Punktuasiya lotincha punctum so‘zidan olingan bo‘lib, nuqta


Download 83 Kb.
bet5/9
Sana12.03.2023
Hajmi83 Kb.
#1262182
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Punktuatsiya

Nuqtali vergul
Nuqtali vergul quyidagi hollarda ishlatiladi:

  1. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda: Biroq o‘sha qalqib turgan, behalovat yillarda mamlakatga iloji boricha ko‘proq paxta kerak edi; har qarich yer hisobda edi. (O‘.Usmonov.)

  2. Murakkab qo‘shma gap qismlari nuqtali vergul bilan ajratiladi: Odam kasr jadvaliga o‘xshaydi, odamning o‘zi kasr surati bo‘lsa, maxraji esa o‘zi haqidagi fikridir; maxraj kattalashgani sari, surat shunchalik kichiklashadi. (L.Tolstoy.)

  3. Raqam yoki harflar orqali belgilangan numerativlar bilan ko‘rsatilgan sanaluvchilar oxiriga nuqtali vergul qo‘yiladi:

Assimilyasiya ikki xil bo‘ladi:
a) to‘liq assimilyasiya;
b) to‘liqsiz assimilyasiya.


Tire
Tire quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi:

  1. Ega va kesim orasida: Mehnat – hurmatning toji. (Maqol.)

  2. Umumlashtiruvchi bo‘lak uyushiq bo‘laklardan keyin kelganda: Uning ichida nim rang toyibi, pushti rang husayni, har donasi yong‘oqday keladigan kattaqo‘rg‘on – hammasi shig‘il pishgan.

  3. Ajratilgan bo‘laklarni ajratishda: Uning Xolbek degan tengdoshi – o‘ng ko‘zi bilan qulog‘ining orasida danakday qora xoli bor bola – bir kuni Avazning butun oshiqlarini qoqlab yutib oldi. (P.Qodirov.)

  4. Kiritma gaplarni chegaralash uchun: ...Asal va Samad – o‘g‘lining ismi shunday ekan – bizning yo‘l uchastkamizda qolishdi. (Ch.Aytmatov.)

  5. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda: Qaring bor – barakang bor. (Maqol.)

  6. Ko‘chirma gapli qurilmalarda ko‘chirma gapni muallif gapidan ajratish uchun: “Do‘stingga yo‘liqqan vaqtingda egilib, ochiq chehra bilan ko‘rish, - deb aytadi Suqrot Hakim, - yaxshi so‘z bilan uning ko‘nglini ko‘tar”. (“Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur”.)

  7. Dialoglarda har bir ko‘chirma gapni birini ikkinchisidan ajratish uchun:

- Niyatlari yaxshi-yu, lekin bizda ham tashvish ko‘p-da, - dedi. – Rayijrokomga uchradilaringizmi?
- Avval siz bilan kelishib, keyin uchrashamiz.
- Bu yerlar yaylov, har bir qarichi hisobli.
- Chorvangiz yaylovda o‘tlayveradi, odamlarning nasibasi boshqa, - kulib e’tiroz qildi Nasimxon. (P.Qodirov.)



Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling