Punktuatsiya haqida ma’lumot Reja


Punktuatsiyasi va sintaksis


Download 102 Kb.
bet2/6
Sana19.06.2023
Hajmi102 Kb.
#1606626
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
punktuatsiya

Punktuatsiyasi va sintaksis. Punktuatsiyasi - sintaksis bilan uzviy aloqador. Punktuatsiyasi qoidalari mazkur tilning sintaktik qonuniyatlari, normalari asosida talqin etiladi. Punktuatsiyasi qoidalarini sintaktik qurilishga bog’lab bayon qilishning, shu asosda belgilashning o’z ilmiy-metodik prinsiplari va usullari mavjud. Matnning gaplarga bo’linish, gapning tuzilishi jihatidan muayyan sintaktik qismlarga ajratilish qoidalari asosiy punktuatsion qoidalar hisoblanadi. Shuning uchun punktuatsiyasi — yozuv tilining uch asosi elementi (grafika, orfografiya va punktuatsiyasi)dan biri. Har bir tinish belgisining qo’llanish o’rni va tartibini belgilashda mazkur tilning barcha grammatik sintaktik xususiyatlari hisobga olinadi. Yozma matndagi har bir tinish belgisi muayyan sintaktik hodisani aks ettiradi.
Punktuatsiyasi sintaksis bilan mustahkam aloqada bo’­lib, punktuatsiyasi prinsiplari, punktuatsion sistema sintaktik qurilishga asoslanadi. Biror gap yo’qki, un­da hech qanday tinish belgisi ishlatilmagan bo’lsin. Har qanday gapda tinish belgilaridan birortasi albatta ishlatiladi. Hozirgi kundalik matbuotimizga nazar tashlasak, har 7—8 so’zga bir tinish belgisi to’g’­ri kelishini ko’ramiz. Demak, punktuatsiyasi yozma matn uchun muhim zaruriy vositalardan bo’lib, matnni gap­larga ajratadi va gapning har qanday turida qo’llanadi.
Demak, yozma matndagi tinish belgilari shu o’rinda intonasion munosabatning qanday ekanligini aniqlashga yordam beradi. SHuning uchun tinish belgilari qo’yilgan o’rinlarda intonatsiyaning qay darajada ekanligini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Chunki matndagi gaplarni yozish jarayonida ularning qanday intonatsiya bi­lan aytilgani o’quvchiga noma’lum bo’ladi. O’quvchi yozma matnda qanday to’xtamlar bor yoki yo’qligini, intonatsiya qanday ekanligini qisman tinish belgilari orqali bilishi mumkin. Masalan, G’alla plani bajarildi! gapida qanday mazmuniy munosabat borliginn va bu mazmunning (undov mazmunining) intonatsiya bilan bevosita bog’liqligini undov belgisidan bilamiz.
Hozirgi kunda punktuatsiyasining roli ortib, uning funksiyasi va qo’llanish doirasi kengayib bormoqda. Bu hodisa respublikamizda matbaachilik, matbuot va nashriyot ishlarining keng rivojlanishi, o’zbek yozuv madaniyatining taraqqiy etishi, kishilar savodxonligining oshishi va ularning o’z amaliy faoliyatlarida nutq­ning barcha formalaridan foydalana olishlari, adabiy til ta’sirining kengayishi, adabiy til funksional uslublarining paydo bo’lishi va takomillashuvi—nutq madaniyatining keng ko’lamda ravnaq topishi va o’sishi bilan izohlanadi.
Tinish belgilarining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilar:
1.Punktuatsion sistemaga kiruvchi har bir tinish belgisi ijtimoiy-sotsial vazifa bajaradi. Tinish belgilari milliy yozuvning ajralmas qismi bo’lib, umumme’yor, umumyozuv xususiyatiga ega, ya’ni har bir tinish belgisi yozuvning qanday shaklida qo’llanmasin, aniq bir asosiy ma’noni ifodalaydi va bir xilda tushuniladi. Masalan, a, b kabi belgilar kishilar tomonidan o’z ma’nosida qanday tushunilsa, ?, ! kabi tinish belgilari ham o’z asosiy ma’nosida shunday tasavvur qilinadi
1-bosqich. Qadimgi yozuvlarda ishlatilgan punktuatsion harakterdagi ishoralarning dastlabki funksiyasi — ajratishdir: ular yozuvga «ajratuvchi belgilar sifatida kiritilgan. Ajratuvchi belgilar matnda so’zlarni formal ajratish uchun qo’llangan, xolos. Ammo hech qanday ma’no ifodalamagan. So’zlar interval vositasida, ayrim nutq parchalari — gap yoki gap qismlari «punktuatsion» ishora vositasida ajratilgan.
Demak, punktuatsiyasi taraqqiyotida birinchi bosqich ajratish funksiyasining kuchliligi bilan harakterlanadi.
2-bosqich. Punktuatsiyasi taraqqiyotidagi keyingi davr (ikkinchi bosqich) ajratuvchi belgilar semantikasining taraqqiyoti va ularning punktuatsion belgiga aylaninishi bilan harakterlanadi. Ikkinchi bosqichda ajratuvchi belgilar semantik vazifani ham bajara boshlaydi. Ajratuvchi belgilar dastlab semantik jihatdan umumiy funksiyani bajargan: oxiriga ajratish belgisi qo’yilgan nutq parchalari (gaplar) xabar, so’roq, buyruq kabi har xil ma’nolarni ifodalagan. Keyinchalik gaplarda ma’nolarni ajratish, farqlash zarurati — hayotiy ehtiyoj tug’ilgan.
Yozuvdagi mazmuniy munosabatlarni farqlash ehtiyoji tufayli ajratuvchi belgilarning turli xil shakllari paydo bo’lgan: bir nukta, ikki nuqta; nuqtalar kombinasiyasi. Lekin har bir ishoraning ma’no farqlash funksiya­si umumnorma darajasiga yetmaydi.
3-bosqich. Punktuatsiyasi taraqqiyotining bu bosqichida semantik funksiya ifodalovchi punktuatsion ishoralar muayyan normaga, sistemaga kiradi, ularning semantik funksiyasi konkretlashadi. Punktuatsion ishoralar semantikasi, vazifasi va shaklining qat’iylashuvida matbaachilikning vujudga kelishi, kitob nashr etish ishlarining paydo bo’lishi omil sanaladi. Kitob, gazeta va jurnallarning ko’plab nashr etilishi adabiy tilning ijtimoiy funksiyasini kengaytiradi. Natijada, yozma adabiy til matbuot va nashriyot tili funksiyasini ham bajara boshlaydi; yozma adabiy til­ning umumharakterdagi muayyan usul va normalari vu­judga keladi.



Download 102 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling