Python dasturlash tili


Download 182.94 Kb.
Sana18.09.2023
Hajmi182.94 Kb.
#1680599
Bog'liq
1-Amaliy mashg’ulot. Pythonni o‘rnatish va ishga tushirish. O‘zg

  1. Amaliy mashg’ulot. Pythonni o‘rnatish va ishga tushirish. O‘zgaruvchilar va berilganlar turlari bilan ishlash.




Python dasturlash tili haqida

Python dasturlash tili 1991-yil 20-fevral kuni Gvido van Rossum tomonidan taqdim etilgan. Python dasturlash tili yaratilishidan maqsad dasturlash jarayonida hosil bo'ladigan ko'dni o'qish uchun sodda qilish edi. Python - obyektga yo'naltirilgan dasturlashni hamda funksional dasturlashni ham qo'llab quvvatlaydi. Bunga qaramasdan Python to'liq obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili.




Birinchi qadamlar





    • O`rnatuvhi faylni yuklab olish: python.org/downloads/. Shu yerdan Python 3.7,

3.8 yoki 3.9 versiyasini yuklab olishni tavsiya etamiz.

    • Yuklangan faylni iwga tushirib quyidagilarga e`tibor beramiz:





Ochiladigan oyna

Avval Add Python to PATH ga bosib so'ng Install Now bosiladi.


Endi agar yuqoridagi tavsiyalarga ko'ra Pyhton ni o'rnatgan bo'sangiz, uni ishga tushirishga tayyorsiz!




Python dasturlash tilini ishga tushirish


Ishga tushirishning bir necha usullari mavjud, ammo biz quyida ishlatish uchun eng qulayini keltiramiz.





  1. Win + R tugmalar birikmasi bosiladi.

  2. Ochilgan oynada cmd terilib Enter tugmasi bosiladi.

  3. So'ngi ochilgan oynada endi python terilib Enter bosiladi. Quyida qilingan ishning rasmlari keltiriladi:


2 - qadam bajarilayotganda...



Barchasi to`g`ri o`rnatilganda.
Hech qayerda adashmagan bo`lsangiz taxminan biznikidaka oyna chiqishi kerak.


An'anaviy "Hello, World!"


Boshqa dasturlash tillardan farqli o'laroq Pythonda kodingizning boshi va oxiri faylning boshi va oxiri bilan ustma-ust tushadi shuning uchun yuqoridagi so'ngi oynada print("Hello, World!") deb yoziib Enter bosishingiz kifoya.

O'ZGARUVCHI (VARIABLE)


O'zgaruvchi —kompyuter xotirasida ma'lum bir qiymatni saqlash uchun ajratilgan joy. Soddaroq qilib tushuntirsak, o'zgaruvchini quti, quti ichidagi narsani esa qiymat deb tasavvur qilish mumkin. Pythonda qiymatlar son, matn, ro'yxat va hokazo ko'rinishida bo'lishi mumkin.

O'zgaruvchilarni kerakli buyumlar (ma'lumotlat) saqlanadigan, nomlangan qutilarga o'xshatish mumkin


Quyidagi misolga e'tibor bering, biz 2 ta o'zgaruvchi yaratdik (ism va yosh) va ularga qiymatlar yukladik (Pythonda boshqa tillardagi ka'bi o'zgaruvchilarni avvaldan e'lon qilish yo'q):
ism = "Abdulloh" yosh = 25 print(ism) print(yosh) Natija:
Abdulloh
25
O'zgaruvchi (variable) bunday deyilishiga sabab, uning qiymati istalgan vaqt o'zgartirilishi mumkin:
ism = "Abdulloh" print(ism) ism="Muhammad" print(ism)
Natija:
Abdulloh Muhammad
Yuqoridagi misolda ism nomli o'zgaruvchiga avval Abdulloh keyin esa Muhammad qiymatlarini berdik.
O'ZGARUVCHILARNI NOMLASH
O'zgaruvchilarga nom berishda quyidagi qoidalarga amal qiling:



  • O'zgaruvchi nomi harf yoki pastki chiziq (_) bilan boshlanishi kerak

  • O'zgaruvchi nomi raqam bilan boshlanishi mumkin emas

  • O'zgaruvchi nomida faqatgina lotin alifbosi harflari (A-z), raqamlar (0-9) va pastki chiziq (_) qatnashishi mumkin

  • O'zgaruvchi nomida bo'shliq (пробел) bo'lishi mumkin emas

  • O'zgaruvchi nomida katta-kichik harflar turlicha talqin qilinadi (ism, ISM, va Ism uchta turli o'zgaruvchi)

Qo'shimcha qoida sifatida:





  • O'zgaruvchi nomini kichik harflar bilan yozing.

  • O'zgaruvchi nomida 2 va undan ortiq so'z qatnashsa ularning orasini pastki chiziq (_) bilan ajrating (ism_sharif="Anvar Narzullaev")

  • O'zgaruvchiga tushunarli nom bering (y=20 emas yosh=20, d="Korea" emas davlat = "Korea" va hokazo)

  • Shuningdek o'zgaruvchilarga Pythonda ishlatiladigan funktsiyalar va maxsus kalit so'zlarning (keywords) nomini bermang. Kalit so'zlar ro'yhatini ko'rish uchun Spyder konsolida avval help() deb yozing va Enter tugmasini bosing. Keyin esa keywords deb kiritib, yana Enter bosing. Marhamat, ekraningizda Pythondagi maxsus kalit so'zlar ro'yhatini ko'ryapsiz:


Bu so'zlardan o'zgaruvchilarni nomlashda foydalanmang


AMALIYOT
Quyidagi mashqlarni bajaring:



  • "Hello World!" matnini yangi o'zgaruvchiga yuklang va print() yordamida konsolga chiqaring

  • xabar deb nomlangan o'zgaruvchiga biror matn yuklang va konsolga chiqaring, keyin esa o'zgaruvchiga yangi qiymat berib uni ham konsolga chiqaring.

  • class den nomlangan o'zgaruvchi yarating, unga biror qiymat bering va konsolga chiqaring (siz kutgan natija chiqdimi?)

  • Quyidagi kodni bajaring:

radius = 5


pi = 3.14159
aylana_yuzi = pi * radius**2
print("Radiusi" , radius, "ga teng aylananing yuzi=", aylana_yuzi)
Download 182.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling