Pythonda dasturlash tilida chiziqli dasturlar


Download 77.21 Kb.
bet5/6
Sana02.04.2023
Hajmi77.21 Kb.
#1319221
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
PYTHONDA DASTURLASH TILIDA CHIZIQLI DASTURLAR

for i in range(1,n+1): sum = sum + i
print("summa(1+...+n) =", sum)

Dastlab konsol ekranidan butun son kiritiladi. Siklda i o‟zgaruvchisi aniqlangan bo‟lib, u range() funksiyasidan qaytarilgan qiymatni o‟zida saqlaydi. Bu erda range() funksiyasi 2 ta parametr qabul qilgan. Birinchisi sonlar kollektsiyasini boshlang‟ich qiymati va ikkinchisi oxirgi qiymati ( oxirgi qiymat kollektsiyaga kirmaydi). Natijada range() funksiyasi [1,…,n-1] intervaldagi sonlarni ketma-ket qiymat sifatida qaytaradi va har bir qiymat uchun sikl operatorining tana qismi bajariladi.
range funksiyasi. range funksiyasining quyidagi shakllari mavjud:
range(stop) 0 dan stop gacha (stop kirmaydi) bo‟lgan barcha sonlarni qaytaradi;
range(start, stop) start(kiradi) dan stop (kirmaydi) gacha bo‟lgan barcha butun sonlarni qaytaradi;
range(start, stop, step) start (kiradi) dan stop (kirmaydi) gacha bo‟lgan barcha butun sonlar step qadam bilan hosil qilinadi va qaytaradi.
Masalan:



1
2
3
4

print(list(range(5))) #[0, 1, 2, 3, 4]
print(list(range(1,5))) #[1, 2, 3, 4]
print(list(range(1,5,2))) #[1, 3]
print(list(range(-5,5,3))) #[-5, -2, 1, 4]

Bu erda range(5) funksiyasi [0, 1, 2, 3, 4] oraliqdagi sonlar kollektsiyasini qaytargan va qaytarilgan sonlarni ro‟yхatda jamlash uchun list() funksiyasi qo‟llanilgan. range() funksiyasining boshqa holatlarda qanday qiymatlar hosil qilishini yuqoridagi dasturdan ko‟rish mumkin.

Download 77.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling