Pythonda takrorlanuvchi algoritmlar bilan ishlash


Download 38.89 Kb.
bet4/9
Sana31.01.2023
Hajmi38.89 Kb.
#1145125
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
nazariy savollarga javob

Pythonda while operatori Оperаtоr while shаrtli sikl оperаtоri deyilаdi, siklgа kirishdа оldin shаrtli ifоdа hisoblаnаdi, аgаr uning qiymаti nоldаn fаrqli bo‘lsа sikl tаnаsi bаjаrilаdi. Shundаn so‘ng shаrtli ifоdаni hisoblаsh vа sikl tаnаsi оperаtоrlаrini bаjаrish, shаrtli ifоdа qiymаti nоlgа teng bo‘lgunchа dаvоm etаdi. Takrorlanishlar soni oldindan aniq bo'lmaganda va qandaydir shartga bog'liq bo'lganda while operatoridan foydalanamiz. While takrоrlash оpеratоrining sintaksisi quyidagicha:
while :

Bu yerda shart rost bo‘lganda operatorlar qismi bajariladi.
Quyidаgi masalada 1 dаn n gаchа sоnlаrning yig‘indisini while da hisoblаymiz
n=int(input('n='));
s=0;
i=1;
while i<=n:
s=s+i;
i=i+1;
print('while=',s);
Pythonda if else elifni qo’llash Agar dastur davomida bir nechta shartlarni tekshirish talab qilinsa , if-elif-else ketma-ketligidan foydalanamiz. Bu ketma-ketlikning umumiy ko’rinishi quyidagicha: if
;
elif
;

elif
;
else

if-elif-else ketma-ketligida Python avval if ni tekshiradi, shart bajarilmasa, keyingi elif ga o’tadi, birinchi elif sharti bajarilmasa, keyingi elif ga o’tadi va hokazo davom etaveradi.
Python dasturlash tili tarixi. Python dasturlash tilini yaratilishi 1990-yil boshlaridan boshlangan. O‘sha paytlarda uncha taniqli bo`lmagan Gollandiyaning CWI institute xodimi Gvido van Rossum ABC tilini yaratilish proektida ishtirok etgan edi. ABCtili Basic tili o‘rniga talabalarga asosiy dasturlash konsepsiyalarini o‘rgatish uchun mo`ljallangan til edi. Bir kun Gvido bu ishlardan charchadi va 2 hafta davomida o‘zining Macintoshida boshqa oddiy tilning interpretatorini yozdi, bunda u albatta ABC tilining ba’zi bir g‘oyalarini o‘zlashtirdi. Shuningdek, Python 1980-1990-yillarda keng foydalanilgan Algol-68, C, C++, Modul3 ABC, SmallTalk tillarining ko‘plab xususiyatlarini o‘ziga olgandi. Gvido van Rossum bu tilni internet orqali tarqata boshladi. Bu paytda o‘zining “Dasturlash tillarining qiyosiy taqrizi” veb sahifasi bilan internetda to 1996-yilgacha Stiv Mayevskiy ismli kishi taniqli edi. U ham Macintoshni yoqtirardi va bu narsa uni Gvido bilan yaqinlashtirdi. O‘sha paytlarda Gvido BBC ning “Monti Paytonning havo sirki” komediyasining muxlisi edi va o‘zi yaratgan tilni Monti Payton nomiga Python deb atadi (ilon nomiga emas)

Download 38.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling