`
57
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
PYTHON DASTURLASH TILI YARATILISHI TARIXI
IMKONIYATLARI
Sarikova Mohira Xayitboyevna
Toshkent shahar, Sergeli tumani,
352-maktabning Informatika fani
o’qituvchisi.
90 941-11-20
https://doi.org/10.5281/zenodo.7426043
Annotatsiya: Hozigi kunda ta’lim-tarbiya jarayoniga
zamonaviy axborat
texnologiyalarining joriy etish,ta’limni kompyuterlashlashtirish
muammolarini
hal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Respublikamiz ta’lim tizimidagi asosiy
vazifa jahon talablariga mos keluvchi axborot texnologiyalarini o’qitish
jarayoniga qo’llashdan iboratdir. Shu maqsadda yangi dasturlash ishlab chiqild.
Kalit so‘zlari: Python, grafika, pyuthon interpretor,
python interaktiv, python
ob’yektga yo’naltirilgan,
python boshlovchilar tili
Python —
payton,
piton) — turli sohalar uchun yuqori darajadagi umumiy
maqsadli dasturlash tili. Uning dizayn falsafasi muhim chekinishdan foydalangan
holda kodning oʻqilishiga urgʻu beradi. Uning til konstruksiyalari va obyektga
yoʻnaltirilgan yondashuvi dasturchilarga kichik
va yirik loyihalar uchun aniq,
mantiqiy kod yozishda yordam berishga qaratilgan
[4]
. Shuningdek Python sunʼiy
intellekt hamda maʼlumotlar muhandisiligi sohalarining tili hisoblanadi.
Python deyarli barcha platformalarda ishlay oladi, xususan Windows, Linux, Mac
OS
X, Palm
OS, Mac
OS va
boshqalar
shular
jumlasidandir.
Python Microsoft.NET platformasi uchun yozilgan realizatsiyasi ham mavjud
boʻlib, uning nomi — IronPython dasturlash muhitidir.
Python dasturlash tili yaratilishi tarixi, imkoniyatlari va uni o`rnatish
Python – bu o'rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo'lgan oz
sonlik zamonaviy dasturlash tillari qatoriga kiradi.
Python yuqori darajadagi
ma'lumotlar strukturasi va oddiy lekin samarador obyektga yo'naltirilgan
dasturlash uslublarini taqdim etadi. Python quyidagi sohalarda ishlatiladi:
Web dasturlash (serverlar bilan)
Dasturiy ta’minot
Matematika
Tizim skriptlari
Python dasturlash tilini yaratilishi 1980-yil oxiri 1990-yil
boshlaridan
boshlangan. O`sha paytlarda uncha taniqli bo`lmagan Gollandiyaning CWI
instituti xodimi Gvido van Rossum ABC tilini yaratilish proektida ishtirok etgan
edi. ABC tili Basic tili o`rniga talabalarga asosiy
dasturlash konsepsiyalarini
o`rgatish uchun mo`ljallangan til edi. Bir kun Gvido bu ishlardan charchadi va 2