MK
: “ !”
: “ ?”
: “ ”.
KM:
“ !” -
“ ?” -
“ ,” -
KMK:
“ ! - . - ”.
“ ? - . - ”.
“ , - . - ”.
MKM:
: “ !” - .
: “ ?” - . .
: “ ,” - .
Fikrlar sirasini bayon qilishda raqamlardan so‘ng nuqta yoki yarim qavs ((1), 2), 3) kabi) ishlatish o‘rinlarida chalkashliklar uchraydi. Bunday holatda katta hajmdagi fikrlar sirasini belgilashda raqamdan so‘ng nuqta qo‘yilib, gap bosh harf bilan yozilishi kerakligi uqtiriladi. U darajada katta bo‘lmagan fikrlar yoki yirik fikrlar tarkibidagi kichik fikrlar sirasini yozishda raqamdan so‘ng yarim qavs ishlatilishi va gap kichik harf bilan boshlanishi kerakligi ifodalanganda ham yarim qavs qo‘yish kerakligi va gap kichik harf bilan yozilishi lozimligi o‘rgatiladi.
So‘roq va undov belgilarining yonma-yon qo‘yilishida quyidagilarga ahamiyat berish kerakligini tushuntirish o‘rinli bo‘ladi:
a) so‘roq gap hayajon bilan aytilsa, avval so‘roq so‘ngra undov belgisini qo‘yish kerakligi o‘rgatiladi.
Masalan: Meni tanimayapsizmi?!
b) undov gapda so‘rash mazmuni ham ifodalangan bo‘lsa, avval undov so‘ngra so‘roq bergisini qo‘yish lozimligi tushuntiriladi.
Masalan: Tezroq ko‘chish kerak ediku!?
Nuqtali vergul uyushiq bo‘laklar tarkibida ichki uyushish hodisasi mavjud bo‘lganda ishlatilishi kerakligi uqtirilishi kerak. Masalan: Hovlimizda oq, pushti, qizil atirgullar; olma, gilos va olcha kabi meva daraxtlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |