savdoni amalga oshirish va 
yagona tashqi savdo siyosati o‘tkazish bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin 
xarakati ta’minlanadi. 


Iqtisodiy va valyuta ittifoqi - iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli bo‘lib, bunda 
iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari iqtisodiy va valyuta-
moliyaviy siyosat o‘tkazish bilan birga uyg‘unlashadi. 
Eksport – tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo‘lib, bunda mazkur mamlakatda 
ishlab chiqarilgan tovarlar mamlakatdan tashqariga chiqariladi. 
Import – chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga 
kiritish. 
Xalqaro valyuta tizimi – xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda 
huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli. 
Valyuta kursi – bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasida ifodalangan 
bahosi. 
To‘lov balansi – mamlakat rezidentlari (uy xo‘jaliklari, korxonalar va davlat) va chet 
elliklar o‘rtasida ma’lum vaqt oralig‘ida (odatda bir yilda) amalga oshirilgan barcha 
iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi. 
Valyuta 
kurslariga 
bevosita 
ta’sir 
ko`rsatuvchi 
omillar 
ichidan 
quyidagilarni ajratib kursatish mumkin:
• 
milliy 
daromad 
va 
ishlab 
chiqarish 
xarajatlari 
darajasi;
• milliy iste’molchilarning real xarid qilish layoqati va mamlakatdagi 
inflyatsiyadarajasi;
• valyutalarga talab va taklifga ta’sir ko`rsatuvchi to`lov balansi holati;
• mamlakatdagi 
foiz 
stavkasi 
darajasi;
• valyutaga jahon bozoridagi ishonch va h. k. 
Valyuta sohasidagi hamkorlik bo’yicha katta voqea sifatida yil Parijdagi «Luvr 
kelishuvi»ni ko’rsatish mumkin. Etakchi rivojlangan mamlakatlar valyuta 
barqarorligiga erishish va birinchi galda AQSH dollari bilan bog’liq muammoni hal 
etish masalasiga qattiq kirishganliklarini bildilar. 
Valyutaviy qarama-qarshilik (nomutanosiblik)ning kuchayishi, valyuta 
kursini intervensiya yordamida tartibga solishning samarasiz o’rinishlari va shu kabi 


holatlar, xatto rivojlangan mamlakatlar, masalan, Janubiy-SHarqiy Osiyo 
mamlakatlarida bo’lib o’tgan moliyaviy inqirozlar - bu davlatlar tomonidan XVFini 
qayta qurish bo’yicha yangi takliflar kiritishga sabab bo’lmoqda. Ko’pgina davlatlar 
(asosan rivojlanayotgan mamlakatlar) valyuta-moliya masalalari bo’yicha yuqori 
darajadagi konferensiya o’tkazishni talab qilmoqdalar. XVFga doimiy ravishda 
hamma tomonlarning kizikishlarini e’tiborga olgan holda uning mexanizmlarini 
o’zgartirish haqidagi takliflar kiritilmoqda. Masalan, kiritilayotgan takliflardan biri 
yetakchi valyuta kurslarini o’rtacha tortilgan indeksi tebranishlari chegarasini 
o’rnatishdir. 
kapitalning 
xalqaro harakati 

bu 
kapitalning 
chet 
elda 
joylashtirilishi 
  
va 
faoliyat 
qilishi. u 
chet 
elga 
quyidagi shakllarda 
chiqariladi:
- xususiy yoki davlat kapitali shaklida. kapitalning xalqaro tashkilotlar yo`li bilan 
harakati 
ko`pincha 
mustaqil 
shakl 
sifatida 
ajratiladi.
- pul va tovar shaklida. jumladan, kapital chiqarish mashina va uskunalar,
patentlar, nau-xau 
hamda 
tovar 
kreditlari 
shaklida 
bo`lishi 
mumkin.

qisqa 
va 
uzoq 
muddatli 
kreditlar 
shaklida;
- ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklida. ssuda shaklidagi kapital quyilmalar bo`yicha 
foiz, tadbirkorlik shaklidagi kapital esa foyda keltiradi. tadbirkorlik kapitali 
to`g`ridan-to`g`ri 
va 
portfelli 
investitsiyalardan 
iborat 
bo`ladi. to`g`ridan-
to`g`ri investitsiyalar shu kapital hisobiga qurilgan ob’ekt (korxona)lar 
ustidan nazorat qilish huquqini beradi, portfelli investitsiyalar esa bunday 
huquqni bermaydi. U odatda aksiya paketlari hamda obligatsiya va boshqa 
qimmatli qog`ozlar 
shaklida 
beriladi.
Xalqaro 
iqtisodiy 
munosabatlarning ancha 
murakkab 
jihatlaridan 
biri ishchi kuchining 
xalqaro migratsiyasi 
hisoblanib, 

o`z ifodasini 
mehnat resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlash maqsadida 
bir mamlakatdan 
boshqasiga 
ko`chib 
o`tishida 
topadi.
Xalqaro migratsiya jarayonini iqtisodiy omillar bilan birga siyosiy, etnik, madaniy, 


oilaviy 
va 
boshqa 
xarakterdagi 
omillar 
ham 
taqozo 
qiladi.
Xalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismni o`z ichiga oladi:
emigratsiya 
va 
immigratsiya. 
Emigratsiya-mamlakatlardan 
doimiy 
yashash 
joyiga chiqib ketishni, immigratsiya-mamlakatga doimiy yashash uchun kirib 
kelishni bildiradi. Qisqa muddatli istiqbolda hukumat, ko’pincha «shamolga tayanch» 
(lean against the vvind) taktikasini qo’llaydi, bu taktika chegaralangan 
boshqaruvchilik qarama-qarshiligida namoyon bo’ladi. Masalan, shu narsa aniq 
belgilangan bo’lishi mumkin: kursni biror ma’lum soat va kun davomida uzrapishi 
qarama-kapshi operatsiya o’tkazishni talab qiladi. Ba’zan, hukumat intervensiya 
yordamida muhim iqtisodiy masalani hal qilishda yoki saylov oldi tadbirlarida yutib 
chiqishda foydalanadi. 
Markaziy bankning valyuta siyosati pul-kredit siyosatining asosiy klassik 
instrumentlaridan biri hisoblanadi. Jahon banklari amaliyotidan shu narsa ma’lumki, 
Markaziy bankning valyuta siyosati, asosan, quyidagi: hisob stavkasini o’zgartirish, 
valyuta intervensiyasi, devalvatsiya, revalvatsiya, valyuta zahiralarini diversifikatsiya 
qilish shakllarida namoyon bo’ladi.xalqaro valyuta tizimini farqlash zarur.
Milliy valyuta tizimi-valyuta munosabatlarining milliy qonunchilik bilan 
belgilanadigan, 
mazkur 
mamlakatda
tashkil 
qilinish 
shaklini 
ifodalaydi. 
Xalqaro 
valyuta 
tizimi-xalqaro 
valyuta munosabatlarining 
davlatlararo 
bitimlarda 
huquqiy 
jihatdan 
mustahkamlangan shakli. Uning tarkibiy elementlari qo`yidagilar hisoblanadi: asosiy 
xalqaro 
to`lov
vositalari 
(milliy 
valyutalar, 
oltin, 
xalqaro valyuta 
birliklari-SDR

yevro), 
valyuta kurslarini belgilash 
va 
ushlab 
turish mexanizmi, 
xalqaro 
to`lovlarini balanslashtirish tartibi, valyutaning qaytaruvchanlik sharoiti, xalqaro 
valyuta
bozori va oltin bozori tartibi, valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi 
davlatlararo muassasalar tizimi.



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling