Punktuasiya lotincha punctum so‘zidan olingan bo‘lib, nuqta
Download 83 Kb.
|
Punktuatsiya
Ikki nuqta
Ikki nuqta quyidagi holatlarda qo‘llanadi: Umumlashtiruvchi bo‘lak uyushiq bo‘laklardan oldin kelganda: Hamma narsa: uylar, devorlar, daraxtlar qorong‘ilikka jimgina cho‘kdi. (Oybek.) Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda: Bilaman: otangiz juda g‘ayratli odam edi. (P.Qodirov.) Muallif gapi ko‘chirma gapdan oldin kelganda: Arastu hakim aytadi: - Maishatiga kifoya etarlik davlatga ega bo‘lgan kishi undan ortiqchani talab qilmasin, ortiqcha talab qilgan kishi benihoya qayg‘u-alamlarga giriftor bo‘ladi. (“Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur”.) Nutq ichida masalan, misol, chunonchi, reja, mavzu kabi so‘zlardan so‘ng: Masalan: o‘simliklar va hayvonot olami. Mavzu: Bosh bo‘laklar va ularning turlari Ko‘p nuqta Ko‘p nuqta quyidagi holatlarda qo‘llanadi: Mazmunan tugallanmagan gaplar oxirida: - Hm... Hozir... topamiz. Xo‘sh... G‘oyipov, Sayipov... Sharipov... pov... pov... Ha, mana Zaripov. She’ringizning nomi “Tong”. Shunaqami? (F.Musajonov.) Sitata yoki olingan misollardagi ayrim so‘z va gaplarning tushirib qoldirilganligini ko‘rsatish uchun ko‘p nuqta qo‘yiladi: Milliy til millatning paydo bo‘lishi bilan birga yuzaga keladi. U xalq tili asosida ... shakllanib, rivojlanadi. (“O‘zbek tili” darsligidan.) 3. Kuchli his-hayajonni bildiruvchi undov so‘zdan keyin ko‘p nuqta qo‘yiladi: Tashakkur... maqsad faqat sotish emas o‘rniga boshqasini olmoqchi edik. (F.Musajonov.) Qavs O‘zbek tilida quyidagilar qavsga olinadi: Kiritma gaplar: Biz (bu safar menga Maktuba ham hamroh bo‘ldi) qishloqqa ertasiga kechqurun kirib bordik. (O.Yoqubov.) Remarkalar: M a r a s u l. Hali shunaqami. (Engini shimarib chiqmoqchi bo‘ladi.) Z a r g a r o v. Qayoqqa?.. O‘tir! (Uning yenglarini tushirib qo‘yadi.) Sitata yoki misolning manbai: Qalb boshdan ko‘ra to‘g‘ri hukm beradi. (“Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur”.) Tushuntirish, izoh ma’nosidagi so‘z, birikma gaplar: Slavyan tillariga rus tili, ukrain tili, belorus tili, slovak tili, lujik tili, polab tili (o‘lik til), kashub tili (g‘arbiy gruppa); bolgar tili, serb tili, xorvat tili, sloven tili, makedon tili (janubiy gruppa) kiradi. Download 83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling