Pulning zarurligi,mohiyati,funksiyalari va roli Reja; Pulning zarurligi
Download 10.18 Kb.
|
Pulning zarurligi,mohiyati,funksiyalari va roli-fayllar.org
Pulning zarurligi,mohiyati,funksiyalari va roli Pulning zarurligi,mohiyati,funksiyalari va roliReja;1.Pulning zarurligi2.Pulning mohiyati3.Pulning funksiyalari va ularga tasnifPul - bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Pul umumiy tovarlarni ayrboshlashda asosiy vazifasini bajaradi. Qadimda pul vazifasini turli xil tovarlar bajargan, masalan, chorva mollari, mol terilari, bolta va hokazo. Keyinchalik pul vazifasini qimmatbaho metallar bajargan, chunki ular oʻzini sifatini yoʻqotmaydi va pul oʻrnini bosishda juda qoʻl kelgan. Pul oddiy mahsulot boʻlib qolmay, u ijtimoiy qiymatga ega, ya'ni hamma tovarlarni harid etish vositasi boʻlib hizmat qiladi.Pulning zarurligi Har bir iqtisodiy kategoriya amal qiluvchi mamlakat rivojlanishining asosiy dastaglaridan biri pul bo’lib, bozor iqtisodiga o’tish va unda ish yuritishda uning roli va ahamiyati yana oshib boradi. Darhaqiqat, pul - «bozor tili» deb bekorga aytishmagan. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to’lovlar, daromadlar va xarajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va mikro darajalarda faqat pulda ifoda qilinadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi, tovar turlarining ko`payishi almashuv jarayonining yanada rivojlanishini taqozo qildi. Almashuv jarayonida tovar egalari o`zaro muloqotda bo`lib,tovarning egasi o`z mahsulotini (mulkini) baholagan. Shu baholash jarayoni biror o`lchov birligi bo`lishini taqozo qilgan. Tovar muomilasining ekvivalent rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent shaklini har xil tovarlar o`ynagan. Har bir jamoa o`z tovarini ekvivalent sifatida o`rtaga qo`ygan. Lekin jamiyat taraqqiyoti shu tovarlar ichidan pulni tovarlarning tovari deb e`tirof etgan. Pulning iste`mol qiymati shuki, u o`z funksiyasini bajarib iqtisodiyot mushkulini oson qiladi (vositachi sifatida). Pulning qiymati (qadr qiymati) deganda pul birligining xarid qilish qobiliyati, ya`ni unga qancha tovar va xizmatlar xarid etish mumkinligi tushuniladi. Pulni qiymati metal pulni zabt etish yoki qog’oz pulni bosib chiqarish xarajatlarini bildirmaydi. Bu xarajatlar pul qiymati emas, balki pulni muomilaga kiritish sarflaridir. Pulni qiymati narxga bog’liq, narxlar ko`tarilib, ketsa, uni qiymati (qadri) pasayadi va aksincha. Umuman pul insoniyat kashfiyotlari ichida eng oddiy, eng tushunarli hamda eng murakkabi bo`lib hisoblanadi.Insoniyatning butun yutuqlari ham, fojialari ham pul bilan bog’liqdir. Inson faoliyatini eng muhim xarakatga keltiruvchi kuchlardan biri pul bo`lib kelgan va shunday bo`lib qoladi. Download 10.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling