Python dasturlash tili: 6-dars
Download 48.65 Kb.
|
Python dasturlash-6-dars-Funksiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu qanday ishlaydi: maximum
- Bu qanday ishlaydi
return operatori
return operatori funksiyani to’xtatish va undan chiqish uchun ishlatiladi. Shu bilan birga funksiyadan biror qiymat qaytarish uchun ham xizmat qiladi.
def maximum(x, y): if x > y: return x elif x == y: return 'Sonlar teng.' else: return y print(maximum(2, 3)) Natija:
$ python func_return.py 3 Bu qanday ishlaydi: maximum funksiyasi berilgan ikki parametrdan kattasini aniqlaydi. Bu funksiya oddiy if..else shart operatorini sonlarning kattasini aniqlashda foydalanadi va aniqlangan katta sonni qaytaradi.
Shunga e’tibor beringki, return operatori qaytarish qiymatisiz return None ifodasiga teng kuchli hisoblanadi. None Pythondagi xech narsani ifodalovchi maxsus ma’lumot turi hisoblanadi. Misol uchun o’zgaruvchi qiymatiga None biriktirilgan bo’lsa, unga xech qanday qiymat biriktirilmaganiligini bildiradi. Agar siz funksiyada return operatorini ishlatmagan bo’lsangiz, u holda har bir shunday funksiya tugash joyida oshkormas holda (в неявной форме) return None ifodasi mavjud bo’ladi. Buni amalda ko’rish uchun quyidagi dastur kodini ishga tushirib ko’ring.
def someFunction(): pass print(def someFunction()) pass operatori Pythonda bo’sh buyruqlar blokini ifodalash uchun ishlatiladi.
Python xujjatlash satrlari, qisqa ifodalaganda docstrings deb nomlanuvchi o’ziga xosligi mavjud. Bu juda muhim instrument bo’lib siz undan albatta foydalanishingiz kerak. Sababi bu sizning dasturingizni yaxshi xujjatlash(документировать) va oson tushunishga yordam beradi. Xujjatlash satrini dastur bajarilish jarayonida funksiyadan olish mumkin.
def printMax(x, y): """Ikki sondan kattasini chop etadi. Ikkala qiymat ham butun son bo'lishi kerak.""" x = int(x) # agar iloji bo’lsa, butun songa konvertatsiya qilamiz y = int(y) if x > y : print(x, 'katta') else: print(y, 'katta') printMax(3, 5) print(printMax.doc)
$ python func_doc.py 5 katta Ikki sondan kattasini chop etadi. Ikkala qiymat ham butun son bo'lishi kerak. Bu qanday ishlaydi: Birinchi mantiqiy qatordagi satr funksiya uchun docstring hisoblanadi. Docstiring modul va klasslar bilan ham qo’llaniladi. Funksiya docstiringini ko’p qatorli satr ko’rinishida yozish qabul qilingan. Bu satrning birinchi qatori bosh xarf bilan boshlanadi va nuqta bilan tugaydi. Ikkinchi qator bo’sh qoldiriladi va funksiya haqidagi to’liq ma’lumot uchunchi qatordan boshlab yoziladi. Shunday uslubda docstring yozish tavsiya qilinadi. printMax funksiyasining docstringiga shu funksiyaning __doc__ atributi orqali murojat qilish mumkin (Ikkita belgilash simvoliga e’tibor bering). Shuni e’tiborga olingki, python “hamma” narsani ob’yekt ko’rinishida tasavvur qiladi.
help(printMax) kodini dastur kodiga qo’shing. Biz funksiyalarning ko’p qirralarini ko’rib chiqdik, lekin bu hammasi emas. Ko’rib chiqqanlarimiz pythonda funksiyalar bilan ishlashda duch kelishingiz mumkin bo’lgan ko’p hollarni qamrab olgan. Download 48.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling