Pulning xalqaro munosabatlardagi xarakat
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
PULNING XALQARO MUNOSABATLARDAGI XARAKAT
Tayanch iboralar
Umumiy bozor - bunda uning qatnashchilari o‘zaro erkin savdoni amalga oshirish va yagona tashqi savdo siyosati o‘tkazish bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin xarakati ta’minlanadi. Iqtisodiy va valyuta ittifoqi - iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli bo‘lib, bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari iqtisodiy va valyuta- moliyaviy siyosat o‘tkazish bilan birga uyg‘unlashadi. Eksport – tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo‘lib, bunda mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar mamlakatdan tashqariga chiqariladi. Import – chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga kiritish. Xalqaro valyuta tizimi – xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli. Valyuta kursi – bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasida ifodalangan bahosi. To‘lov balansi – mamlakat rezidentlari (uy xo‘jaliklari, korxonalar va davlat) va chet elliklar o‘rtasida ma’lum vaqt oralig‘ida (odatda bir yilda) amalga oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi. Valyuta kurslariga bevosita ta’sir ko`rsatuvchi omillar ichidan quyidagilarni ajratib kursatish mumkin: • milliy daromad va ishlab chiqarish xarajatlari darajasi; • milliy iste’molchilarning real xarid qilish layoqati va mamlakatdagi inflyatsiyadarajasi; • valyutalarga talab va taklifga ta’sir ko`rsatuvchi to`lov balansi holati; • mamlakatdagi foiz stavkasi darajasi; • valyutaga jahon bozoridagi ishonch va h. k. Valyuta sohasidagi hamkorlik bo’yicha katta voqea sifatida yil Parijdagi «Luvr kelishuvi»ni ko’rsatish mumkin. Etakchi rivojlangan mamlakatlar valyuta barqarorligiga erishish va birinchi galda AQSH dollari bilan bog’liq muammoni hal etish masalasiga qattiq kirishganliklarini bildilar. Valyutaviy qarama-qarshilik (nomutanosiblik)ning kuchayishi, valyuta kursini intervensiya yordamida tartibga solishning samarasiz o’rinishlari va shu kabi holatlar, xatto rivojlangan mamlakatlar, masalan, Janubiy-SHarqiy Osiyo mamlakatlarida bo’lib o’tgan moliyaviy inqirozlar - bu davlatlar tomonidan XVFini qayta qurish bo’yicha yangi takliflar kiritishga sabab bo’lmoqda. Ko’pgina davlatlar (asosan rivojlanayotgan mamlakatlar) valyuta-moliya masalalari bo’yicha yuqori darajadagi konferensiya o’tkazishni talab qilmoqdalar. XVFga doimiy ravishda hamma tomonlarning kizikishlarini e’tiborga olgan holda uning mexanizmlarini o’zgartirish haqidagi takliflar kiritilmoqda. Masalan, kiritilayotgan takliflardan biri yetakchi valyuta kurslarini o’rtacha tortilgan indeksi tebranishlari chegarasini o’rnatishdir. kapitalning xalqaro harakati - bu kapitalning chet elda joylashtirilishi va faoliyat qilishi. u chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi: - xususiy yoki davlat kapitali shaklida. kapitalning xalqaro tashkilotlar yo`li bilan harakati ko`pincha mustaqil shakl sifatida ajratiladi. - pul va tovar shaklida. jumladan, kapital chiqarish mashina va uskunalar, patentlar, nau-xau hamda tovar kreditlari shaklida bo`lishi mumkin. - qisqa va uzoq muddatli kreditlar shaklida; - ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklida. ssuda shaklidagi kapital quyilmalar bo`yicha foiz, tadbirkorlik shaklidagi kapital esa foyda keltiradi. tadbirkorlik kapitali to`g`ridan-to`g`ri va portfelli investitsiyalardan iborat bo`ladi. to`g`ridan- to`g`ri investitsiyalar shu kapital hisobiga qurilgan ob’ekt (korxona)lar ustidan nazorat qilish huquqini beradi, portfelli investitsiyalar esa bunday huquqni bermaydi. U odatda aksiya paketlari hamda obligatsiya va boshqa qimmatli qog`ozlar shaklida beriladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u o`z ifodasini mehnat resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko`chib o`tishida topadi. Xalqaro migratsiya jarayonini iqtisodiy omillar bilan birga siyosiy, etnik, madaniy, oilaviy va boshqa xarakterdagi omillar ham taqozo qiladi. Xalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismni o`z ichiga oladi: emigratsiya va immigratsiya. Emigratsiya-mamlakatlardan doimiy yashash joyiga chiqib ketishni, immigratsiya-mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishni bildiradi. Qisqa muddatli istiqbolda hukumat, ko’pincha «shamolga tayanch» (lean against the vvind) taktikasini qo’llaydi, bu taktika chegaralangan boshqaruvchilik qarama-qarshiligida namoyon bo’ladi. Masalan, shu narsa aniq belgilangan bo’lishi mumkin: kursni biror ma’lum soat va kun davomida uzrapishi qarama-kapshi operatsiya o’tkazishni talab qiladi. Ba’zan, hukumat intervensiya yordamida muhim iqtisodiy masalani hal qilishda yoki saylov oldi tadbirlarida yutib chiqishda foydalanadi. Markaziy bankning valyuta siyosati pul-kredit siyosatining asosiy klassik instrumentlaridan biri hisoblanadi. Jahon banklari amaliyotidan shu narsa ma’lumki, Markaziy bankning valyuta siyosati, asosan, quyidagi: hisob stavkasini o’zgartirish, valyuta intervensiyasi, devalvatsiya, revalvatsiya, valyuta zahiralarini diversifikatsiya qilish shakllarida namoyon bo’ladi.xalqaro valyuta tizimini farqlash zarur. Milliy valyuta tizimi-valyuta munosabatlarining milliy qonunchilik bilan belgilanadigan, mazkur mamlakatda tashkil qilinish shaklini ifodalaydi. Xalqaro valyuta tizimi-xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli. Uning tarkibiy elementlari qo`yidagilar hisoblanadi: asosiy xalqaro to`lov vositalari (milliy valyutalar, oltin, xalqaro valyuta birliklari-SDR , yevro), valyuta kurslarini belgilash va ushlab turish mexanizmi, xalqaro to`lovlarini balanslashtirish tartibi, valyutaning qaytaruvchanlik sharoiti, xalqaro valyuta bozori va oltin bozori tartibi, valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo muassasalar tizimi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling