Punktuatsiya Egri ishning soyasi ham egri bo 'ladi


Download 27.9 Kb.
bet2/3
Sana19.02.2023
Hajmi27.9 Kb.
#1214527
1   2   3
Bog'liq
Punktuatsiya yopiq test savoli

- Uxlayin, bolam, men qari narsa yarim kechagacha o'tirolamanmi? Vergul nima sababdan ishlatilgan

  • Tasdiq, ta'kid, inkor va shu kabi ma'nolarni bildiruvchi so'zlardan so'ng vergul qo'yilishidan xabardorsiz. Siz esa bunday so'zlarga misollar keltiring.

  • Sizlar, yosh-yalanglar, o'ynab-kulib ko'ngillarni yozinglar. Men orom olay... (A. Cho'lpon)

    Yuqorida berilgan gapda vergul nima uchun qo'llangan?
    Do'sting mingta bo'lsa ham oz, dushmaning bitta bo'lsa ham ko'p. Yurgan - daryo, o'tirgan - bo'yra. Berilgan ikkita gapda vergulning ishlatilish sababini toping.

    1. Ey, menga bir minutga qarab qo'ying. Bundagi vergul nechta sababga ko'ra bu o'ringa qo'yilgan va qanday sababga ko'ra?

    2. Yo biz boraylik, yo siz keling. Yuqorida berilgan gapda vergul nima uchun qo'llangan?

    3. «Inson qalbi javohirlardek toza, pok bo'lmog'i lozim», - deb aytgan edi Abu Rayhon Beruniy. Bu ko'chirma gap gapning ifoda maqsadiga ko'ra qaysi turi bo'lganligi uchun undan so'ng vergul ishlatilgan?

    4. Qalay, - dedi va sap-sariq qamishzorning u tomonida oqarishib turgan daryoni ko'rsatdi bahavo joylar ekanmi? Qahhor Berilgan gapda necha turli tinish belgisi tushirib qoldirilgan va ular qaysilar?

    5. Afandi bir kuni boyga: - Siz odam emassiz, eshak! - deb aytdi. Ushbu dialogsifat gapda Afandi boyni haqoratladi. Boy esa uni qoziga berdi. Afandi nima deb jazodan qutildi? (Bunda tinish belgilarining o'rni almashib qolishi kerak)

    6. So'roq belgisi qaysi tildagi qaysi so'zdan kelib chiqqan va qay holda?

    7. So'roq o'zbekcha matnlarda qachondan uchraydi, muntazam ravishda-chi?.

    8. Navoiyning tilshunoslikka bag'ishlangan qanday asari bor?

    9. Gap yoki matn ichidagi birorta so'z yoki jumla qanday ma'no bildirsa, undan so'ng qo'yilgan so'roq "Toping" degan ma'noni bildiradi?

    10. - Qayerdansiz? - so'radi kimdir Nazir otadan. Nazir ota aytdi:

    • O'zinglar-chi?

    Nazir otaning javobida nima uchun so'roq qo'yilgan? (Grammatik jihatdan javob bering)

    1. Bir narmdek (?) yoy bila bir kiyikning qo'ltig'iga otdim. («Boburnoma») Qavs ichidagi tinish belgisi qanday mazmun uchun qo'llanmoqda?

    2. Nimalarni ko'rdingiz? - dedi Charos jilmayib. So'rilaringizning panjarasi chiroyli ekan.

    • Yana?

    • Oshxonangizdagi derazaning bir ko'zi sinibdi.

    • Yana?

    • Vodoprovodingiz muzlab qolibdi.

    • Uni eritdik... Yana? (O'. Hoshimov)

    Bu dialogda so'roq nima sababdan qo'llangan?

    1. Vazifani bajarib bo'ldim?

    Yuqoridagi gapda nima qatnashgani uchun gap so'nggida so'roq qatnashgan?

    1. - Ana tuproq, mana tuproq! - deydi. - Bo'rsildoq tuproq, mag'izdor tuproq, hosildor tuproq. Tuproqmisan-tuproq! (Tog'ay Murod) Gapda undov nega qo'llangan

    2. —Siz ham oyoqni ishlating! - deb buyurdi. Suv ostida о 'pqonlar ko 'р. Tortib ketmasin! (P. Qodirov) Bu o'rinda undov nega qo'yilganini qoida bo'yicha javob bering.

    3. Ha, yo 'q, xo'p, uzr, mayli, xayr, salom kabi .. .lar hayajon bilan aytilsa, ulardan so'ng undov qo'yiladi. Nuqtalar o'rnini to'ldiring.

    4. Ey arslonlar arsloni! Mening yozuqlarimdan o't, mening qo'limni tut, belimni bog'la, muqaddas fotihangni ber! (A. Fitrat) ... arsloni so'zidan so'ng nega undov qo'yilganini yozing.

    5. «Boburnoma»da tarix, etnografiya, til, adabiyot geografiya, biologiya, botanika, hatto tabobatga oid g'oyat qimmatli ma'lumotlarni uchratish mumkin. Berilgan gapda qaysi kelishikdagi so'zdan so'ng undov belgisi qavs ichida berilishi kerak va bu ishora gapdagi qaysi so'zdan so'ng tushirilgan?

    6. Charos kafti bilan yuzini to'sgancha o'zini orqaga tashladi.

    • A-a-a!!! - dedi chinqirib. (0'. Hoshimov)

    • Chiqar buni jallod!!! Jallodlar harakatlandilar.

    • Xanjarimiz qonsirag 'on! (A. Qodiriy) Dialogda uchta undov ketma-ket qo'yilishining boisi nima?

    1. Kimdir seni kutsa, kimnidir sen ham sog'insang, qanday baxt bu! (O'. Hoshimov) Bu o'rinda undov nega qo'yilgan?

    2. Uyqudan ko'z ochinglar! Urununglar! Ilm-ma'rifat va hunar izlanglar! Vaqt yetdi, balki o'tdi() (A. Cho'lpon) Qavslar o'rniga qanday tinish belgisi qo'yilishi kerak?

    3. - Iqrorsan, tonmaysan, o'bdon ish! - dedi zaharxanda qilib xon, - o'luvdan ham qaytmaysan()

    • Men sizdan marhamat so'rab kelgan emasman! - dedi Anvar iljayib. Qavslar o'rniga qanday tinish belgi(lari)si qo'yilishi kerak?

    1. Qavs o'zbek yozuvida ... boshlab ishlatila boshlangan. Nuqtalar o'rnini to'ldiring.

    2. Qavs qachon va qaysi gazetada ishlatila boshlangan?

    3. (Dilnavoz boshini ko'tarib) Oh... Ey ko'k tovushi, to'g'ri so'ylading! Dunyoda kuchsizlikdan yomonroq narsa yo'q. (A. Fitrat) Tagiga chizilgan gap nega qavs ichida berilmoqda?

    4. O'zbekiston paxta ishlab chiqarish bo'yicha yetakchi davlatlardan bin hisoblanib Xitoy, AQSH, Hindiston va Pokistondan keyin beshinchi o'rinda turadi, eksport bo'yicha AQSHdan so'ng ikkinchi o'rinda turadi.

    Qavsi tushirilgan kiritma gapni pastga yozing.

    1. Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendiumga) qo'yiladi. Bu gapda referendiumga so'zi nima uchun qavsga olingan?

    2. Shaxs, joy, asar, hodisa va shu kabilarning ikki xil varianti berilsa, ulardan biri qavsga olinadi. Bu qoidaning misolini yozing.

    3. Birjada yetkazib berish vaqti o'tib ketgan tayyor molni sotish va sotib olish forvord bitimlari, bir qolipdagi mollarni sotish yoki sotib olish fyuchers bitimlari hamda kelajakda sotib olish bo'yicha oldi-sotdi opsion bitimlari tuziladi. Ushbu gapda izoh ma'nosidagi qaysi so'zlar aslida qavsda berilgan? Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo'llab-quvvatlash fondi (Biznesfond)ni tashkil qilish haqida Prezident Farmoni (1995-yil 26-iyul) ni amalga oshirishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Tagiga chizilgan so'zlar nega qavs ichida berilmoqda?

    4. Biz oltmish student dorulfununning adabiyot bo'limida besh yil (!) tahsil ko'rdik, lekin Alisher Navoiyni bilmasdan ketaverdik. (E. Vohidov) Bu gapdagi qavsda undov qanday mazmunni bildirish uchun qo'llangan?

    5. Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug'atayn («lkki til muhokamasi») asarida fors-tojik va turkiy tillar bir-biriga solishtiriladi. Bu o'rinda qavs nega qo'llangan?

    6. Mavlono (eshikka qarab). G'ulom Nabi! G'ulom Nabi! G'ulom Nabi (kelib). Labbay! Gapda qavslar nima sabab qo'llangan?

    7. Asablar, Asablar, Asablar() Sababsiz sochilgan g'azablar Gunohsiz chekilgan azoblar. (E. Vohidov) Bu she'rda qavs o'rniga qanday tinish belgisi qo'yilishi darkor?

    8. Ko'p nuqta qachondan boshlab o'zbekcha matnlarda ishlatila boshlangan?

    9. Ko'p nuqta nechanchi yildan «Turkiston viloyatining gazeti»da muntazam qo'llana boshlagan?

    10. Mana shu imperiya...Miryoqub hech narsa anglamadi. (A. Cho'lpon) Bu yerda ko'p nuqta nima uchun qo'llangan?

    11. Xoji Ahmad o'lar vaqtida Muhammadyorga qarab:

    • O'g'lim! Meros sen...ga...o'lturgan...joy... Vasiyatim...- o'qi.. o'..qu..o'qu..o'qi..Men..r-r-r..zomen., - deb jon taslim qildi. (A. Cho'lpon) Bu yerda ko'p nuqtalar nima uchun qo'llangan?

    1. - Anovi kuni menga bir oyat aytib edingiz?

    • Xo 'sh, xo 'sh ?

    • Ilkimdin kelguncha... - deb boshlanar edi.

    • Ha-ha, bo'tam, lekin bu oyat emas, hazrat Navoiyning hikmatlaridur. (X. To'xtaboev) Bu yerda ko'p nuqta nima uchun qo'llangan?

    1. - Manavi dub eshiklaringizni yelkamda tashib kelganman. Tushundingizmi?

    • Tushundingizmi, deyapman? (X.Sultonov)

    Bu o'rinda ko'p nuqta nima sababga ko'ra qo'llangan?

    1. . Xayri...oh, a...loq, ...abar. Ko'p nuqtaning qo'llanilish qoidasini yuqoridagi misoldan kelib chiqib yozing.

    2. Asablar, Asablar, Asablar... Sababsiz sochilgan g'azablar Gunohsiz chekilgan azoblar. (E. Vohidov) Ko'p nuqtaning qo'yilish sababini ko'rsating.

    3. Tireni kim, qachon kashf qilgan? J: N.M. Karamzin (XVIII asr)

    4. Vaqting ketdi - baxting ketdi. Tirening qo'yilish sababini toping.

    5. 1996-yil 26-aprelda ta'sis etildi:

    • «Amir Temur» ordeni;

    • «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni. Bunda-chi, bunda nega tire qo'llangan?

    1. O'zbek, qirg'iz, qozoq, turkman, tojik - barchamiz bitta yurtning farzandlarimiz. Tirening qo'yilish sababini toping.

    2. Bog'lamasiz qo'llangan ot kesim bilan ega orasida tire qo'llangan bironta gap yozing.

    3. Olamni quyosh yoritadi, insonni - ilm. Tirening qo'llanilish sababini toping.

    4. «O'zbekinvest»-O'zbekiston Milliy sug'urta kompaniyasi. Bunda-chi, bunda nega tire qo'llangan?

    5. Tenglik, taqqoslash va hokazo ma'nolarni bildiruvchi so'zlar orasida tinish belgisi qo'yilgan misol yozing. J:

    6. Sultonov X. Onamning yurti. Qissa va hikoyalar. - Т.: «Adabiyot va san'at nashriyoti», 1987. Qanday hollarda so'zlar qisqartirilib, tinish belgilari esa ulardan keyin qo'llanadi?

    7. «Turon» - birinchi o'zbek milliy teatr truppasi. Bo'taboy bularni oldinga o'tkazib orqadan yurdi. Tirening qo'yilish sababini toping.

    69. - Xudo xudo bo'la turib avval jon beradi, undan keyin jon oladi. Sen kimsan? Xudodan zo'rmisan, taqsir?

    • Bay-bay! Tiling kesilsin, badbaxt! Kofir!

    So'fi o'sha xilda gapirganicha pirning boshiga kelib to'xtadi.

    • Yer jonidan ilgari beradi, keyin oladi. Yerdan ham kuchlimisan, taqsir?

    • Nima bo'ldi senga, so'fi? Jinni bo'ldingmi?

    • O'zlari jinni, taqsir, o'zlari! Eshaklari jinni, itlari!

    • Hay kim bor? Bolalar! - deb qichqirdi eshon o'rnidan turib orqaga tisarildi.

    • Qochma, taqsir! Hovuchingni och! Men gadoy bo'lsam ham xurjunimning ikki ko'zi to'ladur... Sendaqalarni necha yil boqishga yarayman. (A. Cho'lpon) Ushbu dialog aslida xuddi shu shaklda. Lekin bitta joyda punktuatsiyaviy xatolik bor. U qaysi tinish belgisi bilan bog'liq?

    70. Halol ish - lazzatli yemish. Erga navbat - sherga navbat. Bilim - kuchda, kuch - bilimda. Ilm - yorugiik, jaholat - zulmat. (Xalq maqollari). Bu o'rinlarda tire nima sababga ko'ra qo'llangan?
    71. Qo'shtirnoqni amaliyotga rus olimi professor ... kiritgan. Nuqtalar o'rnini to'ldiring.

