Punktuatsiya Egri ishning soyasi ham egri bo 'ladi


Download 27.9 Kb.
bet3/3
Sana19.02.2023
Hajmi27.9 Kb.
#1214527
1   2   3
Bog'liq
Punktuatsiya yopiq test savoli

(A.Qahhor) Ushbu gapda ikki nuqtaning nima sababdan ishlatilayotganini izohlang.

  • Fitrat so'zining lug'aviy ma'nosini ikki jildlik O'zbek tilining izohli lug'atidan topolmaysiz. Navoiy lug'atida tabiat, tug'ma tabiat, yaratilish deb izohlangan. (B. Qosimov) Yuqoridagi gapda nechta so'z qo'shtirnoqqa olinishi zarur va ular qaysilar?

  • Toshkentda «Mustaqil O'zbekiston: falsafa va huquqning dolzarb masalalari» mavzusida uchinchi an'anaviy respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi bo'lib o'tdi. Ikki nuqtaning qo'llanishiga sabab nima?

  • T.: «Sharq», 2014. —368 b. (N. G'ulomova) Ikki nuqtaning qo'llanishiga sabab nima?

  • Sport musobaqalarida raqiblar o'rtasidagi hisobni ifodalash uchun olingan ochkolar yoki kiritilgan gollarning nisbatini belgilash uchun qaysi tinish belgisidan foydalaniladi?

  • Mavzu O'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va buning olamshumul ahamiyati Tinish belgilarini tiklang.

  • «Neftchi» (Farg'ona) va «Navbahor» (Namangan) futbol komandalari o'rtasidagi uchrashuvda hisob ochilmadi - 0:0. Bunda nega ikki nuqta qo'llangan?

  • Lekin avtor shu kichkinagina hikoyada katta ish qiladi(1) o'quvchining ko'z oldiga odamning havasi keladigan(2) har qanday kishining muhabbatini o'ziga qaratadigan(3) har qancha izzat qilsa arziydigan va bu izzatga o'zining jafokashligi(4) g'ayrati(5) farosati(6)el-yurt uchun qayg'urishi bilan sazovor bo'lgan bir chol keladi. (A. Qahhor) Birinchi qavs o'rnida qanday tinish belgisi qo'yiladi va nima uchun?

  • Lekin avtor shu kichkinagina hikoyada katta ish qiladi(1) o'quvchining ko'z oldiga odamning havasi keladigan(2) har qanday kishining muhabbatini o'ziga qaratadigan(3) har qancha izzat qilsa arziydigan va bu izzatga o'zining jafokashligi(4) g'ayrati(5) farosati(6)el-yurt uchun qayg'urishi bilan sazovor bo'lgan bir chol keladi. (A. Qahhor) Ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi, beshinchi, oltinchi qavslarda qaysi tinish belgi(lari) qo'yiladi va buning ham sababini yozing.

  • Ish kuchini elga berma, yerga ber; jamg'armani selga berma, elga ber! Yaxshini yomon dema, olishing bo'lsa ham; Yomonni yaxshi dema, yaqining bo'lsa ham. Bunda nuqtali vergullar nega qo'yilgan?

  • Gerb rangli tasvirda bo'lib, Humo qushi kumushrangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanog'i va «O'zbekiston» degan yozuv tillarangda; g'o'za shoxlari va barglari, vodiylar yashil rangda; tog'lar havorangda; chanoqdagi paxta, daryolar, yarimoy va yulduz oq rangda beriladi. Bunda nuqtali vergullar nega qo'yilgan?

  • Omon Muxtorov shunday degan edi: Abdulla Qahhorning shaxsiy ko'zoynagi bo'lmaganida, u hech qachon Qahhor bo'lmasdi. Bu gapda qo'shtirnoqning tushirilishi xato. Nega?

  • I.A. Karimovning «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida() xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarini o'qib chiqib muhokama qildik.

    Qavs o'rniga qanday tinish belgisi qo'yilishi kerak?

    1. O'zbek yozuvida nima uchun tinish belgilarini qo'shaloq qo'llash hollari ham uchrab turadi?

    J: Uslubiy aniqlik, ravonlik hamda turli xil leksik-grammatik ma'nolarni ifodalash uchun

    1. - Axir, ablah, - derdi Yunus, - birovning uyiga oyog'ingni artmasdan kirgani ibo qilasan, nega havoni bulg'atgani ibo qilmaysan?!(A. Qahhor)

    Ushbu ko'chirma gapli qo'shma gapda nega qo'shtirnoq yo'q?

    1. - Topdi-mm!.. Topdi-im!.. (Sh. Bo'taev). Bu misolda aynan nima sababdan tinish belgilari qo'shaloq ishlatilgan?

    2. Muallif gapi va ko'chirma gaplar o'rtasida tinish belgilari ketma-ket ishlatilishi mumkin. Aynan qanday tinish belgilari bunday holda yonma-yon ishlatilishi mumkin?

  • Download 27.9 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling