Ma'lumot turlari
Oddiy so'zlardagi ma'lumotlar turlari bu qiymatlarni ifodalashning bir usuli. Bizning dunyomizda harflar, raqamlar, belgilar turli xil ishlatiladigan qiymatlarning har xil turi mavjud. Xuddi shunday Pythonda ham quyidagi asosiy ma'lumotlar turlarini o'z ichiga oladi:
int (butun sonlarni ko'rsatish uchun)
float (haqiqiy sonlarni ko'rsatish uchun)
str (satrlarni ifodalash uchun)
bool (mantiqiy narsalarn anglash uchun)
list
tuple
set
dict
complex (kam ishlatiladi)
None (qiymat yo'qligini anglatish uchun)
Bu Pythonda mavjud bo'lgan standart ma'lumotlar turlari. O'zimizning shaxsiy turimizni yaratish uchun sinflardan foydalaniladi. Maxsus ma'lumot turlaridan tashqi kutubxonalar yoki modullarni import qilish orqali ham foydalanish mumkin.
Bugun men shunchaki Pythonning sonlar va satrlar turlarini tushunishga bag'ishladim.
Do'stlaringiz bilan baham: |