    1. O'zbek yozuvida qo'shtirnoq kiritish belgisi sifatida XIX asrning nechanchi yillaridan boshlab uchraydi?

    2. Buyuk yozuvchimiz A. Qahhoming quyidagi gaplari halihanuz o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q: «Yozuvchi adabiyotga ikki xil kiradi: birinchi asari bilan tutab, biri yashnab kiradi. Tutab kirgan yozuvchi uzoq tutaydi, ко 'nglidan chiqarib emas, qornidan chiqarib yozadi. Yozuvchilikka cho'g'day yashnab kirgan yozuvchi asardan asarga yashnayveradi...» Bu o'rinda qo'shtirnoq nega qo'llangan?

    3. Markaziy Osiyo madaniyati haftalik gazetasini muntazam o'qib turaman. Berilgan gapda qayerlarda qo'shtirnoq ishlatilishi shart? (Yozib ko'rsating)

    4. 1996-yilning 23-26-aprel kunlari Toshkentda to'qimachilik va ko'nchilik sanoatining birinchi xalqaro «Osiyo: gazlama, charm-96» ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.

    Tagiga chizilgan so'zdan so'ng ikki nuqta nega qo'llangan?

    1. ... oradan у ana bir necha oy o'tib, uchinchi marta sud bo'lgan. Bu safar Botirovning «jinoyati» o'n bir yillik qamoq bilan «taqdirlandi». (T. Malik) Bu o'rinlarda qo'shtirnoq nima sababdan qo'llangan?

    2. «Xalq artisti», beliga o'q tekkanday erta-yu kech to'rdagi karavotga yonboshlab «Teatr» jurnalini varaqlaydi, xalq artisti bo'Imoq sirlarini axtaradi, chamasi. (E.A'zamov) Ikkinchi o'rinda qo'shtirnoq nega qo'llangan?

    3. «Uzdunrobita» qo'shma korxonasi, «Kochxolding konserni», «Kamolot» ijtimoiy harakati, «Istiqlol» tennis sport majmuasi, «Diyor» savdo uyi, «Ekosan» xalqaro jamg'armasi, «O'zbekavtotrans Davlat aksionerlik» korporatsiyasi, «O'ZDEUavto» O'zbekiston - Janubiy Koreya qo'shma avtomobil zavodi, «Chorsu» mehmonxonasi. Necha o'rinda qo'shtirnoq noto'g'ri o'rnashgan va qaysi joy(lar)da ekanligi pastga yozing.

    4. Transport (mashina, samolyot, avtobus va sh.k.) larning nimasini bildirgan so'zlar qo'shtirnoqqa olinadi?

    5. «Rayhon» alkogolsiz ichimligi, «Kibo» oyoq kiyimi, «Hojimatov damlamasi» Bu o'rinlarda qo'shtirnoq nima sababdan qo'llangan?

    6. 1995-yilning 6-may kuni «Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risidagi Qonuniga o'zgartirishlar kiritish haqida» Qonun qabul qilindi.

    Aslida qaysi o'rinda yoki so'zdan so'ng qo'shtirnoq bo'lishi kerak edi?

    1. Sinflarning tartibini bildiruvchi harflar, baho ballari qaysi tinish belgisi bilan bog'liq holda beriladi?

    2. «Qozi» o'z ishiga puxta bo'lsa-da, xojasining martabasini izzat qilib, «siz buyuring» deganday qaradi. (T. Malik) So'zlar yoki gap nima sababdan qo'shtirnoqqa olingan?

    3. «Tanqid - kelajakning mevasi», - deydi dono xalqimiz. Bu o'rinda qo'shtirnoq nima sababdan qo'llangan?

    4. Reja, mavzu, qaror qilindi kabi so'zlardan so'ng qanday tinish belgisi qo'yish mumkin?

    5. Shoir B. Boyqobilov Navoiynoma tetralogiyasi uchun Navoiy nomidagi O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofotini olish baxtiga sazovor bo'lgan. Yuqoridagi gapda qaysi so'z qo'shtirnoqqa olinadi?

    6. To 'rt narsa hamma uchun kerak: salomatlik, go 'zal xulq,rostgo'ylik va halol mehnat. Ushbu gapda ikki nuqtaning nima sababdan ishlatilayotganini izohlang.

    7. Ikki nuqta o'zbek yozuvida qachondan boshlab ishlatila boshlangan?

    8. Oltmishga kirib bildim: umrim bekorga o'tmabdi, odamlarga kerakli ekanman hayotda iz qoldiribman.
      Download 27.9 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling