Punktuatsiya haqida ma’lumot Reja


Download 102 Kb.
bet4/6
Sana19.06.2023
Hajmi102 Kb.
#1606626
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
punktuatsiya

Punktuatsiya (lot. punctum — nuqta; kichkina dogʻ) — 1) alifbodan tashqari boʻlgan grafik belgilar (tinish belgilari) tizimi boʻlib, grafika va orfografiya (imlo) bilan birgalikda yozma tilning asosiy vositalarini tashkil etadi. P.ning asosiy vazifasi yozma (bosma) matnni qismlarga ajra-tish, grafik jihatdan shakllantirishdir; 2) yozma matnni punktuatsion rasmiylashtirishni tartibga soluvchi, har bir til uchun tarixan shakllangan qoidalar, meʼyorlar; 3) P. tizimi qonuniyatlarini, shuningdek, tinish belgilarining qoʻllanish meʼyorlarini oʻrganadigan tilshunoslik boʻlimi. Muayyan milliy til grafikasi (yozuvi) 2 xil vositadan: harflar (alifbo) va tinish belgilari (punktuatsiya) tizimidan iborat. P. tarixi, punktuatsion tizimniig paydo boʻlishi, tinish belgilarining soni turli tillarda turlicha namoyon boʻladi.
Punktuatsiyasi taraqqiyotidagi keyingi davr (ikkinchi bosqich) ajratuvchi belgilar semantikasining taraqqiyoti va ularning punktuatsion belgiga aylaninishi bilan harakterlanadi. Ikkinchi bosqichda ajratuvchi belgilar semantik vazifani ham bajara boshlaydi. Ajratuvchi belgilar dastlab semantik jihatdan umumiy funksiyani bajargan: oxiriga ajratish belgisi qo’yilgan nutq parchalari (gaplar) xabar, so’roq, buyruq kabi har xil ma’nolarni ifodalagan. Keyinchalik gaplarda ma’nolarni ajratish, farqlash zarurati — hayotiy ehtiyoj tug’ilgan.
Yozuvdagi mazmuniy munosabatlarni farqlash ehtiyoji tufayli ajratuvchi belgilarning turli xil shakllari paydo bo’lgan: bir nukta, ikki nuqta; nuqtalar kombinasiyasi. Lekin har bir ishoraning ma’no farqlash funksiya­si umumnorma darajasiga yetmaydi.
3-bosqich. Punktuatsiyasi taraqqiyotining bu bosqichida semantik funksiya ifodalovchi punktuatsion ishoralar muayyan normaga, sistemaga kiradi, ularning semantik funksiyasi konkretlashadi. Punktuatsion ishoralar semantikasi, vazifasi va shaklining qat’iylashuvida matbaachilikning vujudga kelishi, kitob nashr etish ishlarining paydo bo’lishi omil sanaladi. Kitob, gazeta va jurnallarning ko’plab nashr etilishi adabiy tilning ijtimoiy funksiyasini kengaytiradi. Natijada, yozma adabiy til matbuot va nashriyot tili funksiyasini ham bajara boshlaydi; yozma adabiy til­ning umumharakterdagi muayyan usul va normalari vu­judga keladi.
Nashr etilgan kitobdagi har bir gapning ma’no va ma’no ottenkalarini keng kitobxonlar ommasiga to’lig’icha va aniq yetkazish zaruriyati, tabiiyki, yozma matnni qismlarga ajratish va bu qismlardagi semantik muno­sabatlarni ifodalovchi punktuatsion ishoralarni yanada takomillashtirish, sistemalashtirishni taqozo etar edi. Binobarin, har bir punktuatsion ishora, ma’lum semantik munosabatnigina bildirmay, shu ma’noga bog’liq holda turli emotsional-ekspressiv munosabatlarni (ma’no ottenkalarni) ham bajara boshlaydi: undov belgisi, buyruq ma’nosidan tashqari, turli hishayajon — undov munosabatini ham bildiradi; nuqta xabar ma’nosi uchun, ko’p nuqta (ikki nuqtadan to’qqiztagacha) esa ekspressivlik uchun ishlatila boshlaydi; emotsional munosabat ifodalovchi yangi punktuatsion ishoralar, paydo bo’la boshlaydi: qo’shtirnoq, qavs, tire kabi.
Demak, tinish belgilari kishilar o’rtasida yozuv orqli amalga oshiriladigan ijtimoiy munosabat-fikrlashuvni ta’minlashga xizmat qiladi. Bu ularning asosiy sotsial vazifasidir.
2.Tinish belgilarining qo’llanishi nutqning ifoda maqsadi, semantik-grammatik strukturasi bilan bog’liq bo’ladi. Yozuvchi qanday maqsadni ifodalamoqchi bo’lsa, tinish belgilarini shu maqsadga muvofiq tanlaydi.
3.Tinish belgilarining ishlatilishi grammatik-sintaktik qonuniyatga asoslanadi. Chunki ularning asosiy vazifalaridan biri matnni gaplarga ajratish va gap ichidagi aloqador qismlar munosabatini to’g’ri ta’minlashdir.
4.Tinish belgilarining har biri o’z grafik shakliga va qo’llanish tizimiga ega. Bu ularni tipografik belgilar bilan qiyoslaganda yaqqol ko’rinadi. Masalan, tipografik belgi xatboshi keng qo’llanilsada maxsus ko’rinishga ega emas.
Punktuatsiyasi tarixiga nazar tashlasak, tinish belgilarining yozma nutqqa xos hodisa ekanligini va yozma nutq formasining zaruriy material elementi sifatida rivojlanganini va takomillashganini ko’ramiz. Tinish belgilarning yozma nutqdagi rolini quyidagicha umumlashtirish mumkin:
1. Tinish belgilari va gap semantikasi. Bunda tinish belgilari gapdagi mazmunni aniq ifodalash uchun xizmat qiladi.
Tinish belgilari, gapga xos umumiy semantik munosabatlarni ifodalabgina qolmay, gap qismlariga xos mazmuniy munosabatlarni ham bildiradi: It hurar — karvon o’tar. (Maqol) Keltirilgan gapda zidlik munosabati ifodalangan. Bunda tire, qo’shma gapni tashkil etuvchi gaplar orasidagi turli semantik aloqalarni (ma’nolarni) anglatish bilan birga, sintaktik vazifani - gaplarning birini ikkinchisidan ajratish vazifasini —bajarayotir. Bir tinish belgisining tur­li ma’noda ishlatilishi punktuatsion omonimiya deyiladi.
2. Tinish belgilari va gap strukturasi. Tinish belgilari gap bo’laklari, gapning ayrim qismlari (kirish, kiritmalar, undalmalar va boshqalar) hamda gaplar­ ning o’zaro turli sintaktik munosabatlarini ko’rsatish uchun qo’llanadi: Onam, opam, akam, bobom, buvim va men — hammamiz ayvonda dasturxon atrofida davra qurganmiz.
3. Tinish belgilari va gap emosiyasi. Tinish belgilari yozma matndagi turli holatlar, emotsional – ekspressivlik va turli mazmuniy ottenkalarni ifodalash uchun qo’llanadi.
Punktuatsiyasi polisemantik — ko’p ma’nolilik xususiyatiga ega. Har bir tinish belgisi yozma nutq jarayonida turli ma’nolarda ishlatiladi. Masalan, nuqta darak gaplar oxirida ishlatilganda, shu gaplarning tabiatiga qarab, turlicha ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qilishi mumkin: Bahor keldi. Yomg’ir yog’sa kerak. Salim sayohatga bormoqchi. Mashqdagi misollarni ko’chiring. Uydagilarga salom ayting. Bu gaplarda nuqtaning ma’nosi sof xabar, gumon, maqsad, buyruq-tashviq, iltimos (istak) tushunchalari bilan bog’lanadi. Shuningdek, A. S. Pushkin, M. T. Oybek, R. O. Uyg’un, K. N. Yashin tipidagi qo’llanishlarda nuqta so’zlarning qisqarganligi ma’nosini bildiradi.

Download 102 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